Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi» kafedrasi


-MA’RUZA TAYANCH KON BOSIMI NAZARIYASI



Download 5,28 Mb.
bet15/107
Sana01.07.2022
Hajmi5,28 Mb.
#727593
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107
Bog'liq
O\'UM ГЕОМЕХАНИКА lotin

8-MA’RUZA
TAYANCH KON BOSIMI NAZARIYASI


Reja:

  1. Tayanch kon bosimi tushunchasi.

  2. Tog‘ jinsi massivining mustahkamlik sharoitining yaratilishi.



Tayanch kon bosimi tushunchasi.
Tayanch kon bosimi – tabiiy sharoitdagi kon massivida sun’iy bо‘shliq hosil etilishi bilan paydo bо‘ladigan tog‘ jinsi massivi kon bosimidir. Butun yuzasi bо‘yicha tayanch chegara (massiv, seliklar, tо‘lg‘azmalar, qulatilgan tog‘ jinslari va mustahkamlagichlar) yaqin atrofida ta’sir etuvchi qatlamga nisbatan normal siquvchi kuchlanishlarni ifodalaydi. Tog‘ jinsi kuchlanganlik holatining о‘zgarishi va qoplab turgan ustki tog‘ jinslari og‘irligi bilan jami eguvchi momentlar hamkorligidagi harakati natijasida massiv yalpiligining buzilishi qazib о‘tilgan kon lahimlari yoki boshqa bо‘shliqlar ustida paydo bо‘ladi. Tayanch kon bosimining sodir bо‘lishi muammolari foydali qazilma yotqiziqlarida uzun qazib olish kovjoylari qо‘llanilishi bilan paydo bо‘ldi. Tayanch kon bosimi qazib olish kovjoylari atrofida kon bosimi boshqarish, qazib olish va tayyorlov lahimlarini mustahkamlash xarakterlariga, asosiy jins shiplarining qulashi, qazib olish kovjoylarida kо‘mirlarning siqib chiqarilishi, tezkor kon zarbalari, tog‘ jinslarining kо‘pchishi va boshqa holatlarga ta’sir etib kon qazib olish mexanizmlarining ish unumdorliklarini ancha pasaytirdi. Tayanch kon bosimining hududiy va vaqt mobaynida paydo bо‘lishi va о‘zgarishi ancha kon ishlariga noqulayliklar tug‘dirdi. Tayanch kon bosimlmrining tarqalishi qulaylik uchun yotqiziq yuzasida va uzunligi hamda og‘ishi kesimlarida alohida yotqiziq hajmiy hududida kо‘rib chiqiladi.
Qazib olish kovjoylarining tekis harakatlanishida quyidagi tayanch kon bosimlari ajratiladi (8.1-rasm): old, orqa va yon (yotish va yuqorilash yо‘nalishlarida).



8.1-rasm. Tayanch kon bosimining nishab yotqiziq yuzasida tarqalishi umumiy xarakteri:
1- tayanch kon bosimi old hududi, 2- orqa hududi, 3- yon hududlar,
a- tayanch kon bosimining dinamik paydo bо‘lish hududi, b- dinamik kuchlanishning sо‘nish hududi, v- tayanch kon bosimi statik yoki psevdostatik holatlari hududi.

Bundan tashqari tayanch kon bosimining о‘zgarish xarakteriga kо‘ra – a- tayanch kon bosimining dinamik paydo bо‘lish hududi, b- dinamik kuchlanishning sо‘nish hududi, v- tayanch kon bosimi statik yoki psevdostatik holatlari hududlarini ajratishadi.


Tayanch kon bosimi hududlarining о‘zida о‘ziga xos о‘zgarishlar kuzatiladi (8.2-rasm).
Aniq kon-geologik sharoitlarda tayanch kon bosimlarining tarqalishi kon ishlari chuqurligi, nafaqat asosiy ship balki yuqori qatlamlar deformatsiyasi va buzilishi jarayonlari, yotqiziq va asos tog‘ jinslari xususiyatlari va boshqalarga bog‘liq. Har bir alohida hududda tayanch kon bosimi paydo bо‘lish mexanizmi turlicha bо‘ladi. Unda qanday qilib old hududda tayanch kon bosimi ta’siri kovjoyga yaqin katta maydonlarda qoplovchi tog‘ jinslarining osilib turishi dinamikasi bilan ifodalanadi va kovjoydan ancha uzoqlashganda yon hududda bu omil kuzatilmaydi? Old hududda tayanch kon bosimi dinamikasi ancha sezilarli. Teng sharoitlarda u chet qismlarda tayanch kon bosimi intensivligiga, yotqiziv mexaniq xususiyatlari, kontakt tekisliklarning holati va kuchlanishning ta’sir etish davomiyligi (qazib olish kovjoyining siljib borish tezligi) bilan belgilanuvchi tog‘ jinsi mustahkamligiga (ustivorligiga) bog‘liq. Tayanch kon bosimi kо‘proq qazish ishlari siljib borishi bilan ortda qolgan bо‘shliqdan kо‘ra bevosita kovjoy qismida yuqoriroq bо‘lishi kuzatiladi. Chegara hududlarning vaqt mobaynida siqilish va siljish natijasida deformatsiyalanishi tayanch kon bosimi intensivligi va xarkaterini aniqlab beradi. Siqilish va siljish ship tog‘ jinslari bо‘shliq yuzasining oshishiga olib keladi va uning natijasida old hudud tayanch kon bosimining intensivligi va kengligining oshadi. Bunda tayanch kon bosimi kovjoydan uzoqlashib maksimum kо‘rsatkichga erishadi. Tayanch kon bosimi kо‘rsatkichlari о‘zgaruvchan bо‘lib, kovjoyning siljishi bilan yuqori о‘lchamlarda о‘zgarali. Old tayanch kon bosimi kengligi 20-250 m, kovjoydan maksimal miqdordagi tayanch kon bosimigacha bо‘lgan oraliq esa 0-15 m va undan ortiq bо‘lishi mumkin. Yon tayanch kon bosimi kengligi 15m dan 30m gacha о‘zgaradi.


Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish