BUDDAVIYLIK DINI - B u d d a v i y l i k - dunyodagi eng yirik dinlar ichida qadimiylaridan biri hisobianib, mil. av. VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari: Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, Vbetnam, Yaponiya, Kombodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman Yevropa va Amerika qit'aiarida, Rossiya Federatsiyasining Tuva, Buryatiya, Kalmikiya respublikalarida istiqomat qiladilar. Hozirgi kunda e'tiqod qiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik, islom va hinduizmdan so'ng to'rtinchi o'rinni egallaydi. Buddistlaming soni taxminan 700 mln. atrofida bo'lib, ulardan 1 mln. ga yaqini rohiblardir.
- Buddizm bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy-falsafiy ta'limot sifatida vujudga kelib, unda ko'plab diniy manbalar va diniy yo'nalishlar mavjud.
- Buddizm turli milliy va diniy an'analar bilan kelishuvchanligi sababli ko'p millatlar tomonidan keng qabui qilindi. Buddizm hayotning barcha sohalari: diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlariga kirib bordi.
- Buddizmni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qoidalari to'plami yoxud hayot tarzi deb baholash mumkin.
- Ayni kunda bu dinga e'tiqod qilib kelayotgan Sharq mamlakatlaridagi buddizm ta'limotini o'rganish u yerdagi siyosiv-iqtisodiy, ma'naviy madaniyatni tushunishnlng asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bu davlatlarda ushbu dinga e'tiqod qiluvchilar nazarida buddizmning qoida va an'analari markaziy hukumat qonunlaridan ko'ra ustunroqdir, tabiiyKi, buning zamirida uning potentsial kuchi yotadi.
- Buddizm asoschisining shaxsi. Buddizm tarixi tadqiqotchilar mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini ta'kidlaydilar. Bu ta'limot to'g'risida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar ma'nolari quyidagicha: Siddxartxa - shaxsiy ism, Gautama - urug' nomi, Shakyamuni - J «Shakya qabilasidan chiqqan donishmand», Budda - «nurlangan», Tadxagata - «shunday qilib, shunday -ketgan», Djina - «g'olib», Bxagavan - «tantana qiluvchi». Ular ichida eng mashhuri «Budda» bo'lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.
- Bizgacha Buddaning bir necha biografiyalari yetib kelgan: «IMaxavostu» - milodning II asrida yozilgan, I «Lalitavistara» - milodning II-III asrlarida yuzaga kelgan, «Buddxacharita» - buddist faylasuflardan biri Ashvagxosha tomonidan milodning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» - milodning I asrida yozilgan va «Abnixishkramansutra».
- Mazkur biografiyalarda Buddaning qaysi yillarda yashaganligi turlicha berilgan. Ularda mil. av. IX-III asrlar oralig'idagi har xil muddatlar ko'rsatiladi. Rasmiy hisobga ko'ra, Butama-Budda mil. av. 623 yilda tug'ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq ko'pchilik tadqiqotchilar uning tug'ilishi mil. av. 564 yilda, o'limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba'zan 560 va 480 deb yaxlit sonlar bilan ko'rsatadilar. Aytish joizki, yuqorida zikrqilingan biografiyalarda Buddaning haqiqiy hayoti bilan uning haqidagi afsonalar o'zaro qorishib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |