EGALIK SHAKLLARI VA ULARNING IMLOSI
Ismlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi-xususiyat, harakat- holatlarning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo‘shimchalar egalik qo'shimchalari hisoblanadi.
Undosh bilan tugagan ismlarga–im, -imiz, -ing, -ingiz, -i, -lari;unli bilan tugaganismlarga
–m, -miz; -ng, -ngiz; -si, -(lar)i qo‘shimchalari qo‘shiladi
Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo'llanilgan III shaxs egalik qo’shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shuning uchun bunday birikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo’llanilmaydi. Masalan, Boburning bog’i emas, Bobur bog'i; Orolning dengizi emas, Orol dengizi
ESLATMA
-i,-si egalik qo'shimchasi bir qator so‘zlarda qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanmaydi. Bunday so‘zlarda ular yaxlitlanib qolgan. O‘z vazifasini yo‘qotgan: Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi. Tuni bilan mijja qoqmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |