Islom huquqi va jinoyat va jazo


II.Bo‘lim. Islom huquqida jinoyat va sud ishlari



Download 128 Kb.
bet5/6
Sana29.06.2021
Hajmi128 Kb.
#104466
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5388595419875904200

II.Bo‘lim. Islom huquqida jinoyat va sud ishlari

Shariatga binoan jinoyat huquqi va sud ishlarining yuritish tartibi

Islom huquqida mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar muhim o'rin tutadi. Unda avvalo mulkka ashyoviy huquq obyekti sifatida qarash mustahkamlangan. Musulmonlarning xususiy mulki hisoblanmaydigan' ashyolar - havo, dengiz, cho'l-dashtlar, machitlar, suv yo'llari va boshqalar alohida turkumdagi ashyolarni tashkil etgan.

Shuningdek, «harom ashyolar» - vino, cho'chqa go'shti, islomga zid kitoblar va hokazolar ham musulmonning mulki emas, deb hisoblanadi. Shu sababli arablarning bosqinchilik yurishlari davomida ko'pincha bunday mulklar yo'q qilingan. Lekin bu yerda shuni aytib o'tish kerakki, nomusulmonlarga tegishli mol-mulklarni nobud qilish masalasida islomdagi mazhablar o'rtasida turlicha qarashlar mavjud.

Musulmon huquqshunoslari yer mulkini tasniflashtirishga katta e'tibor beradilar. Yer mulkchiligining quyidagi shakllari ajratib ko'rsatiladi: davlat yerlari, xususiy egalikdagi yerlar, jamoa yerlari va vaqf yerlar. Bulardan tashqari muqaddas yerlar ham mavjud bo'lib, ular hijoz deb atalgan. Bunga Rasululloh (S.A.V.)ning oyoqlari tekkan yerlar, ya'ni u yashagan joylar kiradi. Bunday yerlarga boshqa dindagilarning kirishi man etilgan. Bu yerlarda faqat musulmonlar yashashlari mumkin bo'lib, daraxtlarni kesish, ovchilik qilish mumkin emas edi va hokazo. Tarixiy va yuridik manbalarda ko'rsatilishicha, arab va boshqa musulmon mamlakatlarida ma'lum xizmatni bajarish evaziga feodallarga beriladigan yerlar ham mavjud bo'lib, bu shartli yer egaligi hisoblangan va iqto yerlari deb yuritilgan. Bunday yerlar egasi (iqtador) o'z hokimiyati ostidagi aholidan o'z hisobiga o'lpon va soliqlar yig'ish huquqini olgan. Iqto vaqt o'tishi bilan meros tariqasida o'tkazila boshlangan va xususiy egalikdagi mulk bo'lib qolgan. Dastlab ichiladigan suvlar, havo singari umumiy foydalaniladigan mulk hisoblangan. Lekin quduqlar, hovuzlar va mayda ko'llar asta-sekin yirik yer egalariga o'tib borgan. Faqat katta daryolar va ko'llar ilgarigidek jamoa va davlat mulkchilik tizimiga kirgan. Chunki buni mansabdor shaxslar nazorati ostida amalga oshiriladigan birgalikdagi irrigatsiya ishlarini o'tkazish zaruriyati taqozo qilardi.

Shariatda mulk huquqining vujudga kelish usullari batafsil belgilangan. Bunda turli mazhab vakillari turli fikrlar bildirganlar. Masalan, arablarning ko'pdan-ko'p bosqinchilik yurishlari harbiy o'ljalarning huquqiyligi yoki huquqiy emasligi masalasini ktin tartibiga qo'ygan va bu shariatda umumiy mulk huquqining kelib chiqish usullaridan biri sifatida tan olingan. Bosib olingan yerlar umumiy qoida bo'yicha davlat mulki hisoblangan va xalifa hamda amirlarning tasarrufiga kelib tushgan. Dushmandan o'lja qilib olingan boshqa mulklarning miqdori alohida mazhablarda turlicha belgilangan. Bunday mulklarning bir qismi uni egallab olgan shaxsga, ikkinchi qismi davlatga, uchinchi qismi machitlarga o'tkazilgan va hokazo. Shariat bo'yicha mulk huquqi meros olish, shartnoma tuzish, ashyplarni topib olish yo'li bilan ham kelib chiqishi mumkin. Masalan, o'z yer uchastkasidan begona ashyoni topib olgan shaxs unga nisbatan mulk huquqiga ega bo'lgan.

Shariatda rim huquqidan farqli o'laroq, majburiyatlarning umumiy konsepsiyasi ishlab chiqilmagan edi. Lekin shartnoma huquqining amaliy masalalari tovar-pul munosabatlarining rivojJanishi natijasida har tomonlama ishlab chiqilgan edi. Majburiyatlar haq to'Ianadigan va haq to'lanmaydigan, ikki tomonlama va bir tomonlama, muddatli va muddatsiz turlarga bo'linadi. Islom dunyosida o'ziga xos bir tomonlama majburiyatlarning - ahdlashuvlarning tarqalganligi tez-tez uchrab turadigan hodisadir.

Umuman shariatda majburiyatlarning ancha rivojlangan tizimi mavjud bo'lgan. Majburiyatlarning kelib chiqishiga ko'ra shartnomalardan kelib chiqadigan va zarar yetkazishdan kelib chiqadigan turlari bir-biridan ajratilgan. Shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar keng tarqalgan. Shartnoma munosabatlarining subyekti jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar bo'lishi mumkin edi. Yosh bolalarning harakati homiylar tomonidan tan olinsa, qullarning harakati esa ularning egalari tomonidan ma'qullansa, qonuniy bo'lishi mumkin edi. Aqli zaiflar fuqarolik huquqiy munosabatlarining subyekti bo'lolmagan.

Shartnoma munosabatlarida vakillikka ham yo'l qo'yilgan. Yosh bolalarning, ayollarning, aqli zaiflarning qonuniy vakillari ularning otalari, akalari, tog'alari, erlari, homiylari bo'lgan. Shariat shaxslarning majburiyatda almashtirilishiga yo'l qo'ygan. Kreditor roziligi bilan qarzdor almashtirilishi mumkin edi. Shariat bo'yicha tan olingan va himoya qilinadigan bitimlar shartnoma hisoblanardi.

Shariatga asosan shartnomaga tomonlarning o'zaro bitimidan kelib chiqadigan aloqa sifatida qaralardi. Biroq bu tomonlarning mulkiy notengligi sharoitlarida sof rasmiy xarakterga ega edi. Shartnoma shartlari har qanday ko'rinishda: hujjatda, norasmiy xatda, og'zaki tarzda ifoda etilishi mumkin edi. Tuzilgan shartnomalar mustahkam va o'zgarmas hisoblanardi. Qur'onda «shartnomalarga» rioya qilish majburiyatiga muqaddas burch sifatida qaralgan: «Ular (mo'minlar) (odamlarning bergan) omonatlariga va (o'zaro) ahdlariga rioya etuvchi zotdirlar» (23-Mo'minun surasi, 8-oyat)

Shartnomaning haqiqiyligi shartlari: uning qonuniyligi, ya'ni shartnomalarning huquqqa xilof bo'lmasligi, tomonlarning o'zaro roziligi va huquqiy layoqatliligi bo'lib hisoblangan. Amalda o'zaro aldashlar, tomonlar irodasi ustidan kuch ishlatib shartnomalar tuzish hollari tez-tez uchrab turardi. Bu, ayniqsa tutqinlik, qarz shartnomalari tuzilishida namoyon bo'lgan.

Shartnoma predmeti bo'lib shariat bo'yicha yo'l qo'yilmagan deb e'lon qilinmagan ashyolar va harakatlar bo'lishi mumkin. Masalan, oldi-sotdi shartnomasining predmeti daryolarda suzib yuradigan baliqlar, havoda uchib yuradigan qushlar, hayvonlardagi junlar, jamoat dalalaridagi o'tlar, ayollarning suti, cho'chqa go'shti va boshqalar bo'lsa haqiqiy emas deb topilgan. Shariatda zakalat, kafolat, garov va aybona (va'dasizlik shartnomasi) majburiyatlarni ta'minlash usullari edi.

Shartnomalar, odatda og'zaki shaklda tuzilgan. Agar tomonlar uchun qimmati katta summali shartnoma bo'lsa, yozma shaklda ham tuzilishi raumkin edi. Shariatda shartnomalarning bir qancha turlari tartibga solinadi. Oldi-sotdi, qarz, hadya, ijara, ssuda, saqlash, shirkat va boshqa shartnomalar keng tarqalgan.




Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish