Ismailova zuxra karabayevna


- chizma. Pedagogikaning asosiy tarmoqlari tizimi



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/45
Sana07.06.2023
Hajmi2,79 Mb.
#949635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
NiNdsIrRtLFfjhPSAUB2MoWPNatSdso9HFI0HdXQ

4- chizma. Pedagogikaning asosiy tarmoqlari tizimi.
Intizom
— maqsadga erishishda, qilinayotgan ishlarda keragi- 
cha va maslahatga muvofiq doimiy ravishda bajariladigan xatti- 
harakatlar yig‘indisidir.
Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshlariga 
mos pedagogika tarmoqlari mavjud (4- chizma).
Jumladan, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, umumiy ta’lim 
pedagogikasi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi pedagogikasi, oliy 
ta’lim pedagogikasi, ishlab chiqarish ta’limi pedagogikasi, peda- 
gogik menejment, davolash pedagogikasi, gerontopedagogika, 
harbiy pedagogika, yangi pedagogik texnologiya kabilar. Bulardan 
tashqari, defektologiya deb ataluvchi maxsus pedagogika fani ham 
shakllandiki, bu maxsus o‘quv maskanlari o‘qituvchi, tarbiyachi- 
lar tayyorlashda surdopedagogika (soqov bolalarni o‘qitish va 
tarbiyalash), tiflopedagogika (ko‘zi ojiz bolalarni o‘qitish), oligo- 
frenapedagogika (aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarni 
tarbiyalash va o‘qitish), logopediya (nutqi yaxshi rivojlanmagan
15


bolalarni o‘qitish) masalalari bilan shug‘ullanadi. Pedagogika 
fanlar tizimining muhim tarmog‘i bo‘lgan aniq fanlarni o‘qitish 
va o‘rganish qonuniyatlarini o‘rgatuvchi uslubiyot fanining ham 
xizmatlari beqiyosdir. Har bir fanning o‘ziga xos usullari mavjud. 
Ba’zan bu fanni xususiy metodika, ya’ni uslubiyot deb atashlari 
ham bejiz emas.
Keyingi yillarda oila pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi pedago­
gikasi, harbiy pedagogika, sport pedagogikasi kabilar shakllan- 
moqda. Pedagogika bundan keyin ham mustaqil fan sifatida 
shakllanib boraveradi.
1.4. PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOT 
METODLARI
Pedagogika muammolarini hal qilishda turli-tuman tadqiqot 
metodlari mavjud. Metod lotincha «mitodos» — 
y o ‘l
so‘zidan 
olingan. Ilmiy tadqiqot shu metod orqali nazariy, siyosiy, ilmiy, 
milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini, qonuniyatlarini bilishga 
xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlarini tavsiflash olimlar 
tomonidan turlicha asoslab berilgan.
Akademik S. Rajabov tahriri ostidagi «Pedagogika»da kuza- 
tish, suhbat, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperimentlar me- 
todi, statistika m a’lumotlarini tahlil va sintez qilish, anketalar, 
hisoblash, matematika va kibernetika metodlari asoslab berilgan.
I. F. Xarlamov «Pedagogika» o‘quv qo‘llanmasida pedagogik ku- 
zatish, suhbat, tajriba-eksperiment, maktab hujjatlarini o‘rga- 
nish, ilg‘or tajribalarni umumlashtirish, ijtimoiy-sotsiologik tad­
qiqot, matematik hisoblash metodlari haqida to‘xtaladi.
S. 
P. Baranov va boshqalar yaratgan «Pedagogika» qo‘llanma- 
sida esa kuzatish, savol-javob, hujjatlarni o ‘rganish, eksperi- 
ment-tajriba, modellashtirish metodlari beriladi. A. Munavvarov 
tahriri ostidagi «Pedagogika» o‘quv qo‘llanmasida kuzatish, suh­
bat, bolalar ijodini o‘rganish, test-so‘rovnomalar, maktab huj- 
jatlarini tahlil qilish, matematika va kibernetika metodlari haqida 
so‘z boradi. Mavjud pedagogika darslarining deyarli barchasida 
metodlarni tavsiflab chiqishda bir xillik mavjud. Ilmiy-pedagogik 
tadqiqot metodlaridan talaba, o‘qituvchi-tarbiyachi, aspirant- 
tadqiqotchi va ilmiy xodimlar biror pedagogik muammoni hal
16



Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish