Qoyaga bitilgan tasvirlar bor hudud



Download 9,92 Kb.
Sana02.04.2022
Hajmi9,92 Kb.
#524081
Bog'liq
Sarmishsoy. U h-WPS Office


Sarmishsoy. U haqida ko'p eshitganmiz. Ammo, kimdir so'raganida, ko'pchiligimiz “qoyaga bitilgan tasvirlar bor hudud”, degan ma'lumotnigina ayta olamiz. Xo'sh, Navoiy viloyati hududida joylashgan Sarmishsoy o'zi qanday joy, u nimalari bilan butun dunyoga mashhur?

Bilasizmi, etti ming yillik tarixni o'z bag'rida asrab kelayotgan Sarmishsoyda taxminan o'n mingdan ortiq noyob qoyatosh bitiklari bor. Ular shu qadar turfa, shu qadar qadimki, bitiklarning mazmuni, ifoda etgan manzaralarining ko'pchiligi hanuzgacha tadqiq qilinmagan, sirlari ochilmagan. SHu bois Sarmishsoy har doim butun dunyo tadqiqotchilari va sayyohlarini o'ziga jalb etib keladi.


Shuningdek, Sarmishsoyda tosh davri makon va manzilgohlari, qadimgi mozorlar va sug'orish tarmoqlarining qoldiqlari, ustaxonalar, tegirmonlar, shaxtalar, ko'hna qishloq xarobalari saqlangan bo'lib, ular tosh davridan boshlab to o'rta asrlarga qadar davrlanadi.

Tarixchi olimlar va arxeologlarning fikricha, qoyatosh suratlari o'sha davrdagi insonlar hayotining bir qismini aks ettirgan. Suratlarda asosan “Hayvon uslub” deb atalmish skif-sak massagetlarining tasviriy san'atida ifodalangan qoplon, pantera, gepard, bezon, yo'lbars kabi “kuch timsoli” hisoblangan hayvonlar tasvirlangan. Shuningdek, ko'proq daryo bo'yi va to'qayzorlarda hayot kechiradigan “mushuksimonlar” oilasiga mansub, ibtidoiy ovchilar uchun qimmatli bo'lgan ov qilish jarayonlari hamda “o'yinchilar” guruhiga oid turli uslubdagi bosh kiyimlar kiygan insonlar qiyofasi va turli xil marosimlar mohirona chizilgan. Bundan tashqari “osmoniy otlar” ifodalangan qoyatosh suratlari har qanday kishini o'ziga rom etmay qo'ymaydi. Bu suratlar qadimda bu erlarda ot boqishning rivojlangan hududlardan biri deb ehtimol qilishga imkon beradi.

Neolit davrida Qizilqumda yashagan kaltaminor madaniyatiga taalluqli ovchi va baliqchi urug'larining ba'zi birlari Sarmishsoyga kelib joylashgan. Ular bu erda ov qilish bilan bir qatorda asta-sekin chorvachilikka asos solishgan. Bu haqda bizga Sarmishsoydan topilgan 4000 dan ortiq bo'lgan insonlar rasmi — petrogliflar guvohlik beradi.

Sarmishsoy petrogliflari nafaqat respublika, balki jahon miqyosida bashariyat o'tmishidan qolgan eng sara gavhar – madaniy yodgorlik sifatida tan olingan. Toshlarga o'yib chizilgan rasmlarning barchasini bir qarashda ilg'ash mushkulroq. Tongda, tushlik vaqti va quyosh botayotganidagina ko'rinadigan tasvirlar bor xatto. Ba'zi tasvirlar faqatgina yomg'irli kunda ko'zga tashlanishi bilan hayratingizni oshiradi.

Sarmishsoyning odamlarni o'ziga ohangrabodek tortadigan yana bir jihati – bu uning maftunkor tabiati. Dara, ayniqsa, ko'klam kelishi bilan ajib go'zallikka burkanadi. 62 oilaga mansub 650 dan ortiq turdagi o'simliklar Sarmishsoyni hech qaerda topib bo'lmaydigan tabiat mo''jizasiga aylantiradi. Ko'p ming yillik tektonik harakatlar sabab kvarts va granit qatlamlari slanets toshlarni siqib qo'ygani natijasida, darada tasma tuzilishidagi tog'burmalanishlari paydo bo'lgan. Buning natijasida yuzaga kelgan jozibador manzara kishi diqqatini tortadi.

Ayni paytda bu qadim dara “Sarmishsoy” davlat muzeyi qo'riqxonasiga aylantirilgan. Zero, ajdodlar merosini saqlab kelayotgan yodgorliklarni asrab-avaylash va o'z holicha etkazish kelajak oldidagi burchimiz hisoblanadi.

Madaniyat vazirligi Axborot xizmati

Rated 5 stars out of 5
So’nggi yangiliklar

Davlat rahbari yangi to‘qimachilik korxonasini borib ko‘rdi


Orolbo‘yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar...
Shavkat Mirziyoyev: Odamlar tibbiyotda adolatni sezishi kerak
Xalq diplomatiyasi rivojida xalqaro axborotning ahamiyati
O'zbekiston delegatsiyasi Finlyandiyaning darsliklarni yaratish tajribasini o'rgandi
Prezident mahallalardagi sharoitni ko‘zdan kechirdi
Noyabr 2021
Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
Ommabop yangiliklar
“Yashil makon” kishi dilini quvnatib, havo sofligini taʼminlaydi
10 Noyabr 2021, 13:40
2350
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘r...
13 Noyabr 2021, 20:17
2022
G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy e...
15 Noyabr 2021, 23:38
1822
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora-tadbi...
28 Oktabr 2021, 21:07
1639
© 2020 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati» DUK
Biz haqimizda
Mualliflar
Murojaat uchun
Vakansiyalar
Materiallardan foydalanish
Download 9,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish