1.Ismlarningbosh kelishik shakli maxsus qo‘shimchaga ega emas.Bu shakl kim?, nima? qayer? so‘roqlarining biriga javob bo‘ladi va gapda ko'pincha ega, otkesim, undalma vazifalarida keladi. Masalan, O‘zbekistonning poytaxti -Toshkent. Men 7-sinf o'quvchisiman. Toshkent, bunchalar go‘zalsan!
2.Qaratqich kelishigi - qo‘shimchasi -ning, kimning? nimaning? qayerning? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi va gapda har doim qaratqich aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan: Uning hovlisini ko‘rib,Saidaning og‘zi ochilib qoldi.
Ot bilan otning birikuvi,ya’ni ot+ot ko‘rinishidagi birikuv qaratqich kelishigida kuzatiladi:opamning kitobi.
Qaratqich kelishigi shaklidagi so'z-qaratqich, qaratqich bog‘lanib kelgan so‘z esa qaralmish deyiladi. Qaratqich kelishigi qaratqichni qaralmishga tobelashtirib bog'lab keladi va qaralmishda ifodalangan narsa-hodisa, belgi- xususiyat, harakat-holatlarning qaratqich shaklidagi ismlarga qarashli ekanligini bildiradi: maktabimiz bog‘i, bizning maktab, Ahmadning akasi, shuning o‘zi, Saidaning hujrasi, otasining sog‘lig‘i, uning hovlisi.
Qaratqich kelishigi qatnashsa belgili, qatnashmasa belgisiz deb ataladi:maktabning bog‘i – belgili, maktab bog‘i– belgisiz. Qaratqich kelishigining bunday ikki xil qo‘llanishi o‘rtasida quyidagicha farq bor:maktabning bog‘i (so‘zlovchi va tinglovchiga ma’lum bo‘lgan maktab) - maktab bog‘i (umuman, maktab). Xususiylik,aniqlik ma’nosi ifodalanganda bu kelishik belgili ishlatiladi, umumiylik,noaniqlik ma’nosi esa belgisiz shakl orqali ifodalanadi.
Ba’zan she’riyatda qaratqich kelishigi qisqargan holda ishlatiladi.Qisqargan shakli ham belgili hisoblanadi:Har bolam ufurgan nafasin atri She’rimning eng go‘zal,eng nafis satri.Ushbu parchada 3 ta qaratqich kelishigi qatnashgan: 1 ta belgisiz:har bolam(-ning) nafasi, va 2 ta belgili: nafasin (-ning) atri, she’rimning satri.
Qaratqich va qaralmish quyidagi hollarda belgili qo‘llanadi (ya’ni tushib qolmaydi):
Qaratqich va qaralmish yonma-yon kelganda ko'p hollarda qaratqich kelishigi tushib qolishi mumkin: maktabimiz bog‘i. Lekin qaratqich va qaralmish o‘rtasida boshqa so’z qo‘llanilsa, qaratqich qo‘shimchasi tiklanadi. Masalan, maktabimizning chiroyli bog‘i .
Atoqli otlar bilan kelganda: Anvarning do'stlari.
Olmoshlar bilan kelganda: meningmaktabim, buning maktabi.
Sifatdoshlar bilan kelganda: kelganlarning barchasi, yozganlarning biri.
Qaratqich kelishigidan keyingi so‘z har doim egalik qo‘shimchasini olgan bo‘ladi.
Qaratqich kelishigi jonli nutqda –ni,she’r tilida –n,-im shakllarida ifodalanishi mumkin:
O‘zbekiston – Vatanim manim(mening) – she’riyatda;Ukamni oldiga kirdim – jonli nutqda.
3.Tushum kelishigi- qo‘shimchasi –ni (arxaik shakli: -g(-ig),-g‘(-ig‘),kimni? nimani? qayerni?so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Tushum kelishigi doimo –ni shaklida yoziladi. She’riy til va og‘zaki nutqda –n,-di,-ti,-i shakllarida qo‘llanishi mumkin: Har fasl o‘z ishin qilar. Adl qulog‘i-la eshit holimi.
Tushum kelishigi shaklini olgan so’z doimo o’timli fe’lga bog’lanadi.
Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l yonma-yon turganda, ko‘pincha tushum kelishigi qo‘shimchasi tushib qoladi. Masalan, Kitobni o’qidim-Kitob o’qidim.
Tushum kelishigidagi so‘z gapda doimo vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
Tushum kelishigi quyidagi hollarda belgili qo‘llanadi:
Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l o‘rtasida boshqa bir so‘z ishlatilsa, tushumkelishigi tushib qolmaydi: Kitob o’qidim-kitobni kecha o’qidim.
Atoqli otlar bilan kelganda: Anvarni ко 'rdim, Nargizani uchratdim.
Olmoshlar bilan kelganda: hech kimni aytmadi, barchasini chaqirdi.
Sifatdoshlar bilan kelganda: kelganlarni taklif qildi, yozganini о 'qidi.
4.Jo‘nalish kelishigi - qo‘shimchasi–ga(-ka,-qa),arxaik shakli –garu,-karu,-qaru,-g‘aru.
Jo‘nalish kelishigi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda o‘rin holi vazifasida keladi.M: uyga bormoq, shaharga kelmoq.
Payt otlariga qo‘shilib,qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda payt holi vazifasini bajaradi. M: qishga g'amlab qo'ydi.
Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimga?, nimaga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda to’ldiruvchi vazifasida qo'llaniladi. M: do'stiga olmoq, onasiga aytmoq.
Harakat nomi shakliga qo‘shilib nima maqsadda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda maqsad holi vazifasida keladi:Biz ilmning qaymog‘in olmoqqa keldik.
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi k, q tovushlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda -ka,-qa holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. M: eshikka, qishloqqa.
G‘ tovushi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda -qa holida talaffuz qilinsa ham,-ga tarzida yoziladi: tog‘ga,bog‘ga.
5.O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi– da.
O‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerda?so‘rog‘iga javob bo’ladi va hokim qismdan ifodalangan harakatning o‘rnini bildiradi. Bunday otlar gapda o‘rin holi vazifasida keladi:Dunyoda o'zbek zaminiga teng keladigan zaminning о 'zi yo 'q.
Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismdan ifodalangan harakatning paytini bildiradi. Bunday so‘zlar gapda payt holi vazifasida keladi:Bahorda kelgan edi.
Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimda? nimada? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Bunday otlar gapda to‘ldiruvchi vazifasida keladi : Do‘stimda sen kutgan hech narsa yo’q.
Gapning oxirida kelsa, ot kesim vazifasini bajaradi:Kuch adolatdadir.
6.Chiqish kelishigi - qo‘shimchasi–dan.
Chiqish kelishigi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va o‘rin holi vazifasini bajaradi: Toshkentdan keldim.
Payt otlariga qo‘shilib, qachondan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va payt holi vazifasida keladi. Masalan:Tongdan ishni boshladi.
Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimdan? nimadan? so‘roqlariga javob bo‘ladi va to’ldiruvchi bo‘lib keladi : Do'stimdan kitoblar oldim.
Chiqish kelishigidagi ismlar nima sababdan? so‘rog‘iga javob bo‘lsa,sabab holi vazifasini bajaradi: Uyalganidan qizarib ketdi.
Ba’zan tushum kelishigi o'rnida chiqish kelishigi shakli ishlatilishi mumkin. Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq bor. Tushum kelishigidagi so‘zbutunni, chiqish kelishigidagi so‘z qismni bildiradi. Masalan, uzumni yemoq-uzumdan yemoq.
KELISHIK QO‘SHIMCHALARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Kelishik qo'shimchalari biri o'rnida ikkinchisi ko'pincha almashinib kelishi va birikma ma'nosiga ta’sir etishi mumkin.
Avvalo, og'zaki nutqda qaratqich kelishigi shakli bilan tushum kelishigi shakli farqlanmaydi. Har ikki kelishik uchun tushum kelishigi shakli qo'llaniladi, lekin bunday qo'llanish ma’noni o'zgartirmaydi. Qaratqich kelishigi va tushum kelishigi shakllari bosh kelishik shakli bilan almashinishi mumkin. Masalan, о’rikning guli-o'rik guli. Uzumni yedi-uzum yedi.
Qaratqich qo‘shimchasining bunday ikki xil qo'llanilishi o'rtasida quyidagicha ma’no farqlanishi bor: ikkinchi holatda umuman o'rik guli ma’nosi bildirilsa, birinchi holat, ya’ni qaratqich kelishigi bilan kelgan holatda predmetning aniqligi va bu predmetning ta'kidlanishini bildiradi. Xuddi shunday ma’no farqlanishi tushum kelishigi bilan bosh kelishik almashgan holatda ham kuzatiladi: uzumni yedi (so'zlovchi va tinglovchiga ma’lum bo'lgan aniq uzum-uzum yedi (umuman uzum).
Tushum kelishigi, bosh kelishik va chiqish kelishigi o'zaro almashinib kelishi mumkin. Bunday vaqtda tushum kelishigi qo'llanilgan birikma uch xil ko'rinishga ega bo'ladi:
Uzumni yedi-uzum yedi-uzumdan yedi. Birinchi va ikkinchi holatda butun (ya’ni uzumning hammasi) ma’nosi bo'lsa, uchinchi holatda qism ma’nosi (uzumning bir qismi) ifodalanadi.
Tushum kelishigi -ni o‘ta mavhumlikni ham ifodalab, ish-harakatning o'tishini umuman ko‘rsatsa, tushib qoladi: Botirlari kanal qazadi.
Shuningdek, fe'l ma'nosining o'zgarishi ham muhim mezondir. O'timli fe'l majhul nisbatda qo'llansa, otdagi -ni qo‘shimchasi o'z-o'zidan tushadi: Pillani tez terib oldik. - Pilla tez terib olindi.
Ko'rinadiki, kelishik qo'shimchalaridan o'rinli, maqsadga muvofiq foydalanish fikrni aniq ifodalashga katta yordam beradi.
KELISHIKLAR O'RTASIDA MA’NODOSHLIK
-ni bilan -da, -dan, -ga: Karvon dashtni (dashtda) kezib yurdi. Mehmon choyni (-dan) ichdi. Shirin otni (otga) mindi.
-ga bilan -da, -dan, -ni: vokzalga(vokzalda) qolaman. Gaplariga (gaplaridan) hayronman, gapingizga (gapingizni) tushunmadim,
-da bilan -ga-dan, -ni: institutda (institutga) tushaman, qishda (qishdan) ish boshlayman, dalada (dalani)sayr qilmoq
-dan bilan —ning, -ni, -da: do'stlaringdan (do’stlaringning) biri, “O'tkan kunlar” dan (“O'tkan kunlar”ni) hikoya qilib berdi, kuzdan (-da) o'rim boshlandi.
-ning bilan -dan: sayyohlarning (sayyohlardan) biri.
ISMLARNI KESIMGA XOSLOVCHI SHAKLLAR
Kesim ega bilan shaxs va sonda moslashadi. Ism orqali ifodalangan kesimlar shaxs-sonni bildiruvchi maxsus -man,-miz,-san,-siz,-dir qo'shimchalari, shuningdek, bo'lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq; ekan, emish, emas so'zlari vositasida ega bilan moslashadi. Ot kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi bunday vositalar bog'lamalar hisoblanadi. Masalan: Men talabaman.
Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida kerak, lozim, darkor, mumkin,zarur (bu so'zlar qadimda sifat bo'lgan),shart (bu so'z qadimda ot bo'lgan) so'zlari bo'lganda, kesimni ega bilan moslashtiruvchi egalik qo'shimchalari harakat nomiga qo'shiladi. Masalan: Men o'qishim lozim. Sen о'qishing darkor. U о'qishi shart.
Eslatma: kerak, lozim, darkor, mumkin,zarur,shart so'zlari harakat nomi bilan kelmasa, bog'lama emas,mustaqil ot kesim hisoblanadi. Qiyoslang:
Topshiriqni o'z vaqtida bajarish zarur (bog'lama). Insonga suv va havo kabi vijdon ham zarur (bog'lama emas).
Bu kitobni o'qimoq darkor (bog'lama). Bizga ilm darkor (bog'lama emas).
Bugun kutubxonaga borish kerak (bog'lama). Bir tovuqqa ham don,ham suv kerak (bog'lama emas).
Edi,ekan ,emish,emas to'liqsiz fe’llari agar fe’llardan keyin kelsa (harakat nomi bundan mustasno), ular bog'lama hisoblanmaydi. Qiyoslang:
Yaqinda yosh bola edim (bog'lama) - U biznikiga kecha kelgan edi (bog'lama emas).
Bo'lmoq,sanalmoq,hisoblanmoq so'zlari o'z ma’nosini saqlagan bo'lsa,bog'lama emas,mustaqil fe’l sanaladi. Qiyoslang:
Erkak kishi bir so'zli bo'ladi (bog'lama) –Kecha Toshkentda anjuman bo'ldi (bog'lama emas).
Do'stlik qudratli kuch hisoblanadi (bog'lama) - Do'konda pullar har kech hisoblanadi (bog'lama emas).
Bilim o'qish va takrorlashning mevasi sanaladi (bog'lama) – Matolar har kuni sanaladi (bog'lama emas).
Do'stlaringiz bilan baham: |