Islomshunoslik fakulteti islom tarixi va manbashunosligi irsika kafedrasi


I BOB. O’RTA OSIYONING QADIMGI AHOLISI HAQIDA ERON AHAMONIYLARINING QOYATOSH BITIKLARI



Download 38,12 Kb.
bet2/9
Sana10.03.2022
Hajmi38,12 Kb.
#488787
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sharq qo‘lyozmalari va ularning sivilizatsiya tarixidagi o‘rni

I BOB. O’RTA OSIYONING QADIMGI AHOLISI HAQIDA ERON AHAMONIYLARINING QOYATOSH BITIKLARI


1.1. Behistun yozuvlarida siyosiy tarix.
Mil avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi Eron va Turonzamin uchun tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va siyosiy voqealarga boy davr bo‘ldi. ―Avesto‖ manbasining real hayot va diniy rivoyatlar asosida bitilgan ma‘lumotlari tahlilida fors va eron atamalarining O‘rta Sharqda paydo bo‘lishini qadimgi xalqlar migratsiyasi bilan bog‘lash an‘anaga aylandi. Ana shu an‘anaga asoslanilsa, forslarning ajdodlari oriylar dastlab akkadcha ―Elamtu‖ga (―Tog‘li mamlakat‖) joylashgan. Elamitlar esa o‘z yurtlarini ―Xotamtu‖ deb ataganlar. Qadimgi ―Xotamtu‖ (―Elamtu‖) hozirgi Eronning janubi-g‘arbiy qismi hisoblanadi. Bu joyda oriylar makon topgach, ―Xotamtu‖ Persua deb ataladigan bo‘ldi. Manbalarda rivoyat qilinishicha, uzoq zamonlarda bu joylar shumerliklar tomonidan ―Nim mamlakati‖, ya‘ni ―balanddagi mamlakat‖ deb yuritilgan ekan. Rivoyatlarga ko‘ra, shu yurtga qachonlardir (arxealogik manbalarning tahliliga ko‘ra mil avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida) shimoldan oriylar bostirib kelib, hukmronlikni qo‘lga kiritgan va o‘z chorva mollarini boqib yurishgan. ―Avesto‖ da ular ―arya‖ deb yuritilgan, ya‘ni ozod, erkin chorvador qabilalar. Sekin-asta ular mahalliy dehqon jamoalari ustidan o‘z hukumronliklarini o‘rnatib, janubi-g‘arbiy Eron hududlarining xo‘jayiniga aylanadi. Mil.avv. VIII asrning oxiri va VII asrning boshlarida oriylarning nufuzli sardorlaridan biri Ahamen o‘z sulolasiga asos soladi.
Mil.avv. VII asrda uning o‘g‘li Chishpish fors qabilalari ittifoqini tuzadi. Tahminan mil.avv. 640-yilga oid mixxatlarda Parsumash, ya‘ni fors mamlakatining podshosi sifatida Kir I tilga olingan. U bir necha mahalliy podsholiklarni birlashtirib yagona davlat barpo etadi. Mil.avv. 559-yilda Kir II hokimiyatga keladi. Bu haqda mil.avv. 550-yilga oid Vavilon xronikasida Kir II ning Parsuaning hukmdori ekanligi eslatiladi. Kir II ning podsholik davrida Yaqin Sharqda Midiya, Lidiya, Vaviloniya va Misr kabi yirik davlatlar mavjud edi. U avval Midiyani bosib olib, Elamni o`ziga qaratdi. So`ng Vaviloniya va Lidiyani qo`shib oldi. Endi Kir II ning hujumlari Baqtriyaga va saklarning yerlariga qaratildi.
Mil.avv. 545-540 yillarda ahamoniylar Baqtriya, Parfiya, Marg`iyona va So`g`diyona viloyatlarini bo`ysundiradilar. Mil.avv. 530-yilda Kir II massagetlar yurtiga bostirib kiradi. Kir tomonidan O`rta Osiyoni bosib olish jarayonini uch bosqichga bo`lish mumkin. Birinchi bosqichda u Parfiya va Kaspiybo`yi saklari ustiga yurish qildi; ikkinchi bosqichda Baqtriya va Amyurgiya saklari ustiga yurish; uchinchi bosqichda Orolbo`yi saklari (massagetlar) ustiga yurish. Parfiyaning qo`shib olinishi va Kaspiybo`yi saklari ustiga yurish Midiyani tor-mor qilinishidan keyinroq boshlangan edi. Mil.avv. 530-yili Orolbo`yi saklari (massagetlar) ustiga uyushtirilgan urush Kir II uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Orolbo`yi saklari mil.avv. 518-yilda Doro I tomonidan istilo qilingan. Doro I istilolariga yakun yasab, ta`kidlash joizki, uning davrida (mil.avv. 522-486 yillarda) ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O`rta yer dengiziga qadar hududlarda o`z hukmronligini o`rnatadi. Ana shu istilolar natijasi, ahamoniylarga o‘lpon to‘lovchi mamlakat va xalqlar nomi ahamoniy podsholarining qoyatoshlarda, Persopol shahridagi shoh saroyiga ko`tariluvchi pillapoya devorlarida, Suza shahrida qad ko`targan Doro I haykali yozuvlarida keltirilgan. Ular haqida V.V.Struve, V.V.Bartold, M.M.Dyakonov, V.I Abayev, M.A.Dandamayev, E.A.Grantovskiy va boshqalar ko`p yozganlar. Ularning ma‘lumotlariga ko`ra, ahamoniy podsholarining bitiklari qadimgi fors tilida yozilgan turli ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarga doir podsho buyruqlaridan va nutqlaridan iborat.

Download 38,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish