Islomda Jihod Tushunchasi Reja; I. Kirish Mavzuni dolzarbligi


Kuch-quvvat bo‘lmasa, jihod farz emas



Download 57,83 Kb.
bet4/5
Sana11.01.2022
Hajmi57,83 Kb.
#344368
1   2   3   4   5
Bog'liq
Islomda Jihod Tushunchasi

Kuch-quvvat bo‘lmasa, jihod farz emas!

Jihod farz bo‘lishi uchun musulmonlarda shon-shavkat va kuch-qudrat bo‘lmog‘i shartdir. Bu jihodning birinchi shartidir. Aks holda, musulmonlarga jihod farz bo‘lmaydi. Buyuk hanafiy olimi, “Umdat ar-rioya”, “Muzilat ad-diroya”, “al-Favoid al-bahiya”, “an-Nofe’ al-kabir” singari yuzdan ortiq asarlar muallifi, faqih, muhaddis Mavlono Abdulhay al-Laknaviy rahmatullohi alayhi o‘zlarining “Majmu’at al-fatovo” asarlarida bu haqida fatvo berganlar. Savol esa bunday:

Savol:

Din ulamolari ushbu masala to‘g‘risida nima deydilar? Har qachon islom ahli kofirlar saltanatida omonda yashasalar, kofirlar islom dini ishlarida ularga birorta xalal yetkazmasalar, islom ahlida jihodga va qarshi turishga qudrat yetishmasa, bizning zamonamizda Hindistondagi kabi bo‘lsa, jihod farz bo‘ladimi?



Albatta musulmonlar qayerda yashamasinlar, islom dinining ustuni bo‘lmish beshta arkonni ado qiladigan bo‘lsalar, imon keltirish, namoz o‘qish, zakot berish, ro‘za tutish va hajga borishni ado qilayotgan bo‘lsalar, jonlari va mollariga tajovuz qilinmasa, jihod qilishga ham qudratlari yetmasa, kofirlar ustidan mutlaq g‘alaba qozonishga tayyorgarlik bo‘lmasa, unda ham jihod farz bo‘laveradimi?

Albatta, jihod islomning bosh maqsadi emas. U bir buyuk maqsadga bo‘lgan vositadir. Shuning uchun ham, jihodning shart-sharoiti mavjud. Abdulhay al-Laknaviy rahmatullohi alayhi ana shu shart-sharoit haqida bunday yozadilar:

Javob:

Jihod “e’loyi kalimatulloh” (“Allohning kalimasini oliy qilish”) uchun, islomni aziz qilish uchun, kufr qoidalari va rasm-rusumlarini mahv qilish uchun muqarrar qilingan. Dinni haqorat qilish uchun emas, islomni va musulmonlarni xor qilish uchun emas. Shunga binoan, faqihlar jihodning farz bo‘lishi uchun bir qancha shartlarni yozganlar”.



Demak, jihod qilaman deb qilingan harakat ortida din haqorat qilinadigan bo‘lsa, islom va musulmonlar xor-zor bo‘lsalar, u holda u haqqoniy jihod bo‘lmaydi! ISHID yoki tolibon kabilarning hatti-harakatlari natijasida islom yomonotliq bo‘ldi, musulmonlar yomonotliq qilindi, mo‘min-musulmonlar aziz vatanlarida xor-zor bo‘ldilar, o‘z yurtlarini tashlab kofirlar mutlaq hukmron bo‘lgan yurtlarga ko‘chib, aniqrog‘i qochib ketishga majbur bo‘ldilar. Aniqki, ISHID yoki tolibon kabilarning qilmishlari jihod emas!

Shuning uchun, Abdulhay al-Laknaviy rahmatullohi alayhi faqat xohish-istak bilangina jihod farz bo‘lib qolmasligini ta’kidlaydilar:

“Ularning eng birinchisi shuki, omonlik va muhofaza qilingan joy bo‘lsin. To kofirlarning yomonligidan najot hosil bo‘lsin. Hojat vaqtida korga yaraydigan bo‘lsin. Agar islom ahliga kofirlar ustidan g‘alaba qilish xohish-istagi aniq g‘olib bo‘lsa ham JIHOD FARZ EMAS!”.

Jihod farz bo‘lishi uchun shartlar topilmog‘i lozim. Shart yo‘q ekan, jihod ham farz bo‘lmaydi. Bu haqida Abdulhay al-Laknaviy rahmatullohi alayhi bir qancha iqtiboslar keltirganlar:

“Jome’ ar-rumuz”da yozilgan: “Urushga, jang qurollariga, ozuqaga va boshqa shunga o‘xshashlarga qudrat (qodirlik) bo‘lishi sharti bilangina jihod farzi ayn bo‘ladi”.

YA’ni, musulmonlar urushga qodir bo‘lsinlar, jang qurollarini o‘zlari yasab, ishlab chiqarsinlar, yetarli ozuqaga qodir bo‘lsinlar. Aks holda, jihod farz bo‘lmaydi. Kuch-qudrat, shon-shavkat musulmonlarda bo‘lsin. Bitta o‘q ham yasay olmaydigan, zamonaviy qurol-aslaha qilishni bilmaydigan, islomning buyuk din ekanini o‘zlarining odob-axloqi va hatti-harakatlari ila isbotlamagan odamlarga urush halol bo‘lmaydi. Shuning uchun, dunyoviy ilmlarni mukammal egallamoq, zamonaviy texnologiyadan mutlaq xabardor bo‘lmoq farz hisoblanadi. Zotan, ilm ham jihoddir! Kofirlardan qurol sotib olib, ular bilan kurashib bo‘lmaydi. “Fatovoyi olamgiriya”da shunday deyilgan ekan:

“Fatovoyi olamgiriya”da aytiladi: “Ikkinchidan, islom ahli uchun quvvat va shavkat umidi bo‘lmog‘i kerak. Agar musulmonlarda urushda shavkat bo‘lmaydigan bo‘lsa, urush halol bo‘lmaydi. Chunki, bunda o‘zini-o‘zi halokatga tashlash mavjud”.

“ad-Durr al-muxtor”da ham kofirlar bilan kurashishga qodir qurol-aslaha bo‘lmog‘i lozimligi aytilgan. Aks holda, jihod farz bo‘lmaydi:

“ad-Durr al-muxtor”da aytilgan: “Jihodning vojib bo‘lishiga shart shuki, qurol-aslahalarga qodir bo‘lsinlar, yo‘l omonligi bo‘lmasa ham”.

“ar-Radd al-muhtor”da “vojib bo‘lishiga shart” jumlasi izohida aytiladi: “YA’ni, urushishga qodir bo‘lsin. Bu esa ozuqa va ulovga qodir bo‘lish bilangina bo‘lishi mumkin”. Chunonchi, “Qoziyxon” va boshqa asarlarda keltirilgan. “Qo‘histoniy”da ham bu mavjud.

Shart-sharoit topilmagani uchun jihod farz bo‘lmaydigan bo‘lsa, musulmonlar jihod qilmay o‘taveradilarmi? Jihod esa qiyomatgacha bo‘ladigan amal-ku. Bunga javoban, Abdulhay al-Laknaviy rahmatullohi alayhi buyuk bobokalonimiz Burhoniddin al-Marg‘inoniy rahimahullohning “al-Hidoya”siga eng mashhur sharh hisoblanadigan “Fath al-qadir”dagi fikrni aytadilar. Unga ko‘ra, vatanni asrab, chegarada turmoq, dushman xurujidan saqlab qo‘riqchilik qilmoq – chegarachilik ishi jihodning o‘zginasi ekan:

“Fath al-qadir”da bunday deyilgan: “Jihodning jumlasidan biri chegaradagi qo‘riqchilikdir. U dushman hujumini daf qilish maqsadida poylab turiladigan joyda turmoqdir. Qo‘riqchilik aniq bo‘lmog‘i uchun olimlar har xil fikrlarni o‘rtaga tashlaganlar. Chunki, har bir makonda turmoq qo‘riqchilik bo‘lavermaydi. “an-Navozil”da kelganki, naryog‘ida islom yurti qolmagan joyda qo‘riqlash kerak. Chunki, musulmonlar o‘z yurtlaridagi qo‘riqchilik qilishdan haqiqiy qo‘riqchi bo‘lib qolmaydilar. Biroq, ayrim ulamolar aytganlarki, dushman bir marta bostirib kelgan yurt chegarasidagi qo‘riqchilik qirq yilgacha (jihodga tobe’) haqiqiy qo‘riqchilik bo‘lib qolaveradi. Agar dushmanlar tomonidan ikki marta hujum qilingan bo‘lsa, o‘sha yurtda bir yuz yigirma yilgacha qo‘riqchilik qilmoq lozim. Agar biror yurtga uch marta dushman hujum qilgan bo‘lsa, o‘sha yurtni qiyomatgacha dushmandan saqlab qo‘riqchilik qilmoq lozim bo‘ladi. …

Chegarachilik ishi sharafli ishdir! Musulmonlar yashayotgan yurtni qo‘riqlash, vatanni asrash jihod bilan tenglashtirilgan.

Abdulhay al-Laknaviy rahmatullohi alayhi jihodning birinchi sharti haqida so‘z yuritar ekan, ana shu ilk shartning topilmaganligining o‘zidanoq bugungi kunda jihod farz emasligini qayd qiladilar. Ushbu fikrni ta’kidlab, bunday deganlar:

shak-shubha yo‘qki, islom ahlida urushishga, ozuqa va ulovlarga hamda boshqa narsalarga kuch-qudrat yetishmaydigan bo‘lsa, ularga jihod farz emas!9

Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakri JIhod bu eng avvolo musulmon kishini o’z nafsiga, shaytoniy his-tuyg;ularga qarshi kurashidir, ya’ni o’z ma’naviyatiga qarshi kurash bu “buyuk jihoddir”, Jihod bu Alloh taoloni dinini yoyish yani da’vat qilishdir. Jihod bu urish degani emas, biz buni noto’g’ri tushunmasligimiz kerak, qachonki bizga o’zga din vakillari tomonidan yurtimizga bostirim dinimizni xorlasa dinimizni hihoyasi uchun kurashish demakdir bu esa “ kichik jihod”dir, o’z ota-onamizga shirin so’z aytsak ham jihotdir bu esa “ til jihodi”




Download 57,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish