Islom huquqida jinoyat va jazo bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy qoidalar
Turli mazhablar uchun umumiy bo‘lgan ta’limotlarga ko‘ra, jiddiy hisoblangan har qanday gunoh- jinoyat islom taqiqlarini buzganlik uchun jazoga loyiq xatti- harakatlar sifatida qaralishi kerak bulgan. Bu taqiqlar islom asoslarini, xususan uning xukuqiy tamoyillari va me’yorlarini, besh asosiy kadriyat din, hayot, aql, naslni davom ettirish va mulkni himoya qilishga qaratilgan. Burxonuddin Marginoniyning «Hidoya» asarida jinoyat deb, qonun tilida shaxsga va mulkka qarshi qaratilgan qonun bilan taqiqlangan qilmish tushuniladi, deb ko‘rsatilgan. «Muxtasar» nomli asarda «jinoyat» so‘zi lugatda jinoyat va gunoh ma’nosini, shariat istilohida odamning joniga jazolariga zarar keltirish ma’nosini bildiradi. Islom jinoyat hukuqida keng tarqalgan tasnifga kӳra barcha xuquqbuzarliklar uch guruhga bulinadi: 1) «Allox huquqi»ga (ya’ni butun musulmon jamoasi manfaatlariga) tajovuz qiladigan va aniq gan sanksiya - «hadd» bilan jazolanadigan jinoyatlar; 2) qayd etilgan jazoga («kisas, «kavad» yoki «diya») tortishga sabab buladigan, lekin ayrim shaxslarning hukuklarini buzadigan jinoyatlar; 3) aniq jazo chorasi belgilab kuyilmagan, «Alloh xukuklari»ga ham (diniy majburiyatlarni har kanday tarzda buzish), shaxsiy manfaatlarga ham daxl etishi mumkin bulgan boshqa hamma huquqbuzarliklar («a-hloq tuzatish jazolari»-«ta’zir»ga tortiladigan yengil hukuqbuzarliklar) . Hadd (arab., ko‘plikda- «hudud», ya’ni «chegara») bilan jazolanadigan jinoyatlar - bu Kuronda tegishli jazo nazarda tutilgan qilmishlardir. «Hudud» yoki «chegara» atamasi musulmonlarning Mukaddas kitobidan olingan: «Bu Allohning qonun- chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilib O‘tmangiz! Kim Alloh chegaralaridan tajovuz qilib o‘tsa, ana o‘shalar zolimlardir». Islom xukuqshunoslari tafsiriga kӳra, bunday qilmishlar Allohga qarshi jinoyat bulib, ular uchun jazo berish «Allohning haqqi» hisoblanadi. Ushbu toifaga kiritilgan jinoyatlar orasida quyidagilar bor:
-zino;
-tuhmat (kazf);
- mayxo‘rlik (xamr);
- o‘grilik (sirkat);
- dindan qaytish (ridda);
-isyon (mufsid).
Fiqhda ayrim shaxs emas, balki oila jinoyat huquqining sub’yekti hisoblanadi. Odam o‘ldirishga jamiyatga qarshi emas, balki o‘ldirilgan shaxsning oilasiga qarshi sodir etilgan jinoyat sifatida qaraladi. Shu bilan bir qatorda, o‘rganilgan nazariy manbalarda odam uldirish jinoyatining beshta turi: 1) qasddan uldirish; 2) qasdga o‘xshash o‘ldirish; 3) beqasd o‘ldirish; 4) xato-yanglish o‘ldirish; 5) biron sabab bilan o‘ldirish turlari va tushunchalari ham aniq ko‘rsatilgan. Qiyos yangi paydo bulgan masalaning sababini Qur’oni Karimda, Sunnada va Ijmo’da o‘z yechimini topgan masalalarining sabablariga solishtirish yo‘li bilan unga hukm chiqarishga imkon beradi. Islom huquqida jazo bo‘yicha qabul killingan qoidalar jinoyat va quyidagilardir:
1. Jazo qonunlarini utmishga qaratish ("atf" va "mosabok")
2. "Qasos" yoki qilingan ishga o‘xshatib "mukobala" kilish qoidasi.
3. Islom xukuki jazo tizimida rioya kilinadigan qoidalardan biri "mas’uliyatning shaxsiy erkinligi" hisoblanadi.
Islom qonuni orkali ikki xil jazo mavjud: 1. Eng muhim va xatarli jinoyatlar uchun islom shariatida nazarda tutilgan jazolar. Bunday jazolar "Xudud" deb ataladi, 2. Yengil va ahamiyati uncha katta bulmagan jinoyatlar uchun muayyan jazolar belgilanmagan. Ular uchun jazo tayinlash vakolati kozi zimmasiga yuklatilgan, Bunday jazolar islom huquqida "ta’zerat" (tazirlar) deyiladi. Ta’zir jamoat tartibini buzganlik (hokimiyat vakillariga buysunmaslik, bezorilik, kissavurlik, mayda firibgarlik va sh.k.) uchun tayinlanadigan jazo. U sud xukmiga binoan, xukmdor yoki mirshablar boshlig‘i (muxtasib) qaroriga ko‘ra tayinlanadi. Ta’zir - qamchi yoki kaltak bilan 5 tadan 39 tagacha darra urish yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish yoki jarima solish. Ta’zirda darra urish hadd jazosidagi kabi amalga oshiriladi. Qilmishning og‘irligi va aybdorning shaxsiga qarab, ta’zir chorasi sifatida jamoatchilik izzasi, qozi yoki hukmdorning ogoxlantirishi, tartibga chaqiruvchi suhbat va boshqa ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin. Taьzir muqarrar tarzda aybdorning tavba qilishi, uzr so‘rashini nazarda tutadi, og‘irroq hollarda esa, u qilgan gunohi uchun evaz to‘lashi (kafforat) lozim. Jinoiy qilmishlar ham, boshqa taqiqlangan, qoralanadigan va nomaqbul amallar ham islom huquqida «Alloh chegaralari»ni buzish deb baholanadi. «Ey, Payg‘ambar, kachonki, sizlar (mo‘minlar) xotinlaringizni talok qilsangizlar, ularning iddalarida (poklik paytlarida) taloq qilinglar va iddani sananglar! Rabbingiz - Allohdan qo‘rqinglar! (Idda tugaguncha) ularni (yashab turgan) uylaridan (haydab) chiqarmangizlar va ular ham o‘zlaricha chikib ketmasinlar. Faqat ular ochiq fahsh (buzuqlik yoki idda o‘tmay chiqib ketish kabi) ishni qilsalargina (uylaridan chiqarilurlar). Bu Allohning chegaralaridir. Kimki, Alloh chegaralaridan tajovuz qilib utsa, demak, u uziga zulm qilibdi. Siz bilmassiz, ehtimol, Alloh bu (talok)dan keyin biror ishni paydo qilar». (Qur’oni Karim, «Taloq» surasi, 1-oyat). Musulmonlarning mukaddas kitobida Allohning buzib bo‘lmay digan qonun- chegaralari mavjudligi ta’kidlangan. Bu qonun-chegaralar deganda ijtimoiy-huquqiy va oila-ro‘zg‘or munosabatlarini buzishning turli-tuman shakllari taqiqlanishi nazarda tutiladi. Islom jinoyat huquki tadkiqotchilari yakdillik bilan o‘g‘rilikni Qur’onda og‘ir jazo belgilangan jinoyatlar qatoriga kiritadilar: «38.O‘g‘ri erkakni va o‘g‘ri ayolning - qillmishlariga yarasha jazo va Allohdan azob sifatida-ko‘llarini kesinglar! Alloh qudrat va hikmat egasidir. 39. Kimki (bu) zulmidan keyin tavba qilsa va (O‘zini) tuzatsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul etadi. Albatta, Alloh mag‘firatli va marhamatlidir». (Qur’oni karim, «Moida» surasi). Islom huquqida belgilantan jinoyatlar va boshqa xukukbuzarliklar uchun jazolarni to‘rt asosiy guruhga ajratish mumkin:
1) O‘xshash amal bilan uch (qasos) olish: odam uldirganlik uchun o‘ldirish, haqorat qilganlik uchun- haqorat qilish, badanga shikast yetkazganlik uchun- badanga shikast yetkazish;
2) to‘kilgan qon evaziga hak yoki jarima (diya) to‘lash, u odam uldirish uchun ham, badanga shikast yetkazish uchun ham belgilanishi mumkin;
3) qiyos asosida qonunga binoan belgilanadigan jazo;
4) shariat sudyasi (qozi) ishni ko‘rib chikib tayinlaydigan jazo.
Diya - xun haqi, odam uldirganlik, badanga shikast yetkazganlik yoki jarohatlaganlik uchun tӳlanadigan tovon puli. Diya masalalari fiqhning barcha bulimlarida ko‘ribchikiladi, lekin asosan uqubot bulimida sharhlanadi. Islom xukuqshunosligi koidalaridan biri ikki norma to‘qnashgan holda, qo‘llanilishi kamrok kuch tayrat talab qiladigan norma ustun qo‘yilishini nazarda tutishi bejiz emas. Insonga tanlash erkinligini beruvchi mazkur yondashuv, agar Qur’on va Sunnada boshqa qoida nazarda tutilgan bulmasa, amallar, so‘zlar va narsalarni baholash mezoni ijozat hisoblanadi, degan mashhur islom huquqiy aksiomasi bilan ham mustahkamlangan. Shuni ta’kidlash zarurki, ayrim diniy majburiyatlarni bajarmaganlik va axloq qoidalariga rioya qilmaganlik uchun uqubot (jinoyat huquqi)da sof yuridik jazolar nazarda tutilgan. Boshqacha qilib aytganda, o‘z mazmuniga kӳra diniy urf yoki axloqiy qoida xususiyatiga ega bulgan, yuridik sanksiya bilan quvvatlangan va davlat tomonidan himoya kilinadigan normalar ba’zan hukuqiy normalar sifatida amal qiladi. Masalan, islom huquqiga ko‘ra, mazmunan axloqiy normalarni buzish bilan bog‘liq har qanday «gunoh» islom sudi tomonidan jazolanishi mumkin.
Inson huquqlari masalasining hadislarda berilishi bejiz emas. Chunki, islom dinida insonning sha’ni, qadr-qimmati yuksak darajaga ko'tarilgan bo'lib, uni tahqirlashga qaratilgan har qanday urinish qoralanadi. Islomda barcha mo'min-musulmonlar Allohning bandalari ekanligi va ular Alloh taolo oldida teng huquqqa ega ekanligi, Alloh taolo o'z bandalarini ulaming qilmishlariga yarasha himoya qilib turishi to'g'risida muhim g'oyalar ilgari suriladi1.Islomda Alloh taolo har bir mo'minning haq-huquqini kamsitmaslik va uni oshirib ham yubormaslikni buyurishi haqida muhim ma’lumotlar beriladi. Ulamolaming ta’biriga qaraganda, islomda insonning haq-huquqlari o'nta bo'lib, ular:
1. Alloh taoloning haq-huquqlari;
2. Payg'ambar alayhissalomning haq-huquqlari;
3. Ota-onaning haq-huquqlari;
4. Farzandlaming ota-onalardagi haq-huquqlari;
5. Qarindosh-urug'laming haq-huquqlari;
6. Er-xotinning haq-huquqlari;
7. Hokimiyat va raiyatning haq-huquqlari;
8. Qo'shnining haq-huquqlari;
9. Musulmonlaming haq-huquqlari;
10. G'ayridin xalqlaming haq-huquqlaridan iborat.
Bu haq-huquqlarda insonning jamiyatdagi huquq va burchlari islom va shariat qonun-qoidalari asosida ko'rsatib beriladiki, ulardan foydalanishda har bir inson to'la erkinlikka egadir. Bunday erkinlik insonlarga Alloh taolo tomonidan berilgan bo'lib, uni tahqirlashga qaratilgan har qanday urinish inson huquqlarini kamsitishdan boshqa narsa emas.Islom ulamolari tomonidan tasnif qilingan haq-huquqlar orasida eng muqaddasi - bu Alloh taoloning haq-huquqlaridir. Alloh taolo tomonidan insonlaming tinch va osoyishta hayot kechirishlari, ulaming o'ziga va bir-birlariga yaxshi munosabatda bo'lishlari, hech kimning haq-huquqini kamsitish mumkin emasligi to'g'risidagi vahiylari Qur’oni Karim oyatlari orqali nozil qilingan.Musulmonchilik haq-huquqlari orasida Payg'ambar alayhissalomning haq-huquqlari ham Alloh taolo haq-huquqlaridan keyingi oliy haq- huquq hisoblanadi. Chunki, payg‘ambarimizning barcha amallari va pand-nasihatlari, ul zotning yo'riqlari insonning haq-huquqlarini hurmat qilish va uni kamsitishga yo‘l qo'ymaslikdan iborat. Inson huquqlari masalasi islomda shuhrat qozongan tasavvuf ilmining asosini tashkil etadi. limning bu turi Sharqda keng tarqalgan bo‘lib, 0 ‘rta Osiyoda uning vujudga kelishi va rivojlanishiga Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G ‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahror singari buyuk siymolar katta hissa qo‘shdilar. Ulaming ta’limoti islomda tariqat (Tariqat - islomda yo‘l-yo‘riq, yo‘nalish degan ma’nolami anglatadi) deb atalib, bu tariqatlarda falsafiy diniy-axloqiy, huquqiy masalalar to‘g ‘risidagi muhim g‘oyalar ilgari suriladi. Bu tariqatlardagi g'oyalar uzoq yillardan buyon insonning jamiyatdagi o'z haq-huquqlarini anglab olishlarida va uni himoya qilishlarida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.Yassaviy, G'ijduvoniy, Naqshbandiy tariqatlarida insonning shaxsiy va ijtimoiy huquqlari masalasi insonning Alloh taolo va uning rasuli Muhammad alayhissalom oldidagi tengligi misolida bayon qilinadi. Islom tariqatlarida har bir kishining dinga e ’tiqod qilishi, uning foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, ilm olishi, aybsiz jazolanmasligi, qiynoqqa solinmasligi singari masalalar bo‘yicha ilgari surilgan g‘oyalar muhim ahamiyatga egadir. Alisher Navoiy o'zining “Nasoyim ul-muhabbat” asarida mo'minmusulmonlaming dinga e’tiqod qilish huquqiga ega ekanligi to‘g ‘risida Naqshbandiya tariqatida berilgan fikrlarga yuqori baho beradi. Uning yozishicha, Bahouddin Naqshband islom shariatiga va uning talablariga rioya qilish ixtiyoriy ekanligini qayd qiladi va bu talablaming ijrosida insonning qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘yib bo'lmasligi zarurligini ta’kidlaydi3.T asaw uf ilmida bir qancha yo'nalish bo‘lib, ulaming islomda birmuncha keng tarqalgan yo‘nalishlaridan biri Naqshbandiya tariqatidir. Unda ilgari surilgan “dil ba yom dast ba kor” (dil - Allohda, qo‘l - ishda) mavzusidagi g‘oya insonni mehnat qilishga undash bilan birga, uning mehnat qilish huquqiga ega ekanligini ham bildiradi. Haqiqatan ham, Naqshbandiya ta’limotiga amal qilgan kishilar halol mehnat bilan kun kechirish, Allohning marhamatlaridan bahramand bo‘lish, o‘z oilasini obod qilish, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish va boshqa shular singari shaxsiy va ijtimoiy huquqlardan foydalanishga harakat qilganlar.T asaw uf ilmida musulmonlik haq-huquqlariga doir masalalar o'zining chuqur ifodasini topgan. Alloh oldida barchaning tengligi g‘oyasi tasaw uf il-mining asosini tashkil qilganligi uchun ham unda Alloh taolo va uning rasuli Muhammad alayhissalomning haq-huquqlari juda keng va chuqur ifodalab berilgan.Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Abduxoliq G ‘ijduvoniyning “Vasiyatnoma”, Imom G ‘azzoliyning “Oxiratnoma” asarlarida inson zoti Alloh buyurgan amallami bajarish bilan uning oldidagi o‘z haqini ado etishi, Alloh va uning payg‘ambari Muhammad alayhissalomning inobati bilan berilgan shariat huquqlaridan foydalanishi va shu yo‘l bilan har bir m o‘min komil inson bo‘lib hayot kechirishi mumkinligi to‘g ‘risida qimmatli flkrlar yozilgan. Shuningdek, ulaming asarlarida ota-onalaming, farzandlaming, qarindosh-umg‘laming, em xotinning, davlat rahbarlari va raiyatning, qo'shnilaming haq-huquqlari o ‘zining aniq ifodasini topgan.Insonning erkin bo‘lishi g‘oyasi tasvvuf ilmining asosini tashkil etadi. Chunki, tasaw ufda insonning xatti-harakatlari, uning jamiyatdagi mavqei qanday bo‘lishi mumkinligi Alloh taoloning irodasiga bog'liq ekanligi bilan asoslab beriladi. Har bir insonning Alloh taolo visoliga yetishi g'oyasi tasavvuf ilmida uning insonga xos bo'lgan haq-huquqlaridan biri sifatida qaraladi. Bu huquq islomda shariat talablariga asoslangan bo'lib, unga to'sqinlik qilish Alloh taologa shak keltirish bilan barobardir. Shuning uchun ham, tasavvuf ilmining namoyandalari o'zlarining asarlarida musulmonlik haq-huquqlari orasida insonning Alloh taologa iymon keltirishi zarurligini ta’kidlaydilar.Tasavvuf ilmining yetuk namoyandalaridan biri Ahmad Yassaviy o'zining “Hikmatlar” asarida har bir inson Alloh taoloning visoliga yetish huquqiga ega ekanligini ko'plab hayotiy misollar asosida tushuntirishga harakat qilgan. Shuning bilan birga, Yassaviyning tasaw uf ilmidagi qarashlari uning har bir insonning kiyim-kechakka, uy-joy ga ega bo'lish singari huquqlarga ega ekanligi g'oyasi bilan ham chambarchas bog'lanib ketgan. Insonga zulm qilmaslik, tazyiqqa duchor etmaslik, shaxsiy hayotiga aralashmaslik singari insonparvarlik g'oyalari Yassaviy hikmatlarida o'zining chuqur ifodasini topgan.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda islomda huquqning paydo bo‘lishida unga bo‘lgan zaruriyat sababchi bo‘ladi. Musulmonlar o‘zlari hohlagan dinga ibodat qilish uchun jamiyatda qullik va tabaqaga ajratishlikka qarshi kurashish natijasida huquq paydo bo‘ldi. Quroni Karim, sunna va payg‘ambarimiz(s.a.v)ning ko‘rsatmalari asosoiy manbalar qilib olingan. Birovning haqqiga hiyonat qilmaslik, o‘g‘irlik, o‘zga qabilalar va xalqlar bilan olib boriladigan munosabatlar, yerga mulkga egalik qilish, qaror chiqarilayotganda ham har bir qabiladan bir vakil qatnashib va xalqning roziligini so‘rab qaror qabul qilingan. O‘sha paytdayoq islom olamida demokratiya paydo bo‘lgan. Hammaning alloh oldida tengligi g‘oyasiga asoslanilgan. Zodagon yoki oddiy odam, boy yoki kambag‘alga bir hil hukm chiqarilgan. Jamiyatda ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar musulmonlar teng bo‘lishgan. Islom huquqi jazoning keskinligi bilan ajralib turadi. Hozirda qamoq jazo beriladigan o‘g‘irlik uchun islomda o‘g‘irining qo‘lini kesish bilan jazolangan. Barcha qonun qoidalar qat‘iy bo‘lgan. Birovni o‘ldirganlik uchun o‘lim jazosi yoki xun olish uchun imkon berilgan. Bunday qat‘iy jazolar bo‘lishiga asosiy sabab insonlarni to‘g‘ri yashashi va jinoyat qilishdan qo‘rquv paydo bo‘lishi uchun bo‘lgan. Jinoyatga hukmni qozilar yoki qozi sudlari chiqarganlar. Ukar har ikkala tomonni eshitib dalillarga asoslanib hukm chiqarganlar. Lekin vaqtlar o‘tib insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi natijasida yangi qonunlar qabul qilishga to‘g‘ri keldi. Shariat ulamolari Quroni karim, sunna, ijmo va qiyosga asoslaninb fatvolar berib kelishayapti. Islom huquqi faqatgina islom davlatlaridagina amal qiladi. Lekin uning keskin qarorlariga hozirgi kunda noroziliklar paydo bo‘lmoqda. Agar islom huquqi tadbiq qilinadigan bo‘lsa, mening fikrimcha jinoyatchilik keskin kamayishiga olib keladi, jinoyatchilikni oldini oladi, jamiyatdagi barcha chirkin jinoyatlarga barham beradi. Poraxo‘lik, boshliqlarning o‘z qo‘li ostidagilarga mas‘ulligi va ularning haqqiga hiyonat qilmaslikari kabi masalalarga yechim olib kela oladi deb o‘ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar
1 Inson huquqlari. 0 ‘quv qo'llanma. /X.Boboyev tahriri ostida. - Т.: O'zbekiston, 1997. - B. 50.
2 Islom huquqshunosligi. Abdulhakim Shar'iy Juzjoniy
3 Inson huquqlari. Mo‘minov Abdulxay Rashidovich. "Adolat" 2013
4 M. Radjabova. Shariatda jinoyat va jazo. T."Adolat" 1996
Foydalanilgan elektron resurslar
Www.wikipedia.com
Www.arxiv.uz
Www.aim.uz
Www.referat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |