ISLOM QADRIYATLARI.
Islom huquqi o’z zaminida normativ tizim sifatida VII-X asrlarda arab xalifaligida feodal jamiyat qaror topayotgan bir davrda shakllangan bo‘lib, islom diniga asoslangandir. Islom mavjud huquq Alloh tomonidan yuborilganligiga asoslanadi. Sarvari koinot tarixning muayyan bir davrida bashariyatga o'zining rasuli - Muhammad payg‘am bar (taxminan 570 - 632-yillar) orqali islom ta ’limotini ayon etdi. Alloh tomonidan in’om etilgan huquq insoniyatga bir yo‘la va abadul-abad berilgan. Shu bois, jamiyat bu huquqqa amal qilmog'i lozim. Islom huquqi nazariyasi ilohiy kashfiyot tushuntirish va sharhlashga muhtoj ekanligini e’tiro fetadi. Islom huquqshunoslarining necha asrlik sermashaqqat ishlari aynan ana shunga,ya’ni, tushuntirishva sharhlashga ketgan. Biroq, ularning bu sa’y-harakatlari yangi huquq yaratishga emas, balki, Alloh tomonidan nozil bo‘lgan huquqni faqatgina amaliy jihatdan foydalanish uchun moslashtirishga qaratilgan, xolos.
Islom huquqida Rimning keyingi davriga oid bo'lgan huquqdagi, qolaversa, G‘arb huquqiga xos bo'lgan qonun tushunchasi yo‘q. Nazariy jihatdan yolg‘iz Alloh qonunchilik hokimiyatiga ega. Amalda esa, huquqshunos olimlaming asarlari Islom huquqining birdan-bir manbaidir.
Islom huquqi mutaxassislar tomonidan yaratilgan va rivojlantirilgan. Davlat emas, balki, fiqh - huquq ilmi qonun chiqaruvchilik rolini o‘ynaydi1. Huquq muayyan normalaming majmui sifatida islom amal qila boshlagan dastlabki ikki asr mobaynida shakllandi. Keyingi asrlar amalda bu borada hech bir yangilik kiritmagan. Ana shu turg‘unlikni ijtihod eshiklarining yopilishi bilan bog‘laydilar. XIX asrga qadar Islom huquqiy ongining tadrijiy rivoji diniy- huquqiy sharhlar hamda fatvolar majmuida o‘z ifodasini topgan. Bu sharh va fatvolar esa, shariatning an ’anaviy qoidalari va tamoyillarini yangicha tarzda talqin etar ekan, hech qachon ularni ochiqdan-ochiq rad etmagan va ularning odatiy jarangini o’zgartirmagan.
Islomda ham nasroniylikdagi kabi ruh abadiyligi g‘oyasiga e’tiqod qilinadi. Unda bani bashar Odam Atoning teng huquqli farzandlari sifatida qaraladi. Musulmonlar o‘z qavmlaridagi kofirlarga, bedinlarga hamisha sabr-murosa bilan munosabatda bo’lish, bag‘rikenglik fazilatini namoyon etib kelganlar. Nomusulmon jam oalarga, odatda, o’z ichki ishlarini boshqarish huquqi berilgan. Arablarning islomgacha bo‘lgan urf-odatlari va udumlariga nisbatan islomda qashshoqlar, yetim-yesirlar va ayollarga munosabatda anchagina ilg‘or tamoyillar k o’zga tashlanadi. Garchi, quldorlik saqlanib qolgan bo'lsada, qullarga huquqlar berilgan, ular, xususan, ishlab topgan m ablag'lari asosida haq to’lab, ozod bo'lish huquqini olganlar. Majburiy tusda bo’lmasa ham, harqalay qullaming ozod qilinishi din sharofati bilan sodir bo‘ladigan harakat sifatida qo‘llab-quw atlab kelingan. Ilgari keng tarqalgan qiz bolalami go’dakligidayoq nobud etish, yo‘q qilishdek vahshiy odat taqiqlangan. Qotillik uchun shaxsiy o’ch olganlik yoki boshqa jinoiy qilmishlar yuzasidan javobgarlik kuchaytirilgan. Odil sudlov din peshvolari tomonidan Q ur’on oyatlariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilgan. M uqaddas kitob - Qur’onda er-xotin ajralishi to‘g’risidagi normalar, nikoh bekor bo'lishi oqibatida bolalarga nisbatan keltirib chiqadigan qoidalar ham qamrab olingan.
Shu sababli, E.Mayer ta’kidlab aytganidek, “Islom tafakkur olami inson huquqlarining rivojlangan nazariyasiga ega bo'lm aganligi fakti musulmon dunyosining an ’anaviy jam iyatlarida davlat repressiv namunada tuzilganligini anglatmaydi; aksincha, tarixan bunday jam iyatlarda ijtimoiy va madaniy masalalarga hukmdorlaming aralashmasligidek umumiy namuna mavjud bo'lgan. O 'tm ishda qaror topgan an’analar, urug'-aym oq vajam oalar singari nohukumat institutlari shaxs erkinligiga ta’sir etuvchi omillar sifatida hukmdorlarga nisbatan muhimroq rol o'ynagan. Davlat bilan shaxs huquqlari o'rtasida muttasil nizo va mojarolar keltirib chiqaradigan yoki islom mutafakkirlarini bunday erkinliklami hukmdorlar egallab olishidan himoya etish bilan, inson huquqlarining hozirgi normalari rivoji zamirida yotgan tashvish-anduhlar bilan bog'liq masalalar ustida ish olib borishga undaydigan shart-sharoitlaming o 'zi yo'q edi.
Islomning bu muqaddas manbalarida insonning taqdiri va hayoti Alloh nomi bilan bog‘liq holda ifodalab beriladi. Bunda yer yuzidagi barcha insonlaming Alloh oldidagi tengligi g'oyasi, har bir insonga Alloh tomonidan berilgan ne’matlardan ularning baravar foydalanishi zamrligi g‘oyasi bilan chambarchas bog‘lanib ketganini ko'ramiz.
Qur’oni Karim va Hadisi Shariflarda insonning Alloh va shariatdagi haq-huquqlari inson foydalanishi zarur bo‘lgan alohida huquqlar misolida ko‘rsatib berilgan. Masalan, Q ur’oni Karimning “Baqara surasi”dagi 220-oyatda yetimlaming haqlari to’g’risida, 223, 228-229, 230-oyatlarida erkak va ayolning nikohga kirishi yoki nikohdan chiqish huquqi, “Oli imron surasi”ning 20-oyatida islom diniga e ’tiqod qilish huquqi va insonning boshqa huquqlari shariat talablari asosida bayon qilingan. 256-oyatda islom dinining adolatliligi quyidagicha bayon etiladi: “Dinda zo‘rlash yo‘q, zero, to‘g’ri yo‘l yanglish y o’ldan ajrim bo‘ldi. Bas, kim shayton (yoxud butlar) ni inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u mustahkam halqani ushlabdi.
Inson huquqlarini shariat talablari asosida ko‘rsatib berishga doir bunday yondashish hadislarda ham o’zining aniq ifodasini topgan. Har bir hadisda jam iyat hayotining alohida bir masalasiga doir talablar ilgari surilganligi uchun ham, ularda insonning xilma-xil haq-huquqlari ularning alohida huquqlari misolida bayon qilib beriladi. Masalan, Imom Buxoriyning “Al-adab, al-mufirad” (Adab durdonalari) asarida ota-ona haqini ado qilish, farzandning ota-onasi oldidagi va ota-onaning farzandi oldidagi haq-huquqlari, ziyorat qilish, turar joyga ega bo'lish va boshqa shular singari haq-huquqlaming har biri alohida hadislarda berilganki, bunday holni hadislar to'g'risida yozilgan har bir asarda uchratish mumkin.
Turli masalalardagi singari inson huquqlari masalasiga doir hadislarda ham inson huquqlari masalasi uning haq-huquqlari misolida beriladi. Bunda insonning kimningdir oldidagi haqi (Allohning, uning rasuli Muhammad Payg'am bam m g yoki jam iyatning) uning huquqi ekanligini ham anglatadi.
Masalan, bordi-yu, bir kishi ikkinchi bir kishidan biror narsa bilan qarzdor bo'lib qolgan bo'lsa, bu qarzni qaytarib olish shariatda ikkinchi kishining huquqi hisoblanadi va shu ikkinchi kishi o'zining qarzini qaytarib olish huquqidan foydalanishi mumkin bo'ladi. Qarz olgan kishining uni qaytarib berishi esa, uning huquqi hisoblanmaydi. Shunga ko'ra, islomda va uning manbalarida insonning huquqlari uning haqi misolida berilganligini ko’ramiz. Jumladan, Imom Buxoriy farzandlar ota-onalarini rozi qilish huquqiga ega ekanligini quyidagi bir hadisda shunday bayon qiladi: “Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo (jannat) nasib bo’lib, Alloh Taolo uning umrini ham ziyoda qiladi”. Bunda farzandning ota-onasini rozi qilishi kerakligi Alloh nomi bilan har bir insonning u foydalanishi mumkin bo‘lgan huquqi ekanligi nazarda tutilgan.
Islomda Alloh taolo har bir m o'm inning haq-huquqini kamsitmaslik va uni oshirib ham yubormaslikni buyurishi haqida muhim ma’lumotlar beriladi. Ulamolaming ta’biriga qaraganda, islomda insonning haq-huquqlari o'nta bo'lib, ular:
1. Alloh taoloning haq-huquqlari;
2. Payg'am bar alayhissalomning haq-huquqlari;
3. Ota-onaning haq-huquqlari;
4. Farzandlaming ota-onalardagi haq-huquqlari;
5. Qarindosh-urug'laming haq-huquqlari;
6. Er-xotinning haq-huquqlari;
7. Hokimiyat va raiyatning haq-huquqlari;
8. Q o'shnining haq-huquqlari;
9. Musulmonlaming haq-huquqlari;
10. G 'ayridin xalqlaming haq-huquqlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |