- Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab shaxsiy huquqlar er va xotindan har birining subyektiv oila huquqini tashkil etadi hamda faqat oilaviy-huquqiy munosabatda namoyon bo‘ladi. Demak, u, faqat shu ma’noda oilaga oid qonun hujjatlari bilan himoya qilinadi. Er-xotinning har biriga tegishli bo‘lgan shaxsiy huquq va majburiyatlar faqat oila huquqi bilangina emas, balki huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi.
- Fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 20-100-moddasiga muvofiq himoya qilinadi. Oilaviy munosabatlarda er-xotinning shaxsiy huquqlari mulkiy huquqlariga nisbatan ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, ularning hajmi, mazmuni, xarakteri er va xotinning oilaviy huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi sifatidagi huquqiy holatini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |