JIHOD1, g‘azavot (arab. - g‘ayrat qilish, kuchni ishga solish) - din yo‘lida kurash. dastlab jihod. deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan. bu kurashga nisbatan qur’onda muhammad (sav)ning makka va madinada kechgan xayot faoliyatlariining muayyan shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda turlicha ko‘rsatmalar bor: 1) ko‘pxudoliklar bilan mojiroga bormaslik va ularni okdllik va odob bilan haqiqiy dinga og‘dirish; 2) islom dushmanlariga qarshi mudofaa urushi olib borish; 3) g‘ayridinlarga hujum qilish, lekin muqaddas oylarda harbiy harakatlar olib bormaslik; 4) ular bilan har vaqt va hamma joyda kurash olib borish. jihod. so‘zi lug‘atda urush ma’nosini anglatmaydi, buning uchun arab tilida "qitol" so‘zi ishlatiladi. jihod. so‘zining lug‘atdagi xususiyatidan kelib chiqib jihod.ning turlari ham ko‘paygan. islomda jihod. ma’nosi avvalo urush ma’nosida emas, allohning diniga so‘z bilan da’vat qilish ma’nosida yuzaga kelgan. insonning havoyi nafsining kuyiga kirmaslik, uni yengab shariatga muvofiq yashash uchun jihodon jahdi ila qilgan harakati, haq so‘zni joyini topib aytmoqligi jihod.ga kiradi. farzandni ota-onasi xizmatida bo‘lishi ham jihod.dir. islomning dastlabki o‘n uch yili
davomida muhammad (sav) boshliq sahobalar makkada urush ma’nosi bo‘lmagan jihod.ni olib borganlar. o’sha vaqtda alloh taolo musulmonlarning mushriklarga qarshi kuch ishlatishini man qilgan edi. shu bilan birga ulardan yetgan azob-uqubat va ozorlarga sabr qilishga amr qilgan ham edi. faqatgina xijratning ikkinchi yili (mil. 624 y.) qur’oni karim ta’biri bilan aytilganda 'o’zlariga qarshi urush ochganlarga ularga zulm qilingani uchun (urushga) izn berildi". islomda jihod. hukmi sharoitga qarab o‘zgarib turadi. dunyoda fitna bo‘lmasligi uchun, alloh dinning ustun bo‘lishi uchun qilinadigan jihod. farzi kifoya hisoblanadi. bunda dunyo bo‘yicha islomni tarqatish, allohning dini yo‘lidagi g‘ovlarni yo‘qotish uchun jihod. qilinadi. kimki islom da’vati yo‘liga to‘siq bo‘lmasa, erki o‘zi bilan - xohlagan diniga e’tiqod va amal qilishi mumkin. agar dushmanlar biror musulmon
yurtiga urush qilib, bostirib kirsalar, jihod. hamma musulmonlarga farzi ayn bo‘ladi. jihod.ga ko‘ra agarda musulmonlar yurtiga tashqaridan hujum bo‘lmasa, balog‘at yoshiga yetmaganlar, aqli norasolar, xizmatkorlar, ayollar, bemor-zaiflar, safar aslahalari bo‘lmagan kishilar, shaharning eng yaxshi faqihlari, ota-onasi jihod.ga qatnashishga rozilik bermaganlar va qarz bergan kishining ruhsatini olmagan qarzdor jihod.dan ozod qilingan. urushayotgan tomonlarning o‘zaro munosabatlariga nisbatan jihod.ga ko‘ra raqib qarorgohida ayollar va balog‘at yoshiga yetmaganlar musulmonlarga qarshi kurashmayotgan bo‘lsa, ularni o‘ldirish man etilgan. katta yoshdagi erkaklar harbiy asirga aylantirilgan. shu bilan birga hanafiylar bu qoidani harbiy ishga va avlod (zurriyot) qoldirishga noqobil bo‘lgan kishilarga (keksalar, rohiblar va b.) tatbiq etmaganlar. harbiy asirlarga nisbatan imom uch xil yo‘l tutgan: qatl etish, tovon evaziga ozod qilish, qulga aylantirish. agar u harbiy asirni qatl etishga hukm qilmoqchi bo‘lsa, to bu qaror amalga oshmaguncha asirni qiynoqkd solish va jismonan mayib qilishga hech bir kimsaning haqqi bo‘lmagan. islomni qabul qilgan asirlarni o‘ldirishga ruhsat etilmagan. barcha mazhablarga binoan musulmonlar yashaydigan hududga olib o‘tishni iloji bo‘lmagan raqibning mol-mulki yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan (biroq chorva-mol xususida yagona bir fikrga kelinmagan). oxirgi paytlarda yaqin va o’rta sharkdagi ba’zi diniy ekstremistik guruhlar to‘g‘risida so‘z yuritilganda ko‘pincha jihod. so‘zi ishlatilmoqda (mas., misrdagi "jihod", livandagi "islom jihodi" va h.k.). aslida jihod. alloh yo‘liga, islom dinini yoyish maqsadiga butun kuch va imkoniyatlarni sarf qilish ma’nosini anglatib kelgan va ba’zida muayyan shartlar bo‘lgandagina harbiy kuch ishlatishni ham taqozo etgan. shu ma’noda jihod.ni "muqaddas urush" deb talqin qilish odat tusiga kirib qolgan. turkiya, kavkaz va markaziy osiyoda jihod. ko‘proq "g‘azavot" nomi bilan ma’lum bo‘lgan. 9 - 10-a.lardan jihod. yanga mazmun bilan to‘ldirildi: alloh yo‘lida o‘zni takomillashtirish tushunchasi (ya’ni ma’naviy jihod.)ga 4 jihod. - qilich jihod.i, qalb jihod. i, qo‘l jihod.i va til jihod.i haqidagi tasavvurlar qo‘shildi. milliy-ozodlik harakatlari davrida jihod. goyasidan mustamlakachilikka qarshi kurashda foydalanildi. umuman, hoz. zamon musulmon nazariyotchilari jihod.ni islomni tinch yo‘l bilan yoyish, uni tashqi tazyikdan himoya qilish uchun musulmonlarning kuch va g‘ayratlarini safarbar etish vositasi deb ta’riflaydi. mo‘‘tadil islom (ahli sunna val jihodamoa) tarafdorlarining e’tiqodiga ko‘ra, kuch ishlatish - "kichik jihod.", har bir mo‘min-musulmonning o‘z nafsi bilan kurashi va ma’naviy barkamollik yo‘lidagi
sa’y-harakati esa, "buyuk jihod." hisoblanadi. hozirgi. kunda xalqaro maydonda islom dini bilan niqoblangan terrorchilar jihod.dan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqdalar.
Diniy islom adabiyotlarida mazkur atama zamirida quyidagi shakllarda e’tiqod uchun kurash tushuniladi: «nafsga qarshi jihod» (shaxsiy nojo‘ya xislatlarga qarshi kurash); «til jihodi» (xayrli ishlarni rag‘batlantirish va yomonlarini taqiqlash); «qo‘l jihodi» (jinoyatchilarga nisbatan tegishli jazo choralarini qo‘llash); «qilich jihodi» (dinsizlarga qarshi harbiy kurash). Islom uchun «buyuk» va «kichik jihod» an’anasi xos bo‘lib, u Payg‘ambar (S.A.V.) hadislaridan biriga daxldor: Badr jangidan (624 y.) qaytgach, Payg‘ambar (S.A.V.): «Biz kichik jihoddan buyugiga qaytdik», degan edi. Bu musulmonlar uchun harbiy jang («kichik jihod»), balki kishilarning o‘zi bilan kurash olib borishi, ya’ni axloqiy komillik muhimligini («buyuk jihod») anglatadi.
Ammo, ekstremistlar o‘z g‘oyasi va faoliyatida jihodning aynan harbiy shaklidan foydalanadilar. Bunda ular Qur’onning ayrim oyatlari va musulmon mutafakkirlarining fikrlariga murojaat etadilar. Xususan, Maududiy yozganidek: «jihod» so‘zi Alloh yo‘lida Islomga qarshi dushmanlarga nisbatan olib boriluvchi urush uchun qo‘llaniladi… Jihod musulmonlarning kundalik namoz va ro‘zasi kabi majburiyat hisoblanadi. Bundan bo‘yin tovlamoq, gunohdir». Mavjud g‘oyalar diniy ekstemistlarning muhim g‘oyaviy vositasi bo‘lgan jihod shiori, ya’ni e’tiqod uchun kurashning asosini tashkil etadi.
Ko‘plab tadqiqotchilar jihod tamoyili tarafdorlarini e’tiqod yo‘lidagi harbiy kurash tarafdorlari yoki «dinsizlar»ga qarshi kurashda «islom fundamentalizmining eng radikal tarmog‘i», ya’ni «jihodizm» a’zolari sifatida ko‘radilar. «Jihodchilar» avvalo, «mavjud xalqaro tizimni zo‘ravonlik asosida parchalashga hamda uning zamirida islom teokratik davlatini barpo etishga absolyut tayyor ekanligi» bilan xarakterlanadi. Mavjud holat, uning fikricha, «jihodizm»ning «barcha insoniyatning islomiylashuvi falsafasi ketma-ketligini» ishlab chiqqan g‘oyaviy asoschilaridan kelib chiquvchi tahdidni anglash hamda ularni bartaraf etishda asos bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Barcha islom fundamentalistik guruhlari sof dindorlar (musulmonlar)ni «dinsizlar»ga qiyoslaydilar, ammo «jihodchilar» mazkur qarshilikni doimiy va absolyut ekanligini ta’kidlaydilar. «Jihodchilar» «dinsizlarni» islomning dushmanlari sifatida e’tirof etgan holda, uni bartaraf etishga intiladilar. Shu bois, «jihodchilar»ning o‘zi «dushman»ga qarshi kurashning haqqoniy ekaniga shubha qilmaydilar. Jumladan, ekstremistik qanot izdoshlari soxta salafiylikda nafaqat boshqa din vakillari, balki ilohiy ko‘rsatmalarga amal qilmaydigan musulmonlarga qarshi kurashni targ‘ib qiladilar. O‘zini e’tiqod «pokligi» kurashchilari sifatida tanitgan holda, ular o‘z ta’limotlarini qabul qilmagan barcha musulmonlarni «dinsizlar»ga qo‘shgan holda, ularga qarshi muqaddas kurashga da’vat etadilar. Agar musulmonlarning katta qismi dinsizlarga qarshi kurash g‘oyasini inkor etgan bo‘lsa, «jihodchilar» uni o‘z g‘oyasi poydevoriga aylantirganlar.
Tadqiqotchilar Qur’onda mazkur ta’limotni qo‘llab-quvvatlovchi ko‘plab parchalarni uchratish mumkinligini e’tirof etadilar, biroq ularda rahm-shafqat, hamjihatlik va bardoshlilikka undovchi kuchli g‘oyalar ham uchraydi. Biroq, «jihodizm»ning g‘oyaviy asoschilari, odatda, Qur’onning mazkur oyatlariga murojaat etmay, balki o‘z talqiniga tayanadilar. Ular Qur’on kishilik hayotiga doir (islom fundamentalistlari nuqtai nazariga ko‘ra) barcha savollarga to‘la javob bera olishini e’tirof etgan holda, mazkur javoblarning bir ma’noli ekanligini ta’kidlaydilar. Shunday qilib, «jihodizm» qarashlar rang-barangligi va tanqidchilar bilan tinch vositalar asosida kelishuvga erishishni inkor etadi. Barcha «yot» g‘oya va qadriyatarning to‘la inkor etilishi unga xos bo‘lgan xususiyatdir.
Diniy ekstremistlar «global islom tartiboti»ni tuzish borasidagi asosiy to‘siqlarni belgilashda yagona fikrga ega emaslar. Ularning bir qismi asosiy «yovuzlik» sifatida «xalqaro xalifalik»ni (Turkiya, Misr, Pokiston, Iordaniya va b.q.) barpo etish uchun kurash o‘rniga G‘arb bilan hamkorlikka intilayotgan sekulyar musulmon jamoalar va davlatlarining mavjudligini e’tirof etadilar. Boshqalar esa, avvalo, g‘arb davlatlarini ularning musulmon davlatlaridagi «dunyoviy hukmdorlar» bilan munosbatlariga chek qo‘yish maqsadida imkon qadar zaiflashuvini ta’minlash, so‘ngra, o‘z kuchlarini alohida davlatlardagi hokimiyatni qo‘lga kiritish va jahonda o‘z g‘oyasini yoyish plasdarmiga aylantirish lozim deb hisoblaydilar.
M.Xabek ta’kidlaganidek, «Al-Qoida» kabi radikal fundamentalistik tashkilot kabi mazkur qarash vakillari G‘arbga qarshi kurash abadiy «yaxshilik va yovuzlik kurashi» asoslanib, uning ijrochilari ilohiyot irodasidir. Bunda, ular taqvodor musulmonlarnigina o‘z tarafdorlari sifatida e’tirof etadilar.
Ko‘plab fundamentalistik guruhlar, xususan salafiylik vakillari musulmon olamidagi o‘z ta’sirini kengaytirishga alohida e’tibor qaratadilar. Ular tashviqot markazlari, bepul ta’lim muassasalari tashkil etib, teleradiomarkazlar quradilar, aholi orasida missionerlik faoliyatini kengaytiradilar hamda turli tillardagi diniy adabiyotlarni nashr etadilar. Biroq, Saudiya Arabistonida ham hukmron tuzumga qarshi bo‘lgan va terrorga murojaat qiluvchi hukumatga qarshi diniy ekstremistik «yerto‘lalar» mavjud. Mazkur radikal fundamentalistlar faolligi vaziyatdan kelib chiqqan holda faollashishi mumkin (masalan, Afg‘onistondagi urush davrida, Fors ko‘rfazi, Iroq, Livan, Falastindagi harbiy harakatlar jarayonida). Ayni paytda, Saudiya Arabistoni hukumati va ularni qo‘llab-quvvatlovchi «tradisionalistik» salafiylik doiralari, ekstremistlarga qarshi samarali kompleks choralarni va g‘oyaviy tadbirlarni amalga oshirmoqdalar2.
Diniy ekstremistlarning shakllanishiga xizmat qiluvchi omillar orasida «shahid» (e’tiqodi yo‘lida qurbon bo‘lgan jafokash)ning albatta jannatiy bo‘lishi bilan bog‘liq ishonchga asoslangan diniy fanatizmning rivojlanishini ko‘rish mumkin. Fanatizm musulmonlar ongiga boshqa din vakillariga qarshi dushmanlik munosabatini singdirmoqchi bo‘lgan barcha diniy radikallar tomonidan faol qo‘llaniladi.
Ko‘plab tadqiqotchilar jihod tamoyili tarafdorlarini e’tiqod yo‘lidagi harbiy kurash tarafdorlari yoki «dinsizlar»ga qarshi kurashda «islom fundamentalizmining eng radikal tarmog‘i», ya’ni «jihodizm» a’zolari sifatida ko‘radilar. «Jihodchilar» avvalo, «mavjud xalqaro tizimni zo‘ravonlik asosida parchalashga hamda uning zamirida islom teokratik davlatini barpo etishga absolyut tayyor ekanligi» bilan xarakterlanadi. Mavjud holat, uning fikricha, «jihodizm»ning «barcha insoniyatning islomiylashuvi falsafasi ketma-ketligini» ishlab chiqqan g‘oyaviy asoschilaridan kelib chiquvchi tahdidni anglash hamda ularni bartaraf etishda asos bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Tadqiqotchilar Qur’onda mazkur ta’limotni qo‘llab-quvvatlovchi ko‘plab parchalarni uchratish mumkinligini e’tirof etadilar, biroq ularda rahm-shafqat, hamjihatlik va bardoshlilikka undovchi kuchli g‘oyalar ham uchraydi. Biroq, «jihodizm»ning g‘oyaviy asoschilari, odatda, Qur’onning mazkur oyatlariga murojaat etmay, balki o‘z talqiniga tayanadilar. Ular Qur’on kishilik hayotiga doir (islom fundamentalistlari nuqtai nazariga ko‘ra) barcha savollarga to‘la javob bera olishini e’tirof etgan holda, mazkur javoblarning bir ma’noli ekanligini ta’kidlaydilar. Shunday qilib, «jihodizm» qarashlar rang-barangligi va tanqidchilar bilan tinch vositalar asosida kelishuvga erishishni inkor etadi. Barcha «yot» g‘oya va qadiyatarning to‘la inkor etilishi unga xos bo‘lgan xususiyatdir3.
Jihodiy yoki jihodchi, butun musulmon jamoasini boshqaradigan islomiy davlat tashkil etilishiga va bu zarurat uning yo'lida turadiganlar bilan zo'ravon nizomni oqlashiga ishongan kishiga ishora qiladi. Jihod Qur'onda topilishi mumkin bo'lgan bir tushunchadir, lekin jihod, jihodiy mafkura va jihod harakati 19 va 20 asrlarda siyosiy islomning paydo bo'lishi bilan bog'liq zamonaviy tushunchalardir.
Jihodlar islomni tushunadigan va jihod tushunchasini tushunadigan musulmonlardan tashkil topgan tor guruh bo'lib, ular urushlar Islomiy boshqaruvning g'oyalarini buzgan davlatlar va guruhlarga qarshi olib borilishi kerakligini anglatadi. Saudiya Arabistoni bu ro'yxatda yuksakdir, chunki u islomning amrlariga ko'ra hukm yuritadi va bu Islomning eng muqaddas joylaridan ikkitasi Makka va Madina uyidir.
Bir paytlar jihod ideologiyasi bilan eng mashhur bo'lgan nomi, " Al-Qoida" ning etakchisi Usama bin Lodin edi . Saudiya Arabistondagi yoshlar orasida Usama bin Lodin 1960 va 1970-yillarda radikalizmga tushgan arab musulmonlari o'qituvchilari va boshqalar tomonidan ta'sirlangan:
1967 yildagi Isroil bilan urushda arablarning mag'lubiyati
Mazmunli va poraxo'r arab hukumatlari
Jamiyatni jadal urbanizatsiyalash va modernizatsiya qilish
Martining o'limi
Ba'zilar jiddiy jihatdan jamiyatni tanqid qiladigan barcha narsalarni zo'ravonlik bilan ag'darib tashlashdi. Buning uchun zarur bo'lgan islomiy va tartibga ko'ra dunyoni yaratish kerak edi. Ular diniy burchni bajarishning bir usuli sifatida islom tarixida ham mazmunga ega bo'lgan shahidlikni ideal holga keltirdilar.
Yangi qabul qilingan jihodlar shahidning o'limi bilan bog'liq bo'lgan romantik vizyonda katta qiziqish uyg'otdi.
Sovet Ittifoqi Afg'onistonni 1979 yilda bosib olganida, arab musulmonlarining jihodchi tarafdorlari afg'on ishini islom davlatini yaratishning dastlabki bosqichi sifatida oldilar. (Afg'oniston aholisi musulmon, ammo ular arablar emas.) 1980-yillarning boshlarida bin Ladin Sovetlarni Afg'onistondan chiqarib yuborish uchun o'zlarini e'lon qilgan muqaddas urushga qarshi kurashgan mujohidlar bilan ishlagan. Keyinchalik, 1996 yilda bin Laden Saudiya Arabistoni degan ma'noni anglatuvchi "Ikki muqaddas masjidning erini egallab turgan amerikaliklarga qarshi jihod deklaratsiyasi" ni imzoladi va e'lon qildi.
Lawrence Raytning so'nggi kitobi "The Towering Alley: Al-Qoida" va "11 sentyabrgacha bo'lgan yo'l", bu davrni jihodiy e'tiqodning shakllantiruvchi davri deb hisoblaydi4:
"Afg'on kurashining afsuni ostida, ko'p radikal islomchilar, jihodlarning hech qachon bitmagani haqida o'ylashdi, ular uchun Sovet bosqinchiligiga qarshi urush abadiy urushda faqat ziddiyat edi, ular o'zlarini jihod deb atashdi, diniy tushunchalar.
Kim urush qilsa
So'nggi yillarda "jihod" so'zlari diniy ekstremizmning bir ko'rinishi bo'lgan ko'plab aqlga aylandi va bu ko'plab qo'rquv va shubhalarni keltirib chiqaradi.Ko'pincha "muqaddas urush" degan ma'noni anglatadi va ayniqsa, islom ekstremistik guruhlarining boshqalarga qarshi harakatlarini namoyish qilish. Shunday bo'lsa-da, jihodning hozirgi zamonaviy ta'rifi so'zning lingvistik ma'nosiga ziddir va ko'pchilik musulmonlarning e'tiqodiga ziddir.
"Jihod" so'zi arabcha "JHD" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "harakat" ma'nosini anglatadi. Jihodis, aynan shu ma'noda "harakat qilayotganlar" deb tarjima qilinadi. Ushbu ildizdan olingan boshqa so'zlar "harakat", "mehnat" va "charchoq" ni o'z ichiga oladi. Shunday qilib, jihodlar zulm va ta'qiblarga qaramasdan dinni tatbiq etishga urinuvchilardir. Yomonlikni o'z yuraklarida yoki diktatorga qarshi turish uchun harakat qilish mumkin. Harbiy harakatlar variant sifatida kiritilgan bo'lsa-da, ammo musulmonlar buni so'nggi chora deb hisoblashadi va hech qanday tarzda "islomni qilich bilan tarqatish" degani emas.
Musulmonlarni beshta asosiy farzdan tashqari, yana bir farz – jihod (g‘azovot)ni tashviq qiladilar. Qur’onda buhaqda birmuncha aniq ma’lumot berilgan. Yilda sakkiz oy (to‘rt oy qon to‘kish taqiqlangan oylar hisoblanadi) yomonlikka, dushman kuchlariga qarshi yoki dinni kuch yordamida yoyish (bu masalada musulmonlarning qarashlari bir-biridan keskin farq qiladi) uchun kurashish muqaddas ish deb baholanadi. Muhammad payg‘ambar o‘gitlariga ko‘ra, «ulug‘ jihod» bu musulmonning e’tiqodi va gunohlariga tavba-tazarru qilish ehtiyoji
o‘rtasidagi ma’naviy kurash bo‘lsa, «qurolli kurash» din yo‘lidagi odatiy
harakatdir. Islom aqidalariga ko‘ra, muqaddas jihodda ishtirok etish, hatto halok
bo‘lish kishini gunohlardan forig‘ qiladi va shahidning jannatdan o‘rin
olishida buning ahamiyati katta hisoblanadi. Aytish joizki, jihod tarzida
nafaqat bosqinchilik urushlari, balki milliy ozodlik kurashlari ham olib
boriladi (masalan, XX asrda bu shior ostida qator milliy-ozodlik kurashlari
bo‘lib o‘tgan)5.
Jihodga targ‘ib qiluvchilar toifasi o‘zlarining g‘arazli “jihod”lariga musulmonlarni yo‘naltirish maqsadida ularni, ayniqsa, yosh avlodni ilm o‘rganish farzidan chalg‘itib, omilikni, bilim-saviyani oshirmaslikni targ‘ib qilib, ilm o‘rganishni qoralaydilar. “Takfir va hijrat jamoasi” deb atalgan jihodchi oqim vakillarining eng asosiy g‘oyalaridan biri ham shu. Ular diniy va dunyoviy ilmlarni birga jamlab bo‘lmaydi, deb safsata to‘qiydilar. Aslida, o‘zlari na dunyoviy va na diniy bilimlarni mukammal olmagan bo‘ladilar. Faqat diniy bilimini oshirayotgan tolibi ilmlarni ham qoralayveradilar. Ular omilikni, bilimsizlikni, ilmiy saviyani oshirmaslikni targ‘ib qilishlarining sababi yoshlarni ilmdan chalg‘itib, jihodga chaqirishdir, jangu jadalga undashdir. Dunyoviy ilmlarni qoralashlari, taraqqiyotni yomonlashlarining sababi esa jihod orqasidan ozod va obod vatanlarni, o‘lka va diyorlarni xarobazorga, vayronaga aylantirishlarini oqlash uchundir. Holbuki, shu yerda olim sahobalardan bo‘lmish Abu-d-Dardo raziyallohu anhuning mana bu gapini hech qachon unutmasak, anavi ilmsizlarning holini juda yaxshi bilib olgan bo‘lamiz:
من رأى الغدوّ و الرواح الى العلم ليس بجهاد فقد نقص عقله و رأيه
“Kimki erta-yu kech ilmga borib kelishni jihod emas, deb bilsa, haqiqatdan ham uning aqli va fikri noqis ekan!” (Ibn Abdulbarr. Jome’ bayon al-ilm va fazlihi. – B. 1/129).
Ana endi, ilmni va o‘qishni ham tashlab o‘zlaricha jihod qilaman, deb musulmonlarni o‘ldirib, obod o‘lkalarni vayron qilishga ketganlarning va mana shunga odamlarni jalb qilayotganlarning aqllarida nuqson, fikru xayollarida fasod borligini bilib olavering!!!
Ularning birinchi keltiradigan da’volari: “Sahobai kiromlar dunyo uchun ilm olmaganlar, zaminni obod qilish uchun, shaharlar qurish uchun ilm o‘rganmaganlar”, deyishlaridir. Ularning fikricha, dunyoviy ilm-fan kofirlarning ilmi emish. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham xurmoni changlatishni bilmaganlarini aytganlar, “Biz omi xalqmiz, hisob-kitobni ham, yozishni ham bilmaymiz!”, deganlar, deb turib, dunyoviy bilimlarni hosil qilishdan, dunyoviy fanlarni o‘rganishdan, universitet va institutlarda yoshlarni o‘qishdan man qiladilar. “Biz butun vaqtimiz va sa’y-harakatimizni Qur’onni va hadislarni o‘rganishga qaratishimiz lozim!”, deydilar. Holbuki, aytganimizdek, undaylar faqat diniy bilimini oshirayotgan tolibi ilmlarni ham xush ko‘rmaydilar. Undaylarning fikricha, omilikni yo‘qotish yahudiylikning fikri bo‘lib, odamlarni kufr ilmlari yordamida islomiy ilmlardan to‘sish emish. Ularning bu fikrlari safsata va botil ekaniga shak-shubha yo‘q!
Sahobalarga nisbatan ularning barchasi omi bo‘lgan, dunyoqarashlari tor bo‘lgan deyish ularni kamsitishdan boshqa narsa emas! Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xurmo daraxtlarini changlatishlarini bilmaganlari boshqa sahobalarning barchasi dehqonchilik, mirishkorlik ilmini bilmagan, degan gapni aslo keltirib chiqarmasligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Qur’oni karimda sahobalarning ummiy – omi deb nomlanishi mutlaqo bizning hozirgi tushunchamizdagi omilik emasligini bilib qo‘yishimiz kerak. Qur’onda sahobalar to‘g‘risida bunday deyilgan:
هو الذى بعث فى الأمّيّين رسولا منهم يتلو عليهم آياته و يزكيهم و يعلّمهم الكتاب و الحكمة و إن كانوا من قبل لفى ضلال مبين
“U (Alloh) omilar (savodsiz kishilar) orasiga o‘zlaridan bo‘lgan, ularga (Uning) oyatlarini tilovat qiladigan, ularni (shirk va jaholatdan) poklaydigan hamda ularga Kitob (Qur’on) va Hikmat (Hadis)ni o‘rgatadigan (bir) payg‘ambarni (Muhammadni) yuborgan zotdir. Haqiqatan, (ular payg‘ambar kelishidan) ilgari aniq zalolatda edilar” (Jum’a, 2).
Jami mufassirlar mazkur oyatdagi omilar va savodsiz kishilardan murod bizning tushunchamizdagi bilimsiz, ilmsiz kishilarni emas, balki ahli kitobga nisbatan ilohiy kitobi bo‘lmagan, oldin payg‘ambari yo‘q, ilohiy kitobi yo‘q odamlar
nazarda tutilganini qayd qilganlar. Jumladan, mufassirlar sultoni sahoba Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deganlar:
الأمييون أى العرب كلهم من كتب منهم و من لم يكتب لأنهم لم يكونوا أهل كتاب
“Omilar, ya’ni yozishni biladigan va bilmaydigan barcha arablardir. Chunki, ular ahli kitob emas edilar!” (“Tafsiri Qurtubiy”,18/91).
Qur’oni karimning boshqa bir oyatida ahli kitob aynan ana shu omiylarga muqobil qo‘yiladi:
و قل للذين أوتوا الكتاب و الأميين أأسلمتم فإن أسلموا فقد اهتدوا و إن تولوا فإنما عليك البلاغ و الله بصير بالعباد
“So‘ngra, ahli kitoblar va (kitob berilmagan) savodsiz (mushrik arab)lardan: «Islomga kirdingizmi?» – deb so‘rang. Agar Islomga kirsalar, demak, to‘g‘ri yo‘lni topibdilar. Agar bosh tortsalar, bas, Sizning burchingiz, faqat (ularga mening amrlarimni) yetkazib qo‘yishdir. Alloh bandalarni ko‘rib (kuzatib) turuvchi zotdir” (Oli Imron, 20).
Bu oyatda ahli kitoblardan boshqani “omi-savodsiz” deyilayotgan ekan, demak, arablarning omi-savodsiz deyilishidan maqsad Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Qur’on nozil qilunguncha ularga birorta ilohiy kitob tushurilmagani nazarga olingan ekan.
Ular Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ummiy – omi bo‘lgan deyishdan charchamaydilar. Holbuki, ul zoti sharif avvalinu oxiriyn barcha ilmlar sohibidirlar, ul zoti mukarram jami bilimdonlardan olimroqdirlar! Zotan, e’tiqodiy kitoblarda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bilimlari haqida bunday satrlar mavjud:
نقول باللسان و نعتقد بالجنان انّ سيدنا رسول الله صلى الله عليه و سلم اعلم الخلق قاطبة بالعلوم المتعلقة بالذات و الصفات و التشريعات من الاحكام العملية و الحكم النظرية و الحقائق الحقة و الاسرار الخفية و غيرها من العلوم ما لم يصل الى سرادقات سلعته احد من الخلائق لا ملك مقرب و لا نبى مرسل و لقد اعطى علم الاولين و الآخرين و كان فضل الله عليه عظيما … انّ النبى عليه السلام اعلم الخلق على الاطلاق بالعلوم و الحكم و الاسرار و غيرها من ملكوت الآفاق و نتيقن ان من قال ان فلانا اعلم من النبى عليه السلام فقد كفر …
“Biz til bilan aytamiz va qalb bilan e’tiqod qilamizki, sayyidimiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam zotga va sifatga bog‘liq ilmlarga, amaliy hukmlardan iborat shariatga, nazariy hikmatlarga, haq haqiqatlarga, maxfiy sirlarga va ilmlardan boshqasiga, shak-shubhasiz, yaralmishlarning eng a’lami – olimrog‘idirlar! Xaloyiqdan hech kim, hatto muqarrab farishtalar ham, mursal payg‘ambarlar ham ul zotning ilm qo‘rg‘onlari ichiga yeta olmagan. Darhaqiqat, unga avvalgilar-u oxirgilarning ilmi ato qilingan. Alloh taoloning unga nisbatan fazli buyukdir!
Payg‘ambar alayhissalom ilmlar, hikmatlar, sir-asrorlar va bundan boshqa narsalarda butun olamdagilardan – mutlaqo yaralmishlardan olimroqdir! Biz ishonch bilan ayta olamizki, kimki Payg‘ambar alayhissalomdan falonchi olimroq – bilimdonroq, desa kofir bo‘ladi6” (Aqoidu ulamoi Devband. – Karochi: Dor al-ishoat, 1976. – B. 237-238 va 239).
Ushbu aqida ahli sunnat va jamoat vakillarining hammasining bi-l-ittifoq aqidasi hisoblanadi. Ahli sunnat va jamoatdan og‘ishgan toifalargina ushbu aqidadan boshqacharoq “falsafa” to‘qishlari mumkin. U holda, jihodchilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ummiy bo‘lgan deyishlarini qayerdan oldilar? Mana bu oyati karimaning zohiriy ma’nosidan olganlar va buni odamlarni adashtirish, hammani o‘zlaridek johil – bilimsiz qilish maqsadida ishlatadilar. Holbuki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ummiyligi qalbidan o‘qishni va ilmni bilmasligi emas, balki zohiriy jihatdan o‘qish va yozishni bilmasligi edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qalblari, ong-shuuri, zehn-xotirasi, butun borlig‘i ilm bilan limmo-lim edi:
فآمنوا بالله و رسوله النبىّ الأمّىّ الذى يؤمن بالله و كلماته و اتبعوه لعلّكم تهتدون
“Bas, Allohga va Uning rasuliga imon keltiringiz! U (rasul) Allohga va Uning kalimalari (ilohiy kitoblari)ga ishonadigan savodsiz payg‘ambardir. Unga ergashingiz, toki hidoyat topgaysiz!” (A’rof, 158).
Yuqorida keltirilgan “A’rof surasi”ning 158 oyatidan oldingi 157-oyatda ham Payg‘ambarimiz alayhissalom “ummiy” sifati bilan tavsiflangan. Ushbu tavsiflanishni mufassirlar boshqacha ta’riflaydilar. YA’ni, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vahiy nozil bo‘lguncha biror kimsadan o‘qish-yozishni o‘rganmagan edi, biroq, Alloh taolo o‘zining fazli-marhamati ila unga bitmas-tuganmas ilmu irfon ato qildi. Aynan ana shu jihati Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning eng katta fazilati, eng ulug‘ mo‘jizasidir. YA’ni, zohirda o‘qish-yozishni bilmasalar ham, eng-eng buyuk maqsadga erisha oldilar. Alloh taolo u zotga kitob vositasiz mo‘jiza o‘laroq ilm ato qildi. Shuning uchun ham, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh ushbu oyat tahtida: “Payg‘ambar yer yuzidagi ustozlardan ta’lim olmagan “ummiy” bo‘lsa, hech kimdan yozishni ham, o‘qishni ham o‘rganmagan, balki dunyoga kelganidan so‘ng bevosita Allohning O‘zidangina ta’lim olgan bo‘lsa, bu nechuk ulug‘ saodat!” deb yozgan edilar7 (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. 2-juz. – T.: Sharq, 2012. – B. 406).
Tavrot va Injilda Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamni ota-onadan tug‘ilgandek hech kimda o‘qimagan va o‘qish-yozishni bilmaydigan zot sifatida “ummiy nabiy” deb ta’riflangan edi. O‘sha davrdagi yahudiylar ham, nasroniylar ham buni aytib yurardilar. Shuning uchun o‘sha kimsa bizning payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallam ekanligini bildirib o‘tish maqsadida yuqoridagi oyati karimalar nozil qilingan edi. Chunki, Qur’oni karim oyatlari nozil qilingunga qadar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam birorta ustoz oldida o‘qish-yozishni o‘rganmagan edilar. Bu “Qur’onni Payg‘ambarning o‘zi yozgan, falon kitobdan ko‘chirib olgan, falonchidan o‘rgangan”, degan tuhmatlarning puch va botil ekanligini anglatib turadi. Bundan Alloh taoloning o‘zi xabar bergan:
و ما كنت تتلو من قبله من كتاب و لا تخطّه بيمينك اذا لارتاب المبطلون بل هو آيات بيّنات فى صدور الذين اوتوا العلم و ما يجحد بآياتنا الا الظالمون
“Siz ilgari biror kitobni tilovat qiluvchi (o‘quvchi) emas edingiz va qo‘lingiz bilan xat ham yozgan emas edingiz. Aks holda, buzg‘unchilar, albatta, shubhaga tushgan bo‘lur edilar. Yo‘q, u (Qur’on) ilm berilgan zotlarning dillaridagi aniq oyatlardir. Bizning oyatlarimizni faqat zolimlargina inkor qilurlar” (Ankabut, 48-49).
Mazkur oyatda buzg‘unchilar: “Muhammad Qur’onni o‘zi to‘qib yozayotir”, deb shubha bildirmasliklari uchun Alloh o‘z Rasuliga o‘qish-yozishni bilmaydigan vaqtida payg‘ambar qilib, vahiy yuborganini bildirmoqda. Qur’on esa ilm berilgan kimsalar uchun aniq-ravshan oyatlar ekani, bu oyatlarning asl mazmunlarini zolimlar inkor qilishini ham bildirilmoqda. Ha, zolimlargina Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni omi-ummiy bo‘lgan deb, ilm o‘rganmasdan, Qur’onni asl ma’nolari va sof hukmlarini o‘rganmasdan urush-janjal qilib, zolimlik qilib yuraveradilar! Chunki, ummiylik Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o‘zlariga xos mo‘jiza va fazilat bo‘lib, u boshqalarga nisbatan ayb va nuqsondir. Zotan, Qur’oni karimda bu alohida ko‘rsatib o‘tilgan:
و منهم أمييون لا يعلمون الكتاب إلا أمانىّ و إن هم إلا يظنّون
“Ularning ichida yozuvni bilmaydigan, faqat xayolot bilan gumonsirabgina yuradigan omilari ham bor, albatta” (Baqara, 78).
Qiziq, ikkinchidan, ayrim mufassirlar ushbu oyatlardagi “ummiy” so‘zini Ummulquro (Shaharlar onasi) bo‘lgan Makkaga nisbat ham deydilar. Jumladan, “Bahr al-ulum as-Samarqandiy”, “Tafsir al-Olusiy”, “Jome’ al-ahkom al-Qurtubiy”, “Mafotih al-g‘ayb ar-Roziy” tafsirlarida ushbu ma’no ham zikr qilingan. YA’ni, “makkalik” degan ma’noni bildiradi, xuddi buxorolik, samarqandlik degan kabi. Shunday ekan, nimaga olamlarga rahmat bo‘lmish, ilm dinining payg‘ambari bo‘lmish Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamni omi-bilimsiz deydilar?! Qur’on nozil qilinar ekan, Alloh taolo Payg‘ambarimiz alayhissalomga O‘zi vahiy orqali butun ilmu irfonni, sir-asrorlarni, shariat ahkomlarini mukammal va mufassal o‘rgatdi. Payg‘ambar alayhissalom hech bir ishni, hech bir gapni vahiysiz qilgan emaslar, aytgan emaslar:
و ما ينطق عن الهوى، ان هو الا وحىٌ يوحى علمه شديد القوى
“(Yana u) xomxayoldan olib so‘zlayotgani ham yo‘q! U (Qur’on) faqat (Alloh tomonidan) nozil qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir. Unga mustahkam quvvatga ega bo‘lmish zot (Jabroil) ta’lim berdi” (Najm, 3-5).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam janobimizga hamma narsa alohida o‘rgatilgan edi. Alloh O‘z rasuliga Kitobni va hikmatni nozil qilganini aytgan, ya’ni, bu bilan O‘z rasulining bilmagan narsalarini Kitob va hikmat orqali bildirishini ko‘rsatib o‘tgan:
و أنزل الله عليك الكتاب و الحكمة و علّمك ما لم تكن تعلم و كان فضل الله عليك عظيما
“Alloh senga kitobni va hikmatni nozil qildi va bilmagan narsangni bildirdi. Senga Allohning fazli ulug‘ bo‘ldi” (Niso, 113).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga har bir gapi, har bir ishi vahiy orqali bildirib turilgan, o‘rgatib turilgan. Ilm o‘rganmasdan “jihod” qilayotganlar, bilimsizlikni targ‘ib qilib, o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga odamlarni jalb qilayotganlarga vahiy kelib turadimi?! Ular aytganidek, agar Rasululloh alayhissalom omi-bilimsiz bo‘lgan bo‘lsalar ham, lekin unga vahiy orqali to‘g‘ri yo‘l tushuntirib turilgan, bildirib turilgan, ul zot payg‘ambarlarning afzali, xoslarning eng xosi bo‘lgani bois Allohning o‘zi hidoyat qilgan: و وجدك ضالا فهدى – “Yana Sizni yo‘l yo‘qotgan holda topib, (to‘g‘ri yo‘lga) hidoyat qilib qo‘ymadimi?!” (Zuho, 7). Bular esa, omilik bilan, savodsizlik bilan qayerga boradilar, qaysi yo‘ldan yuradilar, ularga vahiy kelib turmaydi-ku?! Bas, vahiy kelmas ekan, eng avvalo ilm o‘rganib, ta’lim olishlari kerak emasmi?!
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: “Biz ummiy ummatmiz, hisob-kitob qilmaymiz!”, deganlari arablar odatini nazarda tutilgan. O‘sha paytda arablar oyni ko‘rishda, oy hisob-kitobini ilmi nujum va astronomik hisob-kitoblarga emas, aynan oyninng o‘zining chiqishi va botishiga qarab hisob yuritishar edi. Holbuki, bu paytda sahobai kiromlar yozuvda johil emas edilar. Balki, sahobai kiromlar orasida vahiyni muntazam yozib boruvchi kotiblar, bitimlar va vasiqalarni yozib boruvchi munshiylar, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning maktublarini yozadigan va kelgan maktublarga javob yozadigan xattotlar mavjud edi. Joylardagi va viloyatlardagi omillarga, voliylarga, xizmatchilarga ko‘rsatmalarni peshma-pesh jo‘natib turganlar.Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Zayd ibn Sobit raziyallohu anhuga yahudiylar tilini o‘rganishga buyurganlarini ko‘pchilik eshitgan. U zot esa o‘n besh kunda yahudiychani o‘rganib olgan. Badr jangida musulmonlarning bolalariga o‘qish-yozishni o‘rgatgan asirlar ozod qilingan. Bu insoniyat tarixidagi ma’rifatga bo‘lgan eng ulug‘ e’tibor ekaniga shak-shubha bo‘lmasa kerak. Biroq, “Takfir va hijrat jamoati” vakillari tomonidan, ayniqsa, ularning muassisi Shukriy Mustafoning “Xilofat” asarida shar’iy va diniy ilmlarni dunyoviy va moddiy ilmlar bilan muvofiqlashtirish mumkin emas, deb aytiladi. Ular dunyoviy ilmlarni tahsil qilishni isrof deb biladilar. Natijada, shaharlarni obod qilishni, vatanni taraqqiyotga chiqarishni bo‘lmag‘ur ish deb ko‘rsatadilar. Holbuki, ularning bugungi kundagi rahnamolari dunyoning eng obod joylarida, eng qulay joylarda yashaydilar-da, o‘zlariga ergashganlarni tog‘-u toshlardan iborat lagerlariga chorlab, vatanlarni vayronaga aylantirishga chaqiraveradilar. Dunyoning yaltir-yultirlari, obod shaharlari Allohga ibodat qilishga, namoz o‘qib, ro‘za tutishga, duo-yu zikrlarga, hajga, tilovatga, va ayniqsa, ular fikricha jihodga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ularning navbatdagi bir bo‘lmag‘ur va puch xayollari, uyatsiz va hayosizligi oqibatida aytilgan gapdir. Zotan, bugun dunyoning eng obod va ozod yurtlarida yashab, ibodatlarni eng a’lo darajada ado qilib kelayotgan ixlosli mo‘min-musulmonlar juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Dunyoning eng ulug‘ ulamolari ana shunday obod yurtlarda istiqomat qilib kelmoqdalar Anavi ahmoqlarning gaplariga amal qiluvchilar haqida Qur’onda aytilganidek bunday deyilsa ajab emas: “Sizlar o‘z huzur-halovatlaringizni dunyodagi hayotingizdayoq ketkazdingiz va ulardan foydalanib bo‘ldingiz. Endi, bugun u yerda nohaq kibr qilganingiz va fosiq bo‘lganingiz sababli, xorlik azobi bilan jazolanursiz” (Ahqof, 20).
Demak, yuqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam “ummiy” bo‘lgan deb, ilm o‘rganmasdan yurish aslo mumkin emas. Zotan, islom dini ilm dinidir! Hamma holatlarda, barcha zamonlarda, jumlai jahon ulamolari ilmga targ‘ib qilganlar, dinimiz manbalarida bilimsiz bo‘lib yurishga mutlaqo uzr yo‘qligi aytilgan. Ilm o‘rganmasdan, o‘qishni tashlab, jihodga ketib qolishga hech kimning haqqi yo‘q! Zotan, Qur’oni karimda ham ahli ilmlarning jihodga bormasliklari aytib o‘tilgan:
و ما كان المؤمنون لينفروا كافّة فلو لا نفر من كلّ فرقة منهم طائفة ليتفقّهوا فى الدين و لينذروا قومهم اذا رجعوا اليهم لعلّهم يحذرون
“Mo‘minlar yoppasiga (jangga) chiqishlari shart emas. Ularning har bir guruhidan bir toifa chiqmaydimi? (Qolganlari) dinni o‘rganib, qavmlari ularga (jangdan) qaytib kelgach, (gunohdan) saqlanishlari uchun ularni ogohlantirmaydilarmi?” (Tavba, 122).
Bu oyatning hukmi hech qachon mansux (bekor) qilingan emas! Ushbu oyati karima nozil bo‘lishidan oldin “Jihod!” deb hamma jangga otlanavergan. Ushbu oyati karima jihodga hamma chiqmasdan bir toifa (ozchilik) jangga chiqishi kerakligini bildiradi. Boshqalar esa din va dunyo uchun zarur ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib qolishlari, ayniqsa, dinni o‘rganib, oyatga ko‘ra faqih bo‘lib ilm bilan mashg‘ul bo‘lishlari kerakligi va lozimligi uqtirilmoqda. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mana shu oyat nozil bo‘lganidan so‘ng ilm ahlini janglardan ozod qilib olib qoladigan bo‘ldilar. Zotan, “jihodi akbar” (“katta jihod”) ana shu ilmu irfon ta’limidir. Sovuq qurol-yarog‘ ko‘tarib jang qilgandan ko‘ra qalam-daftarni qo‘lga olib ilm bayrog‘ini ko‘tarish ulug‘roqdir8 (Qarang: Abu-l-Barakot an-Nasafiy. Tafsiri Nasafiy. Madorik at-tanzil. 2-juz. – No‘mon Toshkandiy nashri, 1988. – B. 150).Bas, haqiqat shu ekan, Allohning oyatiga ko‘ra jihodu jangu jadallardan ko‘ra ilmu irfon afzal hisoblanar ekan, unda ilm o‘rganmasdan turib, hatto namozning farzlarini, namoz farzlari, vojiblari va sunnatlarining nechtaligini bilmasdan turib, imonning shartlarini birma-bir sanab berolmasdan turib, dinning asoslarini o‘rganmasdan turib jihodga otlanishga kimning haqqi bor?! O‘zlariga toliblar nomini qo‘yib olganlar, “jihod-jihod!” deb nimalar qilib yurishibdi, tolibi ilm bo‘lib, dinda faqih bo‘lmaydilarmi?! O‘quv dargohlarini tashlab, yolg‘on da’vatlarga ishonib, ilm o‘rganishni jangu jadallarga alishtirayotgan, o‘quv dargohlarini portlatib yuborayotgan bexabarlarga bu oyatni o‘qib berish kerak! Xo‘p, diniy ilm shart ekan, dinda faqih bo‘lmoq kerak ekan, hech bo‘lmasa, dunyoviy ilm o‘qib-o‘rganayotganlar jihodga chiqmoqlari lozim”, deb safsata to‘qiyotganlarga: “Hali siz qurol yasash u yoqda tursin, bitta miltiqning o‘qini ham yasay olmaysiz-ku! Qayerga shoshasiz?!”, deymiz. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: “Agar Chin-Mochinda bo‘lsa ham ilm talab qilinglar!”, degan bir necha yo‘llar bilan yetib kelgan hadisi shariflarini ayrim ulamolarimiz dunyoviy ilmlarni o‘rganishga targ‘ibdir, deb sharhlaganlar. Zotan, o‘sha vaqtlarda u joylarda faqat dunyoviy ilmlar bo‘lgan, xolos.
Xullas, jihodga targ‘ib qiluvchilar toifasi bizning buyuk bobomiz Abu-l-Barakot an-Nasafiy rahimahullohning aytgan haqqoniy “jihodi akbar” (“katta jihod”)ni qo‘yib, o‘zlarining g‘arazli “jihod”lariga, shubhali ishlariga qiziqib yuribdilarmi?!
Ogoh bo‘lmoq kerak! Ilm olmoq jihod qilmoqdan afzaldir!
Do'stlaringiz bilan baham: |