Nikohning qonuniy va diniy jihatlari



Download 384,95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2022
Hajmi384,95 Kb.
#684300
Bog'liq
Nikohning qonuniy va diniy jihatlari



Nikohning qonuniy va diniy jihatlari 


Nikohni odamlar orasidagi eng muqaddas robita qilgan Alloh 
taoloning O‘z zotiga munosib hamdu sanolar bo‘lsin! 
Nikoh 
– mening sunnatimdir, kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, 
mendan emas, degan Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi 
vasallamga salovotu durudlar bo‘lsin! 
Nikoh masalasi har bir kishi, oila, jamiyat va davlat, butun insoniyat 
uchun muhim ekanini xamma biladi. 
Chunki bu amaliy hayotda o‘ta 
muhim bo‘lib, halol va haromga, oila tashkil qilishga, kelajak avlod - 
farzandlarimizning dunyoga kelishiga va uning tarbiyasiga bog‘liq 
masaladir. Shuningdek, u er-xotinlarning haq-huquqlari va 
majburiyatlari, ularga amal qilish, oilani tashkil etish, boshqarish, 
qolaversa, saodatli qilish bilan bog‘liq masaladir. Agar oilalar jips, 
baquvvat, baxtli bo‘lsagina jamiyat xam jips, baquvvat, baxtli bo‘lishi 
o‘z-o‘zidan ayondir. 


Musulmonlar boshqa ishlar kabi oila masalasida ham ko‘ngliga 
kelgan narsani, turli bid’at - xurofotlarni yoki qandaydir odamlar 
tomonidan ishlab chiqilgan qonun-
qoidalarni o‘zlariga ko‘rsatma yoki 
qo‘llanma deb bilmaydilar. Musulmonlar bu nozik ishda ham o‘z 
Xoliqlari, butun olam tarbiyachisi - Alloh subhanahu va taoloning 
amriga, Uning rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamning 
sunnatlariga qat’iy amal qiladilar. Chunki oila ilohiy ko‘rsatmalar, 
nabaviy ta’limotlar, diynu diyonat, fazilatli axloq asosida 
qurilgandagina mustahkam va baxtli bo‘la oladi. “Allox taolo maxfiy 
va oshkor ishlarimni ko‘rib turibdi, qalbimni, tilimni va a’zolarimni 
iffatli tut
ay”, - degan kishilarning oilalarigina saodatli oila bo‘la oladi. 
Ana shunday oilalargina mustahkam, xotirjam, qarorli, sabotli, xar 
turli kelishmovchilik va badbaxtliklardan uzoqda bo‘ladi. Ana 
shundagina nikohdan ko‘zlangan oliy maqsadga erishiladi, olijanob 
nasllar etishtiriladi, bashariyat muhofaza kilinib, uning sofligi 
saqlanib qoladi. 


Alloh taolo olamdagi barcha narsalarni juft-juft qilib yaratgan. Bu 
haqda Qur’oni karimda alohida oyati karimalar nozil bo‘lgan. 
Jumladan: 
“Sizlar eslatma olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib 
yaratdik”. (Zoriyat surasi 49-oyat) 
Haqiqatan, hayvonot, nabotot (o‘simlik) dunyosidan tortib parranda-
darrandalarning hammasi erkak-
ayol jinslardan iborat bo‘lib, ilohiy 
qonun-qoidalarga binoan tabiiy ravishda nasl qoldirish harakatida 
bo‘ladilar. Bular ichida insoniyat dunyoda o‘zi uchun eng oliy 
maqomni egallaganligi bilan yashash, turmush qurish, zurriyot 
qoldirish hususida o‘ziga xos yo‘ldan boradi. Zero, inson aqlli 
mavjudot. U aql-
idrokidan tashqari o‘zi e’tiqod qilgan din 
ahkomlariga ham amal qilgan holda yashaydi. 


Oila nikoh bilan barpo qilinar ekan, bir tafakkur qilib ko‘raylik, dunyo 
miqyosini olib tahlil qilaylik. Nikoh bilan qurilgan oilali mamlakatlar va 
nikohsiz qurilgan oilali mamlakatlar hamda o‘shalarda bo‘layotgan 
turli voqealar, barchasini sanab chiqsak, nikohning qanchalik 
muqaddasligini, zinoning naqadar harom ekanini chin ko‘ngildan 
anglab olamiz. Alloh taologa shukur, musulmonlar nikohsiz oila 
qurishdan yiroq, nikohli oila qurishga talpinish kuchli. Chunki 
nikohlanish sevikli payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi 
vasallamdan sunnat. Albatta, biz musulmonlar sunnat amallarni 
qilishga hamda qiyomatda payg‘ambarimiz sollallohu alayhi 
vasallam ummatlarim deb yuzlanganlarida, biz ham ummatlar 
q
atorida bo‘lishga umid bog‘laganmiz. Barchalarimizni Alloh taolo 
maqsadlarimizga etkazsin. 


Buyuk va komil bo‘lgan Islom dinida nikohning ahamiyati o‘ziga 
xosdir. “Nikoh” so‘zining shariatdagi ma’nosida Imomi A’zam 
rahmatullohi alayh va Imomi Shofi’y rahmatullohi alayhlarning 
o‘rtasida ixtilof bo‘lib, Imomi A’zam rahmatullohi alayh “nikoh” so‘zi 
shariatda haqiqiy ma’nosi vatiy, majoziy ma’nosi aqd (bog‘lash) deb 
ijtihod qildilar. Va nikohlanish amalini aqdi shar’iyga (yani ibodatlar 
jumlasiga) hukm qildilar. 
Imomi Shofi’y rahmatullohi alayh bo‘lsa, “nikoh” so‘zining shariatdagi 
haqiqiy ma’nosi aqd, majoziy ma’nosi bo‘lsa, vatiy deb ijtihod qildilar. 
Va nikohlanish amalini aqdi moliyga (muomalotlarga) hukm qildilar. 
Endi aqdi shar’iy va aqdi moliy degan tushunchalarga to‘xtalib 
o‘tamiz. 


Aqdi shar’iy deb, dinda uni qilishlik lozim bo‘lgan bir ish yuzasidan 
ikki kishining kelishuviga aytiladi. Masalan: Islom dinida 
nikohlanishga buyruq ko‘rinishidagi oyat mavjud va nikohga targ‘ib 
qiladigan juda ko‘p hadislar mavjuddir. Shuning uchun ikki kishining 
oila qurish maqsadida qilgan kelishuvlari aqdi shar’iy (savoblik 
ibodat) bo‘ladi. 
Aqdi moliy deb, dini Islomda uni qilishlikdan qaytarilmagan va unga 
targ‘ib ham qilinmagan bir ish yuzasidan insonlarning kelishuviga 
aytiladi. Masalan: sotish, sotib olish muomalotlari dinda komil tarzdla 
bayon qilingan, lekin uni qilishlikka targ‘ib qiladigan hadislar yo‘q, 
shuning uchun oldi-
sotdi ishlari aqdi moliy bo‘ladi. Shariatda uni 
qilishlik muboh hisoblanadi. Demak, nikoh bir mazhabda 
ibodatlardan, boshqa mazhablarda muomalotlardan hisoblanadi.


Shuning uchun Ubaydulloh ibni Mas’ud roziyallohu anhu nikoh 
bobini o‘z kitoblarida ibodatlar va muomalotlarning o‘rtasida bayon 
qilganlar. 
Mo‘tadil holatdagi kishi uchun oila qurish ikki yoshni nikohlab qo‘yib, 
ota-
ona oldidagi vazifani ado qilish bo‘libgina qolmay, balki u 
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan sunnat 
bo‘lgan bir ibodat ham hisoblanadi. 
Hozirgi kunlarda ba’zi xolatlarda o‘zboshimchalik bilan nikoh 
shar
tlarini so‘rab-surishtirmay yoshlarga nikoh o‘qilishi natijasida 
yosh oilalar ajrashib, o‘rtada go‘daklar etim, ona esa bir umrga 
bebaxt bo‘lib qolmoqda. 


Nikoh, oila masalasida doimo mana shunday voqealar sodir bo‘lib 
turganligi sababli, o‘g‘il-qizlarimizni ota-onalari o‘z farzandlarini yoshi 
jihatidan oila qurishga tayyor ekanligiga qanoat xosil qilib, so‘ngra 
rasmiy imom domlalar ishtirokida nikohlatib olishlari shart. Bu o‘rinda 
hukumat qonunida belgilangan balog‘at yoshini e’tiborga olish 
o‘rinlidir. FHDYo guvohnomasi bo‘lishligini ham muhim shartlardan 
biri deb e’tibor qilish lozim. 
Shu bilan bir qatorda bevosita nikoh va oilaga aloqador bo‘lgan bir 
shar’iy masala, taloq masalasi ham borki, uni ham e’tibordan chetta 
qoldirib bo‘lmaydi. Yoshlarimiz shariatni ushbu nozik masalasiga 
yengil qaramoqdalar, bilib-bilmay, tushunib-tushunmay, arzimagan 
oilaviy mojaro sababli o‘z jufti haloliga nisbatan taloq lafzini ishlatib 
qo‘ymoqdalar. “Taloq” so‘zi aytilganda Allohning Arshi larzaga 
keladi, shar’iy nikoh fosid bo‘lib, er-xotin bir-biriga xarom bo‘lib 
qoladi. Taloq Allohning yomon ko‘rgan halollaridan bo‘lib, u oxirgi 
chora sifatida joriy qilingandir. 


Payg‘ambar alayhissalom marhamat qilganlar: 
“Halollar narsalar ichida Alloh uchun eng yomoni taloqdir”. 
Imom 
– domlalarimiz shariatning ushbu hukmini ham nikoh uchun 
kelgan yosh kelin-
kuyovlarga tushuntirib qo‘yishlari lozim bo‘ladi. 
Oila 
– jamiyatning bir bo‘lagi. Ushbu bo‘lak sog‘lom bo‘lsa, jamiyat 
ham sog‘lom bo‘ladi va gullab yashnaydi. 
Biz musulmonlar har bir 
narsada Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi 
vasallamga ergashmog‘imiz lozim. Ayniqsa, jamiyatning 
boshlang‘ich xujayrasi hisoblanmish oilani barpo etishda ergashsak 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bizdagi oilaviy hayot havas qilsa 
arzigulikdir. Bu ham bo‘lsa, o‘rtamizda saqlanib qolgan islomga mos 
odob-axloq, muomala samarasidir. 


Har bir oila qurguvchi nikoh oldidan Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam buyurgan bir ibodatga mashg‘ul bo‘layotganini tasavvur 
qilib, o‘sha marosimdagi har bir ishni Alloh taolo va uning Rasuli rozi 
bo‘ladigan tarzda qilishligi Islom diynining ulkan talablaridan biridir. 
Alloh taolo nikohlarimizni mustahkam, oilalarimizni tinch-totuv qilsin. 
O‘zining amriga va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning 
sunnatlariga muvofiq hayot kechirib
, shar’iy va islomiy odob-
axloqlarga rioya etmog‘imizni nasib aylasin! 


Oilaviy munosabatlarda barcha fuqarolar teng 
huquqlarga ega. Nikoh faqat er-xotinning erkin va 
to'liq roziligi bilan tuzilishi mumkin. 
Oilaviy 
munosabatlarda 
fuqarolarning 
huquqlari faqat qonunga muvofiq hamda oilaning 
boshqa a’zolari va boshqa fuqarolarning axloqi, 
sha’ni, qadr-qimmati, salomatligi, huquqlari va 
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini ko‘zlab 
himoya qilinishi mumkin. 


Oila huquqi nikohning shartlari va tartibini, 
nikohni 
* bekor qilish *
 va uni bekor qilish, oila 
a'zolari: er-xotin, ota-onalar va bolalar (farzand 
asrab oluvchilar va farzand asrab oluvchilar), oila 
huquqini belgilaydi; shaxsiy nomulkiy va mulkiy 
munosabatlarni tartibga soladi. qarindoshlar va 
boshqa shaxslar o‘rtasida, shuningdek ota-ona 
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni nikohdan 
o‘tkazish shakllari va qoidalarini, fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd etish tartibini belgilaydi. 



Download 384,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish