2.2. Islom iqtisodiy modeli va uning xususiyatlari.
403
«Islom iqtisodiyoti» atamasi ilk bor hindistonlik musulmon olimi Sayid Manazir
G‘iloniyning
4
1947 yilda urdu tilida chop etilgan «Islom iqtisodiyoti» kitobida bayon
etilgan. G‘iloniy islom dini talablariga muvofiq keluvchi mukammal iqtisodiy model
haqida yozgan edi. Lekin jahondagi dastlabki islomiy moliya muassasalarini tashkil
etish “Islom iqtisodiyoti” chop etilishidan o‘n besh yil o‘tgachgina, amalga oshirildi.
”Islom iqtisodiyoti” atamasining o‘zi ilmiy doiralarda faqat 1970-yilning o‘rtalariga
kelib ishlatila boshlandi.
Shundan beri musulmon iqtisodiy adabiyotida hanuzgacha
“islom iqtisodiyoti” tushunchasining umumqabul qilingan yagona ravshan tavsifi
taqdim etilmayapti. Musulmon iqtisodchilari tomonidan shakllantirilgan ta’riflar ba’zan
bir yoqlamalik kasb etmoqda va islom iqtisodiyotining kapitalistik yoki sotsialistik
iqtisodiyotdan qanday farqlanishini yaqqol gavdalantirib bera olmayapti.
Xususan, mashhur saudiyalik iqtisodchi Muhammad Umar Chapraning fikricha,
islom iqtisodiyoti – noyob resurslarni islom dini ta’limotiga muvofiq ravishda
taqsimlash vositasida inson farovonligiga erishish uchun yordam beruvchi bilimlar
tarmog‘ini o‘zida aks ettiradi, bunda shaxs erkinligining daxlsizligi ta’minlanadi hamda
davomiy makroiqtisodiy va ekologik nomuvofiqlikka yo‘l qo‘yilmaydi.
5
Boshqa tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan tavsiflar ham u qadar yorqin
ma’no kasb etmaydi. Islom iqtisodiyoti Qur’on va sunnatga asoslangan iqtisodiy
siyosat sifatida (Sayfuddin Tojiddin); insonlar iqtisodiy muammolarini islomiy
qadriyatlar ta’siri ostida o‘rganuvchi ijtimoiy fan sifatida (M.A.Mannon); musulmon
4
Sayyid Manazir Ahsan Gilanii. Islami Ma’ashiyat.- Hyderabad,1947.
5
Chapra M.U. What is Islamic Economics? – Jeddah, 2001. – P.33.
~ 24 ~
mutafakkirlarining o‘z davrlari iqtisodiy da’vatlariga javobi sifatida (M.N.Siddiqiy);
o‘ziga xos xususiyatlarga ega musulmon jamiyatidagi musulmonning ahloq usuli
sifatida (S.R.X.Naqviy); rohat-farog‘atga erishish maqsadida Alloh tomonidan ishonib
berilgan mulkni, ya’ni resurslarni boshqaruvchi musulmonning ahloqi to‘g‘risidagi
ta’limot sifatida; moddiy resurslarga ega bo‘lish (molik bo‘lish) va boshqarish
jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nohaqlikni bartaraf etish maqsadi ila shariat
ko‘rsatmalari va taqiqlarini qo‘llovchi bilim sifatida ta’riflanadi.
Islom iqtisodiyotiga bag‘ishlangan asarlarni islomga muvofiq keluvchi xo‘jalik
tizimini tashkil etish bo‘yicha muammolarga bog‘liq qarashlardan kelib chiqib, tahlil
etgan holda, musulmon tadqiqotchilarini uch guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh vakillari (mutaassiblar)ning fikricha, Qur’on va hadislarda
asosiy iqtisodiy nizomlar mukammal 0tarzda shakllantirib qo‘yilgan va shuning uchun
islom iqtisodiyoti deb ataluvchi maxsus fanni tadqiq qilishga hech qanday zaruriyat
yo‘q. Mashhur marokashlik ilohiyotchi va siyosiy arbob Allol al-Fosiy o‘z davrida:
“Qur’on – bu eng mukammal asosiy qonun, eng yaxshi siyosiy iqtisod asaridir.
Zamonaviy musulmonlar uchun u “Inson huquqlari deklaratsiyasi” va “Kapital” ning
o‘rnini muvaffaqiyat ila bosa oladi” degan edi. Birinchi guruh vakillarining fikricha,
zamonaviy moliya muassasalarining muqobili bo‘lgan maxsus islomiy tarkiblarni
tuzishning umuman hojati yo‘q.
6
Mazkur guruhga shuningdek, islom va iqtisodiyot – bir-biriga mutlaqo bog‘liq
bo‘lmagan ikki ashyodir deb hisoblovchi (skeptik)larni ham kiritish mumkin. Jamiyat
hayotiga islom ta’sirini kuchaytirishning izchil tarafdorlari orasida ham ba’zan islom
iqtisodiyotiga nisbatan ishonchsizlik bilan qarovchilarni uchratish mumkin. Mana shu
nuqtai-nazarni Turkiya yetakchisi R.Erdo‘g‘on juda aniq bayon etdi. U Islomiy umumiy
bozor va umuman, islom iqtisodiyotini rivojlantirishda hech qanday ma’no
ko‘rmayapman deb bayonot berdi. Erdo‘g‘onning fikricha, iqtisodiy rivojlanishning
asosiy tarkiblari insonparvarlik, axborot va pul-kredit siyosati hisoblanadi, iqtisod o‘z
holicha diniy jihatlarga ega emas.
6
Badawi Z.M. Islamic Finanse and the Role of the State // Islamic Banker. – 1999.- №45,- October. – P.16
~ 25 ~
Ikkinchi guruh asosan ilohiyotchi va an’anaviy fiqhshunoslardan iboratdir.
Ular uchun islom iqtisodiyoti – Qur’on qiroat qilish ilmi, fiqh ilmi va hk.lar kabi
islomiy fanlardan bir fan hisoblanadi. Shunga muvofiq ravishda iqtisodiy muammolar
bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchining say’-harakatlari musulmon diniy-fiqhiy fanlar
doirasidan chetga chiqmasligi lozim. Islom iqtisodiyoti butun insoniyatning maqsadi
uchun emas, balki faqat musulmon jamoasi manfaatlari yo‘lida rivojlanishi shart, ya’ni
bu bilan uning serqirra tabiati bevosita yoki bilvosita rad etiladi.
Uchinchi guruhga kiruvchi olimlar islom iqtisodiyotini - jahon iqtisodiy
tafakkuri yo‘nalishlaridan biri deb hisoblaydilar. Mazkur guruh doirasida islom
iqtisodiyotini kapitalistik iqtisodiyotning muqobili sifatida ko‘rib chiqadiganlarni
hamda islomiy iqtisodiy andozani g‘arb (burjuaziya) iqtisodiy fani talqinida o‘rganuvchi
mo’tadil qarashlar sohiblarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin.
Ayni ko‘rib chiqilayotgan tadqiqotda bizni mana shu uchinchi guruh
iqtisodchilarining nuqtai-nazari qiziqtiradi, chunki aynan ular islom iqtisodiyoti
(“iqtisodiyot” so‘ziga urg‘u bilan) deb nomlanuvchi tushunchaning qobig‘ini tashkil
etadilar. Shuni ham e’tiborda tutish lozimki, islom iqtisodiyotiga bag‘ishlangan ko‘plab
asarlarda so‘z asosan islomiy moliyalar xususida bo‘ladi.Buni ajablanadigan joyi yo‘q,
chunki aynan moliya sohasida islomiy iqtisodiy andozaning xususiyatlari ko‘proq
namoyon bo‘ladi va bu foiz asosida moliyalashtirishning muqobilini qidirish borasidagi
uning asosiy maqsadiga muvofiq keladi. Islomiy moliyaviy tizimni shariat tomonidan
shakllantirilgan asosiy tamoyillarni buzmagan holda, iqtisodiy faoliyat yuritishga
imkon beruvchi moliyalashtirish mexanizmlari va usullari majmui sifatida tavsiflash
mumkin.
Iqtisodiy andozaning yer va mehnat munosabatlari, mulkchilik masalalari singari
boshqa muhim tarkiblari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ular qoidaga ko‘ra, e’tibordan
chetda qolib ketadi yoki iqtisodchilar – islom iqtisodiyoti bo‘yicha mutaxassislar
tomonidan yuzakigina esga olinadi va mulk huquqi (shuningdek, yerga nisbatan ham)
hamda biznes yuritishning ahloqiy qirralari haqida qalam tebratadigan musulmon
fiqhshunoslari uchun ayniqsa, tadqiqot mavzusi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu masalalar
~ 26 ~
so‘zsiz, iqtisodchilar tomonidan eng ko‘p o‘rganishga arziydigan va tadqiqotchisini
kutayotgan jihatlar hisoblanadi.
Yuqorida biz qayd etib o‘tgandek, bir qator mualliflar islom iqtisodiyotini
kapitalistik va sotsialistik (ma’muriy buyruqbozlik) iqtisodiyotlarning muqobili sifatida
ko‘rib chiqish tarafdori hisoblanadilar
7
.Mana shunday qarashlar 1990-yillarning
o‘rtalariga qadar ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan ma’qullangan.
Islom ishlab chiqarish omillarini halol va harom tushunchasiga asoslanib,
uning hayotiy ehtiyojlarini maksimal darajada oshirish uchun boylikdan va tovar ishlab
chiqarishga qaratilgan sa'y-harakatlaridan foydalanadigan vosita deb qaraydi va bu
tushunchadan tashqarida qo'llaniladigan har qanday vosita tovar bo'lishidan qat'i nazar.
Shariat nuqtai nazaridan ishlab chiqarishni hisobga olmang.Kapitalistik iqtisodda
boylikka bo'lgan asosiy huquqdan ishlab chiqarish omillari foydalanadi, biroq islom
nazariyasida ishlab chiqarish omillari yaxshi ta'riflanmagan, emas. ularning boylikdagi
ulushi iqtisod kapitalisti davrida qanday bo'lsa, xuddi shunday tarzda belgilanadi.
Chunki, agar shaxs dehqonchilik, konchilik va ishlab chiqarish sohalarida
faqat qo‘ldan foydalansa, unumdorligi juda past bo‘ladi. Biroq, agar u qo'lini qandaydir
asbob-uskunalar va jihozlar bilan almashtirsa, uning unumdorligi oshishiga ishonish
kyerak. Islom iqtisodiyoti nuqtai nazaridan kapital ishlab chiqarish vositasi sifatida
ta'riflanadiishlab chiqarish jarayonida to'liq iste'mol qilinmaguncha yoki butunlay
o'zgartirilmasa, ishlab chiqarish jarayonida foydalanish mumkin emas, shuning uchun
uni ijaraga berish yoki ijaraga berish mumkin emas. Masalan, likvid pul yoki oziq-ovqat
mahsulotlari. Islom iqtisodiga ko'ra, kapital sanoatning tayanchiga o'xshaydi, u sanoatni
boshqaradi va davom ettiradi. Shuning uchun Islom kapitalga katta ahamiyat bergan.
Biroq, shariat asosida yer xususiy mulk bo'lib, dehqon agenti yoki
tadbirkorlik firmasi bilan belgilangan qaytariladigan ijara shartnomalari yoki hosil
bo'lishi asosida ishlab chiqarish jarayoniga hissa qo'shishi mumkin. Islom iqtisodida
yerni ijaraga berishdan man qilish haqida maʼlum lirikalar bor, lekin shariatda qoʻllab-
7
Aziz T.M. An Islamic Perspective of Political Economy: // www.al-islam.org.
~ 27 ~
quvvatlanadigan fikr yoʻq va barcha fiqh mazhablarining pozitsiyasi yer ijarasi ham,
hosil boʻlishi ham joizligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Tog'lar, vodiylar yoki
cho'llarning egasiz yerlari kabi tekis yerlar uchun shariat yerga egalik qonunlarining
ikkita juda muhim qismini belgilaydi. Birinchidan, har qanday shaxs "tekis yerning bir
qismiga hayot olib kirish" orqali egalik huquqini talab qilishi mumkin. Bu melioratsiya
qonuni bo'lib, ko'p yerlarga xususiy egalik huquqini qo'lga kiritish yo'lidir.
404
~ 28 ~
XULOSA
Islom iqtisodiyoti modelining maqsadi ma’naviy mas’ul bozor iqtisodiyoti tizimini
405
yaratish deyish mumkin. Uning o‘ziga xos jihatlaridan biri shaxsning va jamiyatning
406
maishatini emas, balki haqiqiy ehtiyojlarini qondirishdir. Islom iqtisodiyoti modeli
407
boyliklarning jamiyat ichida adolatli taqsimlanishiga alohida e’tibor qaratadi, busiz
408
ijtimoiy barkamollik (uyg‘unlik) va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash mumkin emas deb
409
hisoblaydi. Bu borada respublikada keng va izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
410
Respublikamiznnng taniqli iqtisodchilari, olimlari chet ellarda bo‘lib, ularning bozor
411
iqtiyoodiyoti tajribasi bilan yaqindan tanishmoqdalar.
412
Agar islom iqtisodiyoti modeliga chuqurroq kirib borilsa yuzlab sahifalarni to‘ldirib
413
tashlash mumkin, ammo bu bizning maqsadimiz emas. Undan tashqari, bu sohada juda
414
ko‘p ilmiy ishlar qilingan bo‘lishiga qaramasdan, olimlar hamon yashovchan va
415
muvaffaqiyatli tizim andozasini yaratish ustida bosh qotirishmoqda. Mikroiqtisodiyot
416
nazariyasini yaratish masalasi undanda og‘irdek ko‘rinadi. Bularning barini amalga
417
oshirish uchun mavjud ilmiy-amaliy tajriba va nazariy bilimlarni jamlash, qaytako‘rib
418
chiqish va tahlil qilish, hamda ularni ilmiy jihatdan ishonchlidalillar yordamida
419
tasdiqlash lozim.
420
Mamlakatimizda bu boradagi tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar u qadar ko'p bo'lmagani
421
bois, ushbu atama aksariyatimiz uchun yangi tushuncha hisoblanadi. Ammo so'nggi
422
yillarda yoshlarimiz orasida allaqachon rivojlangan islom moliyasiga qiziquvchilar soni
423
ortib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy
424
Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida “Mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini
425
joriy etish bo'yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot
426
banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspyertlari jalb etiladi”, degan so'zlari bu
427
borada uzoq kutilgan o'zgarishlarga debocha bo'ldi.
8
428
Hozirda Islom banklari nafaqat musulmon o'lkalar, balki musulmon aholisi 5 foizni
429
tashkil qiladigan davlatlarda ham rivojlanib bormoqda. 1975 yilda ish boshlagan Islom
430
hamkorlik tashkilotining ixtisoslashtirilgan yirik tuzilmasi — Islom taraqqiyot banki
431
8
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan olindi 2020-yil 29-dekabr
~ 29 ~
jahonning ko'plab davlatlarida moliyalashtirish ishlarini olib boradi. O'zbekistonning
432
mazkur tuzilma bilan hamkorligi 1991 yillardayoq boshlangan. O'shanda Islom
433
taraqqiyot banki Buxoro shahridagi bir qator tarixiy obidalar rekonstruksiyasi uchun
434
grantlar ajratgan.
435
Mazkur hamkorlik aloqalari yildan-yilga rivojlanib bordi. O'zbekiston 1996 yildan
436
Islom hamkorlik tashkiloti, 2003 yildan Islom taraqqiyot bankining to'laqonli a'zosiga
437
aylandi. Bundan uch yil oldin Islom taraqqiyot banki hamda O'zbekiston hukumati
438
o'rtasida 2018-2021 yillar davomida 1,3 milliard AQSH dollar miqdorida mablag'
439
ajratiladigan hamkorlik strategiyasi imzolandi. Mazkur strategiya asosida amalga
440
oshiriladigan moliyalashtirish mamlakat hayotining barcha sohalari, xususan, qishloq
441
xo'jaligi, uy va yo'l qurilishi, ta'lim va boshqa tarmoqlarni qamrab olishi belgilandi.
442
Bugun mamlakatimizda islom tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari
443
o'rnatilgan bo'lsada, islom moliya xizmati biz uchun nisbatan yangi yo'nalish
444
hisoblanadi. Bilasizmi, men islom moliyasini o'rganish barobarida doim bu tizimni
445
yurtimizda rivojlantirishni orzu qilaman. Tan olishimiz kyerak, ko'p yillar davomida
446
bizda bunday sharoit deyarli bo'lmagan. Shu bois, Prezidentimizning Oliy Majlisga
447
yo'llagan Murojaatnomasida islom moliyaviy xizmatlarini joriy qilish uchun huquqiy
448
bazani yaratishning vaqti kelgani borasidagi so'zlari meni nihoyatda to'lqinlantirdi. Bu,
449
albatta, katta ishning boshlanishi. Men kabi ko'plab yoshlar endilikda islom moliya
450
xizmati yo'lga qo'yilishini orziqib kutmoqda. Hozirda bir qator banklar o'z darchalarini
451
ochish ustida ish olib bormoqda.
452
Kurs ishini bajarish jarayonida Islom iqtisodiyotida ishlab chiqarish faoliyatini
453
o’rganar ekanman, bu jarayonda O’zbekistonga islom iqtisodiyotining ta’sirini, ishlab
454
chiqarish sur’atlarini oshirishga va uni halol moliyalashtirish imkoniyatlarini o’rganib
455
quyidagi xulosalarga kelindi:
456
-
Islom iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqarish faoliyatini
457
takomillash
458
-
O’zbekistonda islom iqtisodiyoti rivojlantirish mexanizmini
459
yaxshilash
460
~ 30 ~
-
qishloq xo’jaligini modyernizatsiya qilish va jadal
461
rivojlantirish
462
-
Iqtisodiyotda islom iqtisodiyoti unsularini qo’llash va islom
463
taraqqiyot banki bilan hamkorligini rivojlantirish
464
-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish
465
-
investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz
466
iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb
467
etish.
468
-
Ishlab chiqarish sur’atlarini oshirish uchun Islomiy
469
moliyalashtirishni joriy etish, bu orqali tadbirkorlikka kata
470
imkoniyatlar yaratish
471
472
O’zbekiston rivojlanayotgan davlatlardan biri hisoblanadi.
Mamlakatning iqtisodiy
473
ochiqligi hamda investitsiyalar va biznes uchun jozibadorligi, barcha muammoli
474
masalalarni yakdillik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik asosida hal etishga intilish,
475
dunyoning yetakchi davlatlari va boshqa mamlakatlari bilan muvozanatli va o‘zaro
476
manfaatli aloqalar yuritish, siyosiy ishonch va xalqaro huquqqa rioya etilishi asosidagi
477
o‘zaro hamkorlikka intilish orqali yuqori davomiy o’sishga erishmoqda.
478
O’zbekistonning iqtisodiy o’sish surati, tanlagan modelining to’g’riligini hisobga olib,
479
ko’plab xorijiy olimlar tan olmoqda va unga “Osiyo bo’risi” nomi berilgan (“Osiyo
480
yo’lbarslar”ga hamohang tarzda). Ushbu o’sish sur’atini ekstensiv oshirish uchun
481
O’zbekiston islom iqtisodiyotiga katta e’tibor qaratishi, bu orqali ishlab chiqarish,
482
xizmatlar sohasini riojlantirishi mumkin deb hisoblayman.
483
484
~ 31 ~
Do'stlaringiz bilan baham: |