Kо‘chki — qiyalikni (ba’zan uning asosini ham) qо‘shib oladigan tog‘ jinslarining sekin-asta siljishini namoyon etuvchi, karyerlarda tog‘ jinslari massivi deformatsiyasining eng kо‘p tarqalgan va murakkab turi. Tog‘ jinslarining sirg‘alishi doimo har qanday kо‘chkining tuzilish elementlariga xos va ular uchun majbur bо‘lgan bir yoki bir necha sirpanish yuzalari bо‘ylab sodir bо‘ladi. Kо‘chkilar qiyaliklarni buzadi, ularning qiyofasini о‘zgartiradi va biror sabab tog‘ jinslarining massivi ta’siri ostida turg‘unligini yо‘qotganligini kо‘rsatadi.
Kо‘chkilar о‘z о‘lchamlari (Rejada va hajmi bо‘yicha), tog‘ jinslari massalarining siljish shakli, rivojlanish dinamikasi, ularning yuzaga kelish sabablari va boshqa alomatlar bо‘yicha turli xil bо‘ladi.
Kо‘chkilar hajmi bо‘yicha: mayda (kо‘chki massalarining hajmi – yuzlab va minglab kub metrlarda); о‘rtacha (о‘nlab va yuzlab ming); yirik (millionlar) turlarga ajratiladi. Har bir kо‘chki kо‘chkining о‘lchami va uning tipi bilan belgilanadigan chegaralar va shaklga ega bо‘lgan kо‘chkili chegarani hosil qiladi. Sirg‘aluvchan yoki sirg‘alib ketgan tog‘ jinslari kо‘chki jismini hosil qiladi. Kо‘chki massalarinng uzilishi va ularning sirg‘alishi sodir bо‘ladigan yuza sirpanish yuzasi deb ataladi. Ba’zan kо‘chki bir necha sirpanish yuzalariga ega bо‘ladi, bunday holatda uning tuzilishi ancha murakkab bо‘ladi va alohida kо‘chki bloklarining bir biriga nisbatan siljishi bilan tavsiflanadi. Sirpanish yuzasi – kо‘chkining muhim diagnostik alomati sanaladi. U turli shakllarga ega: bir xil izotrop jinslarda kо‘pincha egilgan, yumaloq-silindr shaklga yaqin bо‘ladi; bir jnisli bо‘lmagan jinslarda susayish tekisligining holati va mо‘ljali bilan belgilanadi (bunday tekisliklar - turli tarkibli jinslarning aloqasi, bir massali jinslarning qatlamliligi, tektonik buzilishlar darzlarining yuzalari, susut tog‘ jinslarining qatlamlari, muzlab qoladigan jinslar znonasi va h.k. bо‘lishi mumkin. Qiyalikning ustki va pastki qismlarida sirpanish yuzasining chiqish joyi, kо‘chkining uchi va etagining holatini, chapdan va о‘ngdan esa – uning bortlarini belgilab beradi. Uning usoattkasida va jismda, kо‘chki hosil bо‘lishidan avval va rivojlanish jarayonida turlicha yо‘nalishdagi darzlar shakllanadi. Qiyalikning ustki qismida kо‘chki uchida, odatda qiyalik bо‘ylab yо‘naltirilgan vertikal uzilish darzlari hosil bо‘ladi. Shunday darzlarning birining tekislishi, kо‘chkining uchining ustida asosiy vertikal pog‘onani hosil qiladi, u esa qiyalikda pog‘ona yaratadi. Ba’zan qiyalikda bir necha shunday pog‘onalar paydo bо‘ladi. Uzilish darzlarm haam tortiluvchan kuchlanishlar harakatlanadigan uchtki qismda kо‘chkining jismida yuzaga keladi. Kzchki jismining pastki qismida, kо‘chkili jism tormrzlanishidan kuchlanashlarning harakatlanishi natijasida paydo bо‘ladigan parchalanish (siljish) darzlari paydo bо‘ladi. Kо‘chki bortlari bо‘ylab, qiyalikka perpendikulyar yо‘naltirilgan parchalanish darzlari yuzaga keladi. Kо‘chki jismida bо‘ylama va qiyalama darzlar yuzaga kelishi mumkin. Ularning paydo bо‘lishi sababi – bortlar oldida va kо‘chki markazida kо‘chkili massalarning bir xil bо‘lmagan siljish tezligi.
Kо‘chki Rejaida turli kо‘rinishlar bо‘lishi mumkin, va bu ularning hosil bо‘lish sharoitlari va qiyaliklarning geometrik parametrlari bilan bog‘langan. Kо‘pincha, uzunligi fronti bо‘yicha (qiyalik bо‘ylab) kengligiga teng bо‘ladigan yumaloq shakldagi kо‘chkilarni uchratish mumkin. Bunday kо‘chkilar sirksimon deb ataladi. Frontal kо‘chkilar ham keng tarqalgan. Ularning fronti bо‘yicha uzunligi kengligidan ancha katta bо‘ladi. CHо‘zilgan kо‘chki-oqimlar eng kam tarqalganlaridir. Yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan kо‘chkilarni baholash, istiqbollar va ularni bartaraf etish bо‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun uchun siljish jarayonining dinamikasini aniqlash katta ahamiyatga ega. Kо‘chkilarning vaqtda rivojlanishini tahlil qilish asosida, ulardan ba’zilari tezroq, tо‘satdan sodir bо‘ladi va halokatli tuga ega ekanligi, boshqalari esa sekin, sо‘nib boruvchi yoki о‘sib boruvchi tezlikda sodir bо‘lishi haqida xulosaga kelish mumkin. Har bir kо‘chkining rivojlanish jarayonida, kо‘chki deformatsiyalari turli jadallikda о‘tadigan davrlar, bosqichlar kuzatiladi. Har bir kо‘chkining rivojlanish dinamikasi uch bosqichga ajratiladi: tayyorgarlik, haqiqiy hosil bо‘lishi, mavjud bо‘lishi (stabillashishi) (35.2-rasm). Ularning har bir ma’lum vaziyatdagi davomiyligi turlicha. Kо‘chkining tayyorgarlik bosqichi oylab va yillab davom etishi, tog‘ jinslari massiviga jadal ta’sir kо‘rsatganda esa minimumgacha qisqaradi. Ushbu bosqich vaqtida tabiiy va sun’iy (texnogen) omillar ta’siri ostida massivning turg‘unligi sekin-asta pasayadi. Turg‘unlik zahirasi koeffitsiyenti sekin-asta yoki sarkrab о‘tish tarzida kamayadi, va massiv chegaraviy muvozanat holatiga о‘tadi. Tayyorgarlik bosqichi uchun unchalik sezilmaydigan deformatsiyalar (mikrosiljishlar) uchun unchalik sezilmaydigan darzlar, yumshoq bog‘lama jinslar uchun esa — plastik deformatsiyalar xosdir. Kо‘pincha ular maxsus uskunalar va marksheyderlik kuzatuvlari yordaida faqat asbob bilan aniqlanishi mumkin (3-bobga qarang). Tegishli sharoitlarda (kо‘chki hosil bо‘lish omillarini bartarf etish) kо‘chki deformatsiLari sо‘nib qolishi mumkin, kо‘chkini rivojlantirish esa tayyorgarlik bosqichida tugaydi.
Kо‘chkining ushbu haqiqiy hosil bо‘lishi shuningdek bir necha soniyadan to kо‘plab oylargachabо‘lgan turli davomiylikka ega. Ushbu tur uchun tog‘ jinslari massivi bilan turg‘unligini yо‘qotish va kо‘chki jismining yoki uning alohida qismlarining (bloklarining) maksimal siljish tezliklari xos sanaladi.
Kо‘chkining mavjudlik (turg‘unlik) bosqichi u tо‘liq shakllanib bо‘lganidan va suruvchi va tutib turuvchi kuchlarkelganidan sо‘ng, biroz qiyaliklarning yangi geometrik parametrlarida keladi. Boshqa holatlarda kо‘chki uning hosil bо‘lish sabablarina yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etish natijasida mustahkamlanishi mumkin.
Tog‘ jinslar massivlarining kо‘chki deformatsiyalari namoyon bо‘lish shakli bо‘yicha ham, о‘zining rivojlanish dinasikasi bо‘yicha ham turlichadir, va karyerlarning geologik tuzilishi va ularning geometrik parametrlari bilan belgilanadi. Kо‘chkilar quyidagi turlarga ajratiladi: izotrop massivli, kontaktli va qoplamali, yotuvchan biqinning chuqurlik qatlamli jinslari osilib turuvchi biqinining chuqur qatlamli jinslari (siljuvchan kо‘chkilar va itarib turuvchi kо‘chkilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |