Er-xotinning har biriga tegishli bo‘lgan shaxsiy huquq va majburiyatlar faqat oila huquqi bilan emas, balki huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. Bunda xotin-qizlar siyosiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lganlaridek, oilada ham barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyatlarga egadirlar. Bu qoida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Er-xotinning qayd etilgan nikohi natijasida vujudga kelgan huquq va majburiyatlari ikki xil ─ shaxsiy va mulkiy bo‘ladi. Shaxsiy huquqlarning ko‘pi er-xotinning nikohi tufayli yuzaga keladigan huquqi kabi, nikohga o‘tgunga qadar ham ularga tegishli bo‘ladi. Masalan, familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila-turmush masalalarini hal qilish, mashg‘ulot turi, kasb va turarjoy tanlash huquqlari shular jumlasidandir.
Er-xotinning shaxsiy-nomulkiy huquq va majburiyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |