www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
omil va sabablar bilan bog‘liq edi?
Buning
sabablarini
qisqacha
bayon
etadigan
bo‘lsak,
ular
quyidagilardan iborat.
Birinchidan
, jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyotning muhim
tarkibini tashkil qiluvchi tarmoq bo‘lgan kichik biznes ichki bozorni zarur
tovar va xizmatlar bilan to‘ldirishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Kichik biznes nafaqat iqtisodiyotdagi ma’lum bir bo‘shliqlarni
to‘ldiradi, balki uni diversifikatsiya qilish va barqaror sur’atlar bilan
rivojlantirishni ta’minlashda o‘ta muhim rol o‘ynaydi.
Tadbirkorlik biznesi aholi bandligi va daromadining o‘sishini
ta’minlashda, ayniqsa, bizning sharoitda qanday muhim ahamiyat kasb
etishini baholashning o‘zi qiyin. Quyidagi raqamlarni e’tiborga
oladigan
bo‘lsak, shunday xulosa chiqarish mumkin.
Agar 2005-2011 yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida 5 milliondan
ortiq yangi ish o‘rni tashkil etilgan bo‘lsa, ularning 60 foizdan ortig‘i
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hissasiga to‘g‘ri keladi. Buning
natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimizda ish bilan band bo‘lgan jami
aholining 75 foizdan ko‘prog‘i ushbu sohada mehnat qilmoqda.
O‘ylaymanki, ana shu raqamlarning o‘ziyoq ko‘p narsani anglatadi va
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ishonchli yo‘ldan borayotganidan dalolat
beradi.
Ikkinchidan
, tuzilishiga ko‘ra ixcham, qarorlar
qabul qilishda tezkor
va harakatchan, yangi tartib-qoidalarni qisqa muddatda o‘zlashtiradigan
kichik biznes jahon va mintaqalar bozorlaridagi talab va kon’yunktura
o‘zgarishlariga ancha tez moslashadi.
Uchinchidan
, kichik biznesni tashkil qilish va yuritish katta xarajat
hamda kapital qo‘yilmalarni talab etmaydi. Bu esa ishlab chiqarishni tez va
oson modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik qayta jihozlash, yangi
turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish, ularning nomenklaturasini muntazam
yangilab borish va raqobatdoshligini ta’minlash imkonini beradi.
To‘rtinchidan
, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va salbiy
oqibatlariga yirik korxonalarga nisbatan ushbu sohaning bardosh bera olish
qobiliyati ancha yuqoridir.
Faqat kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hamda
ushbu sohaning mamlakatimiz iqtisodiyotida ustuvor mavqega ega bo‘lishi
natijasida biz 2008-2009-yillarda global inqirozning
salbiy oqibatlarini
ortiqcha qiyinchilik va talafotlarsiz yengib o‘tish, ishlab chiqarishni jahon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
bozori kon’yunkturasi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda qisqa
muddatlarda qayta tashkil etishga muvaffaq bo‘ldik.
Sanoatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ining o‘sish
sur’atlari 2008-2009-yillarda o‘rtacha 23-24 foizni, xizmatlar va servis
sohasining o‘sish sur’atlari esa 15-16 foizdan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichni
tashkil etdi.
Beshinchidan
, kichik tadbirkorlik
nafaqat daromad manbai, balki
odamlarning ijodiy va intellektual qobiliyatini ro‘yobga chiqarish vositasi
hamdir. Mazkur soha har bir kishiga o‘z iste’dodi va imkoniyatlarini
namoyon etish uchun zamin tug‘dirmoqda,
shu tariqa tashabbuskor,
omilkor, mustaqil faoliyat yurita oladigan, o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadlariga erishishga qodir insonlar toifasini shakllantirishga xizmat
qilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘rta
sinfni shakllantirish uchun muntazam kengayib borayotgan baza bo‘lib
xizmat qilmoqda. O‘rta
sinf esa, ma’lumki, har qanday demokratik
jamiyatning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda aynan shu sohani rivojlantirish hisobidan jamiyatdagi
ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy barqarorlikdan manfaatdor bo‘lgan,
mamlakatimizni
taraqqiyot
va
demokratik
islohotlar
yo‘lidan
rivojlantirishda faol kuch bo‘lib maydonga chiqayotgan ijtimoiy qatlam
shakllanmoqda.
Ishonchim komilki, ana shu va boshqa
omillarni chuqur anglash
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga
qaratilgan ulkan e’tiborning sabablarini tushunish imkonini beradi.
Shuni aytishning o‘zi kifoyaki, 20 yil avval O‘zbekistonda xususiy
tadbirkorlik deyarli yo‘q edi, bugun esa mavjud barcha xo‘jalik
sub’ektlarining 90 foizdan ortig‘ini kichik biznes korxonalari tashkil etadi.
Hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning 54 foizi, ishlab chiqarilayotgan
sanoat mahsulotlarining 22 foizi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 98
foizi aynan shu soha hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘ylaymanki, konferensiya qatnashchilari bizning o‘tgan
yillar
mobaynida bu sohada erishgan yutuqlarimizni munosib baholaydilar.
Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, mamlaktimiz tarixida azal-
azaldan xususiy tadbirkorlik muhim o‘rin tutib kelgani ko‘p jihatdan kichik
biznesning jadallik bilan rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Biz ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tadbirkorlik an’analari, ota-
www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
bobolarimizning asrlar davomida o‘z yeri, o‘z mulki va kasb-korini
e’zozlab, qadrlab, har tomonlama asrab-avaylab
kelgani bilan haqli
ravishda faxrlanamiz.
Hurmatli anjuman ishtirokchilari!
Do'stlaringiz bilan baham: