Islom qadriyatlari



Download 52,38 Kb.
bet11/19
Sana11.07.2022
Hajmi52,38 Kb.
#773906
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
14 мавзу ISLOM QADRIYATLARI. (1)

3. Shomonlik yoxud sehrgarlik («shomon» so’zining tungus tilidagi ma’nosi «sehrgarlik»). Sehrgarlik (afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual - urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo’lib, u orqali kishilar o’z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog’lanishni amalga oshirib kelganlar. U qadim o’tmishda paydo bo’lib, minglab yillar davomida rivojlanishda davom etib, saqlanib kelgan. Odatda afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus odamlar - shamanlar, afsungarlar shug’ullanganlar. Ular orasida ayniqsa uzoq o’tmishda ayollar ko’p o’rinni egallaganlar. Bu shamanlar va afsungarlar jazavali va asabiy kishilar bo’lib, odamlar ularni ruhlar bilan muloqotda bo’lish, ularga jamoaning umid va niyatlarini yetkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga chuqur ishonganlar. Shamanlar, odatda, ma’lum ritual harakatlar orqali ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo’li bilan nog’oralar va qo’ng’iroqlar ovozlari ostida o’zlarini jazavaga solib, o’zini yo’qotish, jazavaning yuqori nuqtasiga yetkazish bilan afsungarlik qilishgan. Tomoshabinlar ham ba’zan o’zini yo’qotish darajasiga yetib marosimlar ishtirokchilari bo’lib qolishar edi.
Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa bo’lib amalga oshirilishi mumkin edi. Afsungarlik maqsadga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: 1) Zarar keltiruvchi - yovuz afsungarlik. Uning maqsadi kimgadir zarar yetkazishdan iborat; 2) Harbiy afsungarlik. Bu dushmanga qarshi ishlatiladi (masalan, qurol-aslahalarni sehrlash); 3) Sevgi afsungarligi. Undan «issiq» yoki «sovuq» qilish maqsadida ishlatiladi. 4) Tibbiy afsungarlik. Undan davolash maqsadida foydalanish. 5) Ob-havo afsungarligi. Bu sehrgarlik turidan yomg’ir chaqirish yoki shunga o’xshash ob-havoni o’zgartirish maqsadida foydalanilgan.
Sehrgarlik hozirda ham zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan.
4. Fetishizm (fetish so’zi fransuzcha fetiche – but, sanam; tumor ma’nosidagi so’zni anglatadi). Uning mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig’inishdir. Unga ko’ra alohida buyumlar kishining o’z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarning o’zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy ham salbiy ta’sir etish kuchiga ega.
Fetishizm yog’och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar paydo bo’lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rdilar.
MAGIYA (yunon. mageia – sehrgarlik) ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o‘ziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatish mumkinligiga bo‘lgan ishonch yotadi.
Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi diniy e’tiqodlar negizini tashkil etdi va politeizm (ko‘pxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada o‘z aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir. Taxminan 10 ming yil muqaddam, inson chorvachilik va ziroatchilik bilan shug‘ullanib, o‘troq hayot kechirishga o‘tgach, neoletik inqilob yuz berdi. Jamiyat rivojlanishining ayni shu bosqichida politeizm yuzaga keldi, Chunki mehnatning ijtimoiy taqsimoti, hukmronlikka bo‘ysunish ruhlar va sanamlarga bo‘lgan ishonchga emas, balki xudolarga bo‘lgan e’tiqodga ko‘proq mos kela boshladi. Keyingi davrlarda davlatchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi, qadimgi buyuk madaniyatlarning paydo bo‘lishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi, monarxiyalar tashkil topishi va shundan kelib chiqadigan yakkaboshchilikning yuzaga kelishi natijasida diniy dunyoqarashda ham bir xudoga sig‘inish tendensiyasi paydo bo‘ldi. Odamlar ko‘p sonli xudolar orasida kuch-qudratda yagona bir xudoni farqlab, shu tariqa dunyoviy podsho hukm suruvchi real hayot haqidagi o‘z tasavvurlarini yagona va qudratli xudo yashaydigan narigi dunyo bilan go‘yoki muvofiq holatga keltirdilar.
Shu tariqa monoteistik dinlar (yunon. mono – bir va theos – xudo): iudaizm (mil. av. VII asr), buddizm (mil. av. VI-V asrlar), xristianlik (I asr) va islom (VII asr) vujudga keldi. Xullas har bir din ma’lum falsafaga asoslanadi. Haq dinning asosi to‘g‘ri (analitik) falsafadir, haq bo‘lmagan dinning asosi esa yolg‘on falsafadir, yoki yolg‘on muhokamalar ustiga qurilgan qarashlardir2.
Milliy din” tushunchasi, uning mohiyati.
Diniy ong va uning shakllanish xususiyatlari. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, «ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe’l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir ko’rsatdi. U ibtidoiy bo’lsa ham aqlli, fikr yurituvchi, ma’lum tahlilga qobiliyatli, konkret holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo’lgan odam edi. Bunday tahlil nimaga asoslangan?

Download 52,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish