Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi» kafedrasi



Download 5,28 Mb.
bet42/107
Sana01.07.2022
Hajmi5,28 Mb.
#727593
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107
Bog'liq
O\'UM ГЕОМЕХАНИКА lotin

2. Kon ishlarini manyovrlash.
Qiyaliklar turg‘unligini kon ishlari bilan manyovrlash yо‘li bilan boshqarish, agar pog‘ona balandligi va burchagini tuzatish qiyaliklar deformatsiyalarini bartaraf etish borasida istalgan najijaga erishish imkonini bermasa yoki ustki gorizontlarda bortning buzilishiga va ochiq ishlari hajmini oshirishga olib kelganda qо‘llaniladi.
Kon ishlari bilan manyovrlash konlarni qazish texnologik sxemasining pog‘onalar va bortlarning haqiqiy turg‘unligi bilan uzviy о‘zaro bog‘liqligidan iborat. Kon ishlari bilan butun kon doirasida yoki uning bir qismida manyovrlanadi.Kon ishlari bilan manyovrlash quyidagi texnologik usullarni о‘z ichiga oladi: konga ishlov berish navbatiga rioya qilish, tog‘ jinslari frontini surish yо‘nalishini о‘zgartirish, pog‘onalar parametrlarini о‘zgartirish. Bu usulda tog‘ jinslari massivining geologik tuzilishi, tuzilishi va fizika-mexaniqaviy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi, bu ma’lumotlar asosida esa pog‘onalar va bortlar qiyaliklarining turg‘unligi hisoblanadi, hamda Karyer maydonini alohida о‘yish bloklariga ajratib va ularda tog‘ ishlarining surilish yо‘nalishini kо‘rsatgan holda, Karyer maydonining texnologik xaritasi tuziladi. Bunda bloklarga ishlov berish kalendar rejasi Karyerni rivojlantirish bо‘yicha har bir loyihalashtirish davrining rejalagtirilayotgan hajmlarini bog‘lab turadi.
Qoplamali qazilmalarning jylashuviga muhim e’tibor qaratiladi, Karyer mavjud bо‘lgan butun muddat davomida tashqi qoplama qazilmalaridan avariyasiz foydalanishni ta’minlash uchun, ularni massivda ancha yuqori turg‘unlikdagi jinslar bilan joylashtiriladi.
Statsionar ichki syezdlar joylashuvi tanlanganda qatlamlari tushadigan massiv uchastkalari va u tomonga susayish yuzalaridan foydalanishga intilinadi.
Karyer maydoniga ishlov berish uning noqulay sharoitli qismi qazilib boshlanadi, sо‘ngra esa qiyaliklarning turish vaqtini qisqartirish uchun, zaif litologik farqlardan iborat va tuzilish zaifliklariga ega bо‘lgan massiv о‘zlashtiriladi.
Kon ishlari bilan manyovrlash orqali qiyaliklar turg‘unligini boshqarish usulini qо‘llash muldasimon qatlamlarga ishlov berilganda maqsadga muvofiqroq bо‘ladi.
Muldasimon konlarni qazish usuli va ochish sxemasi mulda tog‘ jinslari qatlamlarining chо‘zilish о‘lchamlari, shakli va sharoitlariga qarab tanlanadi. Shunday qilib, mulda qanotlaridan uning qulfigacha ikki Karyer bilan kon ishlari fronti rivojlantirilganda boshlang‘ich davrda ishlab chiqarish quvvatlarini tezroq о‘zlashtirish va qolpamaning minimal ekspluatatsion koyeffitsiyentiga erishish mumkin.
Konlarni qiyaliklarning holatini hisbga olib ochish, uning minimal qurilish muddatlariga erishishni, kon-kapital qoplamaning loyihaviy hajmlarini, Karyerni belgilangan muddada hisobliishlab chiqarish unumdorligi bilan foydalanish uchun ishga tushirilishini, konga ishlov berish oxirigacha qoplamaning optimal koyeffitsiyentini ta’minlaydi.
Konni ochish sxemasi va qazish tizimi tanlanganda chо‘zilmaninng nishablik burchagi qiyaliklarning turg‘unligiga hal qiluvchi ta’sir kо‘rsatadi.
Qatlamlarning gorizontal yotishi (0 dan 5°gacha) qiyaliklarning turg‘unligiga sezilarli darajada ta’sir kо‘rsatmaydi. Bunday holatda pog‘onaning (bortning) parametrlarini ekskavatorlar bilan tartibga solish maqsadga muvofiq sanaladi.
Qatlamlar qiyalama yotganda (qiyalik burchagi 6 dan 15°gacha) qatlamlar kо‘pincha yiqilish yо‘nalishi bо‘yicha qaziladi, bu esa qiyaliklarning deformatsiyalanish holatlari sonini pasaytiradi. Biroq transporsiz tizimi bо‘yicha qazilganda, ichqi ag‘darmalar turg‘unligi sharoitlarini yomonlashtiradi, qoplama quvvatining oshishi esa pog‘onadar balandligining yoki ularning sonining oshishiga olib keladi. Shuning uchun bunday holatda qoplamani ag‘darmaga kombinatsiyalangan tashish tizimi joriy etiladi.
Qiyalama joylashgan konlarni ularni tiklash yо‘nalishi bо‘yicha qazish, jinslarning qatlamlanishi bо‘yicha shakllanadigan sirpanish yuzasi bо‘ylab kо‘chkilarning yuzaga kelish ehtimolini oshiradi. Qiyaliklar deformatsiyalarini bartaraf etish uchun, parametrlari pog‘ona yoki bortning kо‘chkili qismining siljish kuchini hisobga olgan holda hisoblash yо‘li bilan vaqtinchalik kontrfors о‘rnatiladi
Noqulay mо‘ljallangan zaiflashish yuzalariga nisbatan frontini yaorim doiraga yoki diagonal kо‘chirish tomoniga parallel surilishidan manyovrlanishi tufayliQiyaliklar deformatsiyalarini kamaytirish maqsadida kon ishlari fronti yо‘nalishini 0 dan 180°gacha о‘zgartirish mumkin.


Ishlar frontini surish yо‘nalishini oqilona о‘zgartirish Karyer maydonining muhandis-geologik rayonlanishi, konlardan foydalanish jarayonida tog‘ jinslarining joylashishini aniqlashtirish va bortlar turg‘unligi hisoblari asosida aniqlanadi.
Qiyaliklar turg‘unligi, pog‘onalar va bortlar parametrlarini о‘zgartirib, qiyaliklar va pog‘onalarning qiyalanish balandligini tartibga solish hisobiga boshqariladi.



Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish