Islom huquqi va jinoyat va jazo


I.Bo‘lim. Islomda huquqning paydo bo‘lishi va shakillanishi



Download 128 Kb.
bet3/6
Sana29.06.2021
Hajmi128 Kb.
#104466
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5388595419875904200

I.Bo‘lim. Islomda huquqning paydo bo‘lishi va shakillanishi

Islom huquqining vujudga kelishi va rivojlanish xususiyatlari

Islom huquqi - shariat o'rta asrlardagi Sharq sivilizatsiyasining juda katta hodisasi hisoblanadi. Bu huquqiy tizim Arab xalifaligi doirasida vujudga kelib, rasmiylashgan va asta-sekin xalqaro ahamiyat kasb etib borgan. Uning rivojlanish jarayoni arab davlatchiligining VII asr boshida (Muhammad salollohu alayhi vassallam davrida) kichik patriarxal diniy jamoadan VIII-X asrlarda (umaviylar va abbosiylar davrida) yirik imperiyalardan biriga o'sib o'tishi jarayoni bilan chambarchas bogiiq.

Arab xalifaligi qulagandan so'ng islom huquqi nafaqat o'zining ilgarigi ahamiyatini yo'qotdi, balki yanada taraqqiy etdi, xuddi o'rta asrlarda Yevropadagi Rim huquqi singari «ikkinchi marotaba dunyoga keldi» hamda o'rta asrJardagi Osiyo va Afrikaning u yoki bu darajada islomni qabul qilgan qator mamlakatlari (Misr, Hindiston, Usmoniylar imperiyasi va boshqa ko'pgina davlatlari)ning amaldagi huquqida ham islom huquqi arab istilosidan boshlab to «qizil imperiya» hukmronligi o'rnatilgunga qadar muhim o'zgarishlarsiz harakatda bo'ldi.

Islom huquqi o'zidan oldingi Sharq huquqiy madaniyatining ko'pgina elementlarini, jumladan, islomga qadar Arabistonda va arablar tomonidan bosib olingan hududlarda harakatda bo'lgan huquqiy odatlar va an'ana-larni ham o'zida aks ettirdi. Masalan, umaviylar davrida ancha vaqtgacha sosoniylar, Eron, Vizantiya huquqi, shuningdek, qisman Rim huquqi ham ahyon-ahyon qo'llanib turilgan. Ushbu manbalar tashqi jihatdan kam ahamiyatli bo'lsa-da, shariatning vujudga kelishida ma'lum o'rin tutgan. Lekin, ularning oqibatda shariatning betakror va o'ziga xos, mustaqil va original huquqiy tizim sifatida shakllanishiga hech qanday aloqasi yo'q. Shariatning vujudga kelishida Muhammad (S.A.V) va dastlabki to'rtta xalifaning o'rni juda katta. Aynan ularning hukmronligi davrida musulmonlarning muqaddas kitoblari - Qur'oni Karim va Sunna tuzilgan.

Shariat eng boshidan (hech bo'lmaganda dastlabki ikki asr mobay-nida) qat'iy diniy huquq sifatida vujudga keldi va rivojlandi. U islom ilohiyoti bilan uzviy qo'shilib ketdi, uning diniy axloqiy tasavvurlarini mujassam etdi. Islom ta'limoti bo'yicha diniy qoidalar yagona Alloh tomonidan o'rnatilgan tartib va qonunlarning bir qismi bo'lib, ular bilan butun dunyo boshqariladi. Ayniqsa, dastlabki vaqtlarda umuman shariat va xususan fiqh1 ' Fiqh (arabcha - tushuhish) - musulmon huquqshunosligi, shariat qonun-qoidalarini ishlab chiqish bilan shug'ullanuvchi islom ilohiyotining bir sohasi. o'zida faqat huquqiy qoidalarni aks ettiribgina qolmay, diniy ta'limot va axloqni ham mujassam etgan. Shariatda din, axloq va huquqning bunday qo'shilib ketganligi, bir-biridan ajralmaganligi, bo'linmaganligi o'ziga xos ifodasini shundan topgan ediki, uning normalari (qoidalari, ko'rsatmalari) bir tomondan ijtimoiy («kishilik») munosabatlarni tartibga solgan, ikkinchi tomondan esa -musulmonlarning Alloh bilan munosabatlarini (ibodat qilishlarini) belgilagan. Shariatning ilohiy tadbiq etilishi va diniy-axloqiy asoslari huquqni tushunishning, shuningdek, qonuniy va noqonuniy xatti-harakatga baho berishning o'ziga xosligida o'z aksini topgan. Masalan, huquqning islom ilohiyoti bilan chambarchas bog'liqligi shariatda har bir musulmon tomonidan sodir etilishi lozim bo'lgan yoki mumkin bo'lmagan xatti-harakatlarning aniq ko'rsatib qo'yilganligida o'z ifodasini topgan. Shariatda barcha xatti-harakatlar dastlab ikki turga - harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik shariat shakllanib tugallangan davrda beshta toifa vujudga kelgan. Bular: farz - bajarilishi qat'iy majburiy hisoblangan xatti-harakatlar; mandub (sunnat) - majburiy emas, lekin ma'qul, lozim deb hisoblangan normalar; muboh - ixtiyoriy normalar; makruh - noma'qul normalar; harom - qat'iy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar. Bular ham huquqiy, ham axloqiy-diniy mazmunga ega bo'lib, majburlovchi, tavsiya qiluvchi, yo'l qo'yuvchi, lekin jazo qo'llanil-maydigan, taqiqlovchi va jazoga loyiq (mustahiq) xarakterdadir.

Shariat uchun, ayniqsa uning rivojlanishidagi dastlabki bosqichlarda, musulmonning huquqlariga emas, balki uning Alloh oldidagi burchlariga e'tibor berish xarakterlidir. Shariatda musulmonlarning bunday majburiyat-larini o'rnatuvchi normalar juda ko'p bo'lib, ular musulmonning butun hayotini (har kuni besh vaqt namoz o'qishi, ro'za tutishi, dafn marosimlariga rioya qilishi va hokazo faoliyatini) belgilaydi. Shariat normalarining o'ziga xos xususiyati aynan ushbu normalarning faqat musulmonlarga va musulmonlar o'rtasidagi munosabatlarga tadbiq qilinishida ekanligi ham tasodifiy emas. Ilk islom va shariatga jamoa tuzumidan o'sib chiqqan normalar - qoidalar xosdir. Bunday normalarda jamoachilik, rahmdillik, mayib-majruh va boshqa nochor kishilar haqida g'amxo'rlik belgilari saqlanib qolgan edi. Biroq, albatta shariatda insonning xudo oldida ojizligi haqidagi, unga so'zsiz itoat etishi haqidagi tasavvurlar ham o'z ifodasini topgan. Qur'oni Karimda musulmon uchun sabr-toqat va mo'minlik zarurligi alohida ta'kidlanadi: «Sabr qiling, Alloh sabr qiluvchilar bilan». Shu tariqa shariatda musulmonning xalifaga va davlat hokimiyatiga bo'ysunish majburiyati mustahkam-langan: «Allohga bo'ysuning va uning elchisiga va oralaringizdagi hokimiyat egalariga itoat eting».

Shariatning dastlab o'ta ilohiy-diniy xarakterda bo'lganligi uning huquqiy tuzilishi va tushunchalarining o'ziga xosligini belgilagan, aql-idrokka asoslangan huquq ijodkorlik faoliyatiga to'sqinlik qilgan. Biroq, VIII-IX asrlarda shariat patriarxal jamoa va qabilaviy idrok qilish doirasidan tashqari chiqib, feodallashayotgan ijtimoiy munosabatlar bilan to'qnash kelgan va juda ko'p musulmon ilohiyotchi huquq-shunoslarining faol sa'y-harakatlari sharofati bilan tobora ko'proq darajada aql-idrokka asoslangan huquq sifatida namoyon bo'la boshlagan. Musulmon huquqshunos olimlari shariatning asosiy va an'anaviy qoidalarini saqlab qolgan holda sof yuridik tabiatga ega bo'lgan ko'pdan-ko'p huquqiy ta'limotlar va normalar ishlab chiqdilar. Abu Hanifa an-Nu'mon ibn Sobit (699-767-yillar), Malik ibn Anas Abu Abdulloh (721-795-yillar), Abu Abdullo Muhammad ibn Idris ash-Shofi'iy (767-820-yillar), Ahmad Abu Abdulloh ash-Shayboniy ibn Hanbal (tug'ilgan yili ma'lum emas-825-yillar) va boshqalar musulmon dunyosida juda mashhur va nufuzli bo'lganlar.

O'rta asrlardagi, ayniqsa dastlabki paytlardagi, musulmon huquqini tavsiflovchi muhim belgilardan bin uning nisbatan yaxlitligi, butunligida edi. Unda yakka xudo - Alloh haqidagi tasavvurlar bilan birga universal xarakterga ega bo'lgan yagona huquqiy tartibot haqidagi g'oya ham o'rnatilgan. Darhaqiqat, dastlab Arabiston yarim orolida vujudga kelgan islom huquqi xalifalikning chegaralari kengaya borishi bilan ko'pdan-ko'p yangi hududlarga tarqalgan.

Biroq, islom huquqi avvalo hududiy emas, diniy, masjidlarga oid tamoyil asosida maydonga chiqqan. Har bir musulmon u qayerda, qaysi mamlakatda bo'lishidan qat'i nazar, shariatga rioya qilishi, islomga sodiq qolishi lozim. Islomning asta-sekin keng tarqala borishi va jahon dinlaridan biriga aylanishi bilan shariat o'ziga xos jahon huquqiy tizimi bo'lib qoldi. Shariatning ana shunday yaxlit, bir butun huquqiy tizim sifatida maydonga chiqishi uning g'arbiy Yevropa mamlakatlari huquqidan farq qiluvchi muhim jihatlaridandir. Ma'lumki, g'arbiy Yevropa mamlakatlarida huquq xilma-xilligi, bir butun, yaxlit emasligi, harakat doirasining cheklanib qolganligi, ichki qarama-qarshiliklari va boshqa jihatlari bilan tavsiflanadi.

Shariat diniy huquq sifatida Yevropa mamlakatlaridagi kanonik (diniy, muqaddas, qat'iylashgan, o'rnak bo'lib qolgan) huquqdan ham farq qilib, ijtimoiy va cherkov hayotining faqat aniq ko'rinib turgan sohalarinigina emas, balki keng qamrovli va juda ko'p masalalarini o'z ichiga olgan huquqiy tizim sifatida maydonga chiqdi. Islom huquqi -shariat dastlab Osiyo va Afrikaning bir qator mamlakatlarida o'rnatilgan bo'lsa, so'ngra vaqt o'tishi bilan uning harakat doirasi O'rta Osiyo, Kavkaz orti, Shimoliy, shuningdek, qisman Sharqiy va G'arbiy Afrikaga, Janubiy-Sharqiy Osiyodagi qator mamlakatlarga ham tarqaladi. Biroq islom va shariatning bunchalik shiddat bilan va keng tarqalishi unda tobora mahalliy xususiyatlarning namoyon boiishiga olib keldi. Buning natijasida alohida huquqiy institutlarni sharhlash va muayyan huquqiy nizolarni hal qilishda shariatda turli qarama-qarshiliklar, turli xil yondoshuvlar yuzaga kelgan. Oqibatda esa islomda turli oqimlar, yo'nalishlar va mazhablar paydo bo'lgan.



Shariat (arab. — toʻgʻri yoʻl; islomda qonunchilik maʼnosida ishlatiladi) — Islom huquq tizimi. Sharhida sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy meʼyorlar va amaliy diniy talablar hamda qonun turlari berilgan.Musulmon kishi uchun dunyoga kelishidan to oʻlimigacha yurish-turishini belgilovchi qoidalar toʻplami sifatida qaralgan. Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Qurʼon asosida olib borilgan. Keyinroq musulmonlarning barcha ijtimoiy,iqtisodiy, siyosiy,huquqiy va diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tugʻilgan. Islom xuquqshunoslari bir necha asr mobaynida Shariat meʼyorlarini ishlab chiqqanlar. Sharhiga Qurʼon,sunnat,ijmo va qiyos asos qilib olingan. Shariat huquqiy tizim sifatida 11 —12-asrlarda tugal shakllangan. Bunda yozma va ogʻzaki diniy, madaniy, axloqiy, huquqiy, mahalliy urf-odat va anʼanalarning taʼsiri boʻlgan.

Islomda sunniylik va shialikdagi shariat tizimlari oʻrtasida muayyan tafovutlar bor. Sunniylikda hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, shialikda esa jaʼfariylik mazhabining oʻziga xos huquqiy tartiblari mavjud. Sharhida davlat(xalifalik) xuquqiy meʼyorlari va majburiyati,meros,jinoyat,jazo,oila,nikoh huquqi, shuningdek, sud ishlarini yuritish, vasiylik koʻrsatmalari berilgan. Shariat xususiy mulkni Alloh tomonidan belgilangan, doimiy va oʻzgarmas deb hisoblaydi. Sharhida barcha xatti-harakatlar,dastlab 2 tur: harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik shariat. shakllanib tugallangan davrda 5 toifaga boʻlingan. Bular: farz yo vojib — bajarilishi muhim va majburiy hisoblangan xatti-harakatlar (Alloh yagonaligiga ishonish, namoz oʻqish, zakot berish, ro'za tutish, Haj ziyoratini ado etish kabilar); sunnat yo mustahab — majburiy emas, lekin maʼqul, lozim deb hisoblangan normalar (misol u-n: uylanish,sadaqa berish); muboh yo joiz — ragʻbatlantirilmaydigan va uni bajarmaslik gunoh hisoblanmaydigan ixtiyoriy xatti-harakatlar (misol u-n: bitim, savdo shartnomalari tuzish, safar qilish, yemoq, ichmoq va boshqalar); makruh — jazoga tortilmaydigan, ammo nomaʼqul hisoblanadigan xattiharakatlar (misol u-n: soʻkinish, kattalarning hurmatini oʻrniga qoʻymaslik, suvni ifloslantirish, hayvonlarga haddan ortiq yuk ortish); harom — qatiy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar (misol u-n: choʻchqa goʻshti isteʼmol qilish, aroq ichish, odam oʻldirish va boshqalar). Shariat jinoyat uchun qatʼiy, lekin odilona choralarni belgilab bergan.



Shariat ilmlari islom dini va unga bogʻliq boʻlgan masalalarni qamrab olgan. Bular tajvid (qiroat), tafsir, hadis, fiqh ilmlari, fiqhning farʼiy (juzʼiy) qismlari hamda kalom ilmidan iboratdir. Shariat ilmlari qatoriga arab tili va adabiyoti ham kiritiladi, chunki ularsiz Shariat ilmlarini oʻrganish mumkin emas, deb hisoblanadi.

Fiqh (arab. — bilish, tushunish) — musulmon huquqshunosligi, shariat qonunqoidalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi islom taʼlimotining bir sohasi. "Fiqh" soʻzi atama sifatida Qurʼon va hadislarda qoʻllanilgan. Fiqh islom dini vujudga kelib, xalifalik qaror topishi bilanoq darhol tarkib topgan emas. Fiqhning qaror topishi Muhammad (sav) hadislari va choryorlarning aytgan gaplarini yozib olish bilan birga davom etgan. Zayd ibn alHasanning "Majmuʼ alfiqh", Molik ibn Anasning "alMuvattaʼ", Ibn Hanbalnint "alMusnad" kitoblari Fiqhga oid dastlabki asarlar hisoblansada, ular muayyan mavzuda tanlab olingan hadislardan iborat edi. Fiqh ilmi 10-asrga kelib mustaqil fan sifatida shakllangan. Fiqh bilan shugʻullanuvchi, uni oʻrganuvchi kishi faqih (qonunshunos) deb atalgan. Movarounnahrda Burhoniddin Margʻinoniy, Abu Lays Samarqandiy va boshqa mashxur faqihlar hisoblangan. Fiqh islom xuquqshunosligi sifatida 2 sohada — shariat manbalarini ishlab chiqish (usul alfiqh) va shariatni tayin sohalarga tatbiq qilish (furuʼ alfiqh)dan iborat boʻlgan. Islomning sunniylik yoʻnalishi xuquqshunosligida 4 ta mustaqil huquq mazhablari — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik va hanbaliylik vujudga kelgan. Fiqhda boshqa maktablar xam mavjud edi, biroq 14-asrga kelib, mazkur 4 mazhab hamda bir necha shialik tariqatlarigina saqlanib qolgan. Oʻrta asrlarda va yangi davrda Fiqhga oid asarlar orasida fatvo toʻplamlari koʻpaydi. Al-Kuduriyning (1037 yilv.e.) "Muxtasar", Qozixonning (1196 yilv.e.) "Fatovo", Burhoniddin Margʻinoniyning "Hidoya", Ibn Bazzozning (1414 yilv.e.) "Fatovo" asarlari bunga misol boʻladi. Ular ichida "Hidoya" asari hanafiylik mazhabida katta shuxrat qozongan amaliy qoʻllanmadir. "Hidoya"ga bir qancha sharhlar yozilgan. Musulmon faqihlarining koʻp asarlari qozi va muftilar uchun dasturilamal boʻlgan, koʻpincha maʼmurlarning buyurtmasi bilan davlat mahkamalari uchun maxsus kitoblar yozib berilgan: Abu Yusufning (798 yilv.e.) "Kitob alxaraj"i yoki boburiylar saltanatining hukmdori Avrangzeb (1658—1707) amri bilan 1669 yilda bir guruh hanafiy huquqshunoslar tuzgan "alFatovo alhindiya" asari va boshqa Islom mamlakatlari huquq tizimida Fiqhning roli doimo bir xil boʻlgan emas. Jumladan, 16-asrda usmonli turk saltanatida va 17-asr 2-yarmida boburiylar davlatidagi huquqiy amaliyotda uning kridalari juda keng va izchil qoʻllanildi. Biroq, umuman Fiqh huquqshunoslik bilan toʻlatoʻkis moye kelgan emas. Fiqhning hokimiyat tepasidagi kuchlarning manfaatlarini ifodalagan va davlat tomonidan bironbir tarzda qoʻllabquvvatlangan qoidalarigina amaldagi huquqqa aylangan, faqihlarning boshqa xulosalari esa huquqiy nazariya doirasidan tashqari chiqmagan. Hozirgi vaqtda islom mamlakatlarida dunyoviy huquq tizimi amalga kiritilmokda, bu esa Fiqh taʼsir doirasining muayyan darajada torayishiga olib kelmoqda. Shunday boʻlsada, Fiqhning ayrim tarmoqlari, tartibqoidalari va meʼyorlari koʻpchilik aholisi musulmon boʻlgan Sharq mamlakatlarining aksariyatida bironbir tarzda qoʻllaniladi.


Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish