Behistun yozuvlari. Bu kitob Doro I davrida Kirmanshoh va Hamadan shahri o‘rtasidagi yo`lda baland qoyatoshda qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Yozuvda shoh Doro I xabar qiladi: ―Men — Doro, ulug` podsho, shahanshoh, mamlakatlar podshosi, Vishtasp o`g`li, Arshan nevarasi, ahamoniy.
Axuramazda irodasi bilan quyidagi davlatlarni qo`limga kiritib, ularning podshosi bo`ldim: Fors, Elam, Bobil, Ossuriya, Arabiston, Misr, Lidiya, Moniya, Armaniston, Kappadokiya, Parfiya, Drang`iyona, Arya, Xorazm, Baqtriya, So`g`diyona, Gandxara, Saka, Sattagadiya, Araxoziya, Makka. Hammasi bo`lib 23 davlat‖. Shoh Doro I davom etib, ―Men Bobilda bo`lganimda, quyidagi davlatlar mendan ajralib chiqib ketganlar: Fors, Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg`iyona, Sattagodiya, Saka‖. Behistun yozuvida yana quyidagi xabarlarni o`qiymiz: ―Marg`iyona nomli davlat mendan ajralib chiqib ketdi. Marg`iyonalik Frada ismli bir odam o`zini viloyatning hokimi deb e`lon qildi. Keyin men, Baqtriya satrapi, bo`ysunuvchi odamim fors Dadarshishni chaqirib, unga gapirdim:
―Menga bo`ysunmaganlarni tor-mor qilish kerak‖, Dadarshish qo`shinlari bilan otlanib, marg‘iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda menga yordam ko`rsatdi. Axuramazda irodasi bilan mening qo`shinlarim qo`zg`olonchilarni butunlay mag`lubiyatga uchratdi... Mana mening Marg`iyonada qilganlarim‖. Podsho Doro I yana o`z yutuqlari haqida so`zlashni davom ettirib, deydiki: ―Bundan so‘ng men saklarga qarshi ular yurtiga bostirib bordim, ularning o`zlar cho`qqi qalpoq kiyib yuradilar. Men daryoga yetib keldim. Ularning sardori Skunxa ismli odamni tutib, mening huzurimga keltirdilar. Men o`z xohishim bilan saklar yurtiga yangi bosh tayin qildim. Shundan so`ng mamlakat mening qo`l ostimga o`tdi‖.
1.2. O’rta Osiyoning qadimgi aholisi haqida Yunon-Rim mualliflari
Qadimgi dunyo tarixida Sharq bilan G‘arbni bir-biri bilan bog‘lab turgan karvon yo‘llari (―Lojuvard yo‘l‖, ―Shoh yo‘li‖, ―Buyuk ipak yo‘li‖, ―Nefrit yo‘li‖ va b.) mamlakatlar iqtisodiy hayotida katta o‘rin tutgan. Ana shu yo‘llarning muayyan qismini nazorat qilish (chunki undan katta daromad kelardi) va nazorat hududlarini kengaytirish maqsadida turli bahona va sabablar qidirilib, asosiy maqsad yo‘lida mamlakatlararo urushlar bo‘lib turgan. Ana shunday jangu-jadallardan biri mil.avv. VI-IV asrlarda qadimgi forslar bilan yunonlar o‘rtasida olib borilgan urushlar edi. Qadimgi dunyoning bu ikki buyuk imperiyasi (Ahamoniylar va Yunoniston) o‘rtasida boshlangan urushlarda O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari ham qatnashganlar. Shu munosabat bilan yunon mualliflari O‘rta Osiyo xalqlari haqida tarix uchun qimmatli ma‘lumotlar qoldirganlar. Ayniqsa, qadimgi Yunonistonning yuksak ilmiy va madaniyat markazlaridan bo‘lgan Kichik Osiyo shaharlari, ulardan chiqqan olim-u fuzalolar, Eron va Turonzaminning qadimgi xalqari haqida ko‘p qiziqarli ma‘lumotlar beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |