Islom iqtisodiyoti



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana15.02.2022
Hajmi0,52 Mb.
#450013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISH (1) (1) (1)

1.2. Ishlab 
chiqarishning 
samaradorligi 
va 
uning 
ko'rsatkichlari 
114 
Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy strategiyasi uzoq 
115 
vaqtga mo’ljallangan fundamental maqsadlarni o’rtaga qo’yish bilan bir qatorda, bu 
116 
maqsadlarga erishish vositalari, yo’llarini belgilashni ham o’z ichiga oladi. Bular 
117 
orasida ishlab chiqarish samaradorligini to’xtovsiz oshirib borish asosiy o’rinda turadi. 
118 
O’zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma’naviy 
119 
ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish, kalajakda esa, ularni mo’l-ko’l 
120 
yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy 
121 
olish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir. 
122 
Mustaqillikka erishilganligi, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyat 
123 
yaratilayotganligi, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab 
124 
chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o’ringa qo’ydi. Binobarin, 
125 
Respublika Prezidentining ma’ruza va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida 
126 
ishlab chiqarishning, jumladan, sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning 
127 
mohiyati va ahamiyati, dolzarb muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va intensiv 
128 
taraqqiyot yo’liga o’tkazish munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur 
129 
va har tomonlama tahlil etib berilmoqda. 
130 
Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil: miqdor va sifat, ekstensiv 
131 
va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo’r beruvchi, kuchaytiruvchi 
132 
omillar harakatda bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab chiqarish sohasi 
133 
kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish bo’ladi; agar yana 
134 


~ 11 ~ 
ham ko’proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari qo’llaniladigan bo’lsa, 
135 
intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga keladi. 
136 
O’zbekiston sanoatida ana shu ikki yo’ldan oqilona foydalanish natijasida ishlab 
137 
chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o’sib bormoqda. 
138 
Samaradorlik eng ko’p uchraydigan umumiy tushunchalardan biri bo’lib, iqtisodiy-
139 
ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy 
140 
ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o’qish va o’qitish samaradorligi, 
141 
davolash va davolanish samaradorligi, qabul qilingan qonun va qoidalar hamda 
142 
yechimlarning samaradorligi va hokazolar. 
143 
Samaradorlik sanoat ishlab chiqarish faoliyatining “ko’zgusi” hisoblanadi. Bu 
144 
“ko’zguda” ishlab chiqarishning barcha natijalarini ko’rish mumkin. Ma’lumki, har bir 
145 
tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs o’z ishlab chiqarish faoliyatida maksimum 
146 
foyda olishga intiladi. Buning uchun ma’lum xarajatlar qiladi. Ana shu foyda bilan 
147 
xarajatlar haftasidagi farq tarmoq va korxona faoliyatining “ko’zgusi” bo’lgan 
148 
samaradorlikda ko’zga tashlanadi. Ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab 
149 
chiqarish xarajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat. 
150 
Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o’rni mavjud. Bozor 
151 
iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqazo etadi. Tartibli bozorga asoslangan 
152 
iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko’p natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab 
153 
chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo’ladi: a) moddiy resurslar; b) 
154 
mehnat resurslari; v) moliyaviy resurslar; g) energetik resurslar; d) axborot resurslari; 
155 
ya’ni informatsion resurslar. Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish 
156 
samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini 
157 
oshirish yo’nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat ishlab chiqarishi 
158 
samaradorligini oshirishning aniq-ravshan yo’nalishlari Oliy Majlis tomonidan qabul 
159 
qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida 
160 
ko’rsatib berilgan. 
161 
Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun 
162 
mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish va ma’lum 
163 
miqdorda xarajat qilish kerak. 
164 


~ 12 ~ 
Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar 
165 
yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati 
166 
natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy 
167 
resurslarning o’zaro nisbatidir. 
168 
S = (natija/xarajatlar) = (natija/mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar)
169 
Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini farqlaydilar. 
170 
Samaradorlikni iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo’lish shartli bo’linish hisoblanadi. 
171 
Moddiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va mehnat xarajatlari bilan 
172 
bog’liq bo’lgan natijalarning hammasini iqtisodiy va ma’lum ma’noda, ijtimoiy samara 
173 
deb aytish mumkin. 
174 
Bu yerda: shuni eslatib o’tish kerakki, iqtisodiy va ijtimoiy tushunchalarning sun’iy 
175 
bo’lishi haqida bahslashish mumkin. Lekin, iqtisod ijtimoiy hayotdan tashqarida 
176 
bo’lmagani kabi, ijtimoiy hayot ham iqtisodsiz bo’lmaydi. Demak, ularni bir-biridan 
177 
ajratib bo’lmaydi. Chunki amalga oshirilgan har bir ish ayni vaqtda ham iqtisodiy, ham 
178 
ijtimoiy samara keltiradi. 
179 
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko’rsatadi. Masalan, 
180 
mahsulot ishlab chiqarish — boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, 
181 
mehnat sifatini oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara — material, mehnat, 
182 
pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan mikdor. U vaqtni tejash, qurilish 
183 
muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini tejash ish vaqtining zoe ketishini kamaytirish, 
184 
mablag’lar oborotini tezlashtirish, mahsulot yetishtirish hajmini o’stirish, ishlar sifatini 
185 
yaxshilash va boshqa natijalar bilan tavsiflanadi. 
186 
Ijtimoiy samaradorlik shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradigan 
187 
tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini ifodalaydi. U mehnat va turmush sharoitlari 
188 
yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va asosiy oziq-ovqat, sanoat 
189 
tovarlarining aholi jon boshiga iste’mol qilinishi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan 
190 
beriladigan nafaqa va imtiyozlar, kadrlar tayyorlash bo’yicha xarajatlarning o’sishi bilan 
191 
tavsiflanadi. 
192 


~ 13 ~ 
Ushbu samaralar ishlab chiqarishning o’zida vujudga kelayotganini va birlashib 
193 
bajarilgan mehnat tufayli ishlovchilar o’rtasidagi munosabatlar ta’riflanishini nazarda 
194 
tutsak, ularni ijtimoiy-iqtisodiy samara deb atasak bo’ladi. 
195 
Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati uning mezoni va ko’rsatkichlar tizimida aks 
196 
etadi. 
197 
Mezon masalasi iqtisodiy samaradorlik nazariyasining eng muhim sohasi 
198 
hisoblanadi. Falsafiy ma’noda mezon - bu, asosiy o’lchov, muhim farqli belgi, asosiy 
199 
nuqtai nazardir. Shular asosidagina u yoki bu sohadagi bizning bilimlarimizning 
200 
ob’ektiv haqiqatligini, to’g’riligini va ishonchliligini aniqlash, haqiqatni 
201 
anglashmovchiliklardan farq qilish mumkin. 
202 
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadiga erishish uchun barcha resurslardan oqilona 
203 
foydalanish, tayyorlanadigan mahsulotning har bir birligiga sarflanadigan harajatlarni 
204 
kamaytirish kerak. Demak, samarani o’lchaganda mezon sifatida jami ijtimoiy mehnatni 
205 
tejash, uning unumdorligini oshirish qabul etiladi. 
206 
Ishlab chiqarishning umumiy (mutloq) samaradorligi deganda, xarajatlar va 
207 
resuralarning ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning 
208 
umumiy miqdori tushuniladi. 
209 
Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi xarajatlar va resurslarning ayrim 
210 
turlaridan foydalanish darajasini aniqlash va baholash uchun qo’llaniladi va umuman, 
211 
xalq xo’jaligi bo’yicha, tarmoqlar, korxonalar, kapital qurilish ob’ektlari bo’yicha 
212 
hisoblab chiqiladi. Bunday samaradorlikni aniqlash xarajatlar va resurslar samaradorligi 
213 
darajasini, samaradorlikning asosiy yig’imlarini aks ettiruvchi differentsiyalangan 
214 
ko’rsatkichlarni hisoblab chiqishga asoslanadi. Bunday ko’rsatkichlarga ishlab 
215 
chiqarishning yoki unda tayyorlanadigan mahsulotning mehnat sig’imi, material 
216 
sig’imi, fond sig’imi, kapital sig’imi kiradi. 
217 
Mehnat sig’imi milliy daromad, sof, yalpi, tovar mahsulotning yoki natural shaklda 
218 
ifodalangan mahsulot birligiga sarflangan xarajat miqdorini tavsiflaydi. 
219 
Mahsulotning sermehnatliligi - muayyan turdagi mahsulotni (masalan, bitta 
220 
traktorni, kostyumni yoki ko’ylakni) ishlab chiqarishga sarf bo’lgan ish vaqti miqdorini 
221 
ifodalovchi ko’rsatkichdir. 
222 


~ 14 ~ 
Mehnat sig’imining uch turi bo’ladi: texnologik, to’la va xalq xo’jaligi mehnat 
223 
sig’imi. Mehnat sarfini hisobga olish jihatiga qarab, u yana uch turga: rejali mehnat, 
224 
normativ mehnat va haqiqiy (amaldagi) mehnat sig’imlariga bo’linadi. 
225 
Mehnat sig’imi bevosita sarf (asosiy hodimlar sarf qilgan mehnat) bo’yicha, to’la 
226 
sarf (yordamchi hodimlar sarf qilgan mehnat) bo’yicha hamda umumiy ijtimoiy 
227 
mahsulot yoki milliy daromad qiymatiga nisbati bilan belgilanadi. Ayrim komplekslar 
228 
va ularning tarmoqlarida, korxonalarda esa, moddiy sarflar mikdorining qiymatiga 
229 
nisbatan belgilanadi: 
230 
Ms = Mx/Tmx
231 
Ko’pincha amaliyotda mehnat sig’imining boshqacha ma’nosini bildiruvchi mehnat 
232 
unumdorligi (Mu) ko’rsatkichidan foydalaniladi: 
233 
Mu =Tmx/Mx 
234 
Mehnat unumdorligi - inson mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko’pmi 
235 
mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir. 
236 
Ishlab chiqarishning material sig’imi — maxsulot (ish bajarish yoki xizmat 
237 
ko’rsatish) birligiga ketadigan va unda ifodalanadigan moddiy resurslar (xomashyo, 
238 
asosiy va yordamchi materiallar, sotib olinadigan bo’tlovchi buyumlar va 
239 
yarimfabrikatlar, yoqilg’i va energiya) yalpi sarfini tavsiflovchi ko’rsatkichdir. 
240 
Ishlab chiqarishning fondtalabligi mahsulot birligiga (natural yoki qiymat doirasida) 
241 
to’g’ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarini tavsiflovchi ko’rsatkichdir. Fond 
242 
sig’imi (Fs) asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning samaradorligini ko’rsatadi 
243 
va bu fondlar o’rtacha yillik qiymatining (F) mahsulot hajmiga (Mx) nisbatini 
244 
ifodalaydi: 
245 
Fs =F/Mx 
246 
Bu midqorning teskarisi fond samarasi (natijasi) yoki fond qaytimi (Fk) deb 
247 
yuritiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
248 
Fk =Mx/F 
249 
Ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini baholashda kapital qo’yilmalardan 
250 
foydalanish ko’rsatkichlari ishlab chiqarish fondlarini qayta takror ishlab chiqarishning 
251 
yangi asosiy va aylanma fondlarini yaratish uchun zarur bo’lgan jamg’arma fondlari 
252 


~ 15 ~ 
samaradorligini tavsiflaydi. Bunday ko’rsatkichlardan eng muhimi kapitaltalablik yoki 
253 
kapital sig’imi hisoblanadi. Bu ko’rsatkich (Ks) kapital mablag’lar (K) yordami bilan 
254 
tayyorlangan mahsulotning ko’paygan qismiga nisbati bilan ifodalanadi: 
255 
Ks =K/∆ Mx 
256 
Yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator tabaqalashtirilgan (differentsiyalangan) 
257 
ko’rsatkichlar ishlab chiqarish samaradorligini baholash va tashkil etishda muhim o’rin 
258 
egallaydi, xarajatlar va resurslar asosiy turlarining qaytarib berilishini tavsiflaydi. 
259 
Lekin, faqat bu ko’rsatkichlar aso sida ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi 
260 
o’zgarishiga baho berish qiyin, chunki ular o’zgarishning xarakteri va dinamikasini 
261 
taqqoslay olmaydi. Undan tashqari, ba’zi davrlarda ular har xil yo’nalishda o’zgaradilar. 
262 
Masalan, sanoatda mehnat unumdorligi juda sekinlik bilan oshmoqda. 
263 
Iqtisodiy samaradorlikni rejalashtirish va tahlil etish nafaqat xarajat va resurslar 
264 
asosiy turlaridan foydalanish darajasini tahlil etishni, balki uning butunlay o’zgarishini, 
265 
yig’indi (integral) samaradorligini baholashni ham o’z ichiga oladi. Mana shu maqsadda 
266 
iqtisodiy samaradorlikning umumlashtiruvchi, kompleks ko’rsatsichlari hisoblab 
267 
chiqiladi va ishlab chiqarishning oqibat-natijalari shu ko’rsatkichlar yordamida tahlil 
268 
etiladi. Bunday ko’rsatkichlar turli xarajatlar va resurelarning darajasini yig’ilgan turda, 
269 
har xil omillarning ta’sirini hisobga oladi. 
270 
Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bog’liq bo’lgan 
271 
omillar ta’sirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va korxona 
272 
uchun uning texnik-iqtisodiy xususiyati sababli samaradorlikni oishrishning o’ziga xos 
273 
omillari mavjud. 
274 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning juda ko’p, xilma-xil omillari va asosiy 
275 
yo’nalishlari mavjud. Barcha omillar uch belgiga asosan guruhlarga bo’linishi mumkin: 
276 
manba bo’yicha, ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy 
277 
yo’nalishlari bo’yicha, omillarning o’rni va amalga oshirish darajasi bo’yicha. 
278 
Omillarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbalari bo’yicha tasniflash 
279 
nimalar hisobiga ijtimoiy mehnatni tejashga erishish mumkinligini yoki erishilganligini 
280 
aniqlashga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan asosiy omillarga quyidagilarni kiritish 
281 
mumkin: mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, fond sig’ami hamda kapital 
282 


~ 16 ~ 
mablag’ talablikni kamaytirish, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni 
283 
tejash. Lekin bunday tasniflash talabga javob bermaydi. Bu savollarga javob topish 
284 
uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarini ishlab chiqarishni 
285 
rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari bo’iicha guruhlash kerak. 
286 
Ular ijtimoiy mehnatni tejashga qaratilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-
287 
tadbirlar kompleksidan iborat. Bu yo’nalishlar g’oyat xilma-xildir. Eng muhimlariga 
288 
quyidagilar kiradi: 
289 
-ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash; 
290 
-fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning texnik-
291 
iqtisodiy darajasini ko’tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish muddatini 
292 
qisqartirish; 
293 
-ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va hududiy 
294 
joylashtirish darajasini oshirish; 
295 
-boshqarishning strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda 
296 
rag’batlantirish tizimini takomillashtirish; 
297 
-inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va 
298 
tashabbusini oshirishni yo’lga qo’yish. 
299 
Sanoat ishlab chiqarishini erkinlashtirish tarmoqda islohotlarni chuqurlashtirish 
300 
samaradorlikni oshirishning asosiy yo’nalishi hisoblanadi. 
301 
Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi yo’llaridan yana 
302 
biri fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishdir. Texnik va texnologik omil mehnat 
303 
unumdorligini o’stirishning kamida uchdan ikki qismini ta’minlaydi. 
304 
Ma’lumki, iqtisodiy taraqkiyotning turli bosqichlarida texnika taraqkiyotining 
305 
xarakteri va mazmuni o’z xususiyatlariga ega bo’ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga 
306 
o’tish natijasida fan-texnika taraqqiyoti undagi mikdoriy o’zgarishlargagina emas, balki 
307 
ko’proq sifat o’zgarishlariga qaratiladi. Umuman, samaradorlik iqtisodiyotdagi sifat 
308 
o’zgarishlari bilan bog’liqdir, bu talab fan-texnika taraqqiyotiga ham to’liq joriy etiladi. 
309 
Sanoat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini yuqori darajaga 
310 
ko’tarishda inson omilining roli beqiyosdir. Insonlarning tashabbusi, kuch-g’ayrati, jonli 
311 
ijodiyoti har qanday taraqqiyotning qudratli kuchi va eng muhim manbai hisoblanadi. 
312 


~ 17 ~ 
Shu sababli ham insonni jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi deb aytadilar. U 
313 
barcha yangiliklarni, shu jumladan, yangi, ilg’or texnika-texnologiyalarni yaratadi, 
314 
ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy va amaliy kashfiyotlar qiladi. Barcha 
315 
ishlab chiqarish vositalari inson mehnati bilan harakatga keltiriladi, foydali narsalar 
316 
hosil qilinadi. Biroq inson faqat asosiy ishlab chiqaruvchi kuchgina emas, shu bilan 
317 
birga ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti hamdir. Odamlar 
318 
faoliyati shu munosabatlar orqali ruyobga chiqadi. Bu faoliyat yo’nalishi va natijalari 
319 
hodimning o’z faoliyatida qanday o’y-fikrlarga, tasavvurlarga, maqsadlarga, hayotiy 
320 
yo’l-yo’riqlarga, muddaolarga va psixologik e’tiqodlarga amal qilishiga bog’liq. SHu 
321 
sababli inson omilining mohiyati, ahamiyati va mazmuni tahlil etilganda gap faqat inson 
322 
haqidagina emas, balki avvalo inson yashab, mehnat qilayotgan ijtimoiy 
323 
munosabatlarning butun tizimi bilan belgilanuvchi ijtimoiy sifatlar, faoliyatni 
324 
rag’batlantiruvchi omillar va muddaolar haqida borishi kerak. 
325 
326 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish