Reja: Buddaviylikning tarqalishi



Download 24,28 Kb.
Sana11.08.2021
Hajmi24,28 Kb.
#144563
Bog'liq
6-мавзуДокумент Microsoft Word


VI Mavzu: Buddaviylikning tarqalishi

Reja:

1. Buddaviylikning tarqalishi.

2. Markaziy Osiyoda buddizm.

3. Hozirgi zamonda buddaviylik.


1. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari: Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman Yevropa va Amerika qit’alarida, Rossiya Federatsiyasining Tuva, Buryatiya, Kalmikiya respublikalarida istiqomat qiladilar.

Ushbu ta’limotning yoyilishida buddist jamoalarning (sangxa) roli katta bo’lgan. Ular yilning ob-havosi yaxshi bo’lgan to’qqiz oyida shaharma-shahar, qishloqma-qishloq yurib, aholini bu dinga da’vat qilib yurganlar. Faqatgina musson yomg’irlari tinmay quygan uch oydagina o’z ibodatxonalarida muqim bo’lib meditatsiya bilan shug’ullanganlar.

Mil. av. 273-232 yillarda hukmronlik qilgan imperator Ashoka davrida buddizm keng hududlarga jadal tarqaldi. U buddist monaxlarga (rohiblar), ularning Hindiston bilan chegaradosh davlatlarga qilgan missionerlik harakatlariga xayrixohlik bildirardi. Buddist missionerlari o’z prinsiplarida mahkam turib, yumshoqlik va kelishuvchanlik bilan harakat qildilar.

Buddizm jamoalari begona din, madaniyat va urf-odatlar ustun bo’lgan sharoitlarda asrlar mobaynida o’zlarini saqlab qolish, fursat kelganda, ularga o’z ta’sirlarini o’tkazish qobiliyatiga egadirlar. Ularning bu xususiyatlari Hindistonda musulmon hukmdorlari davrida, Shri Lankada portugallar, gollandlar va inglizlar mustamlakasi davrida, Xitoy va Yaponiya konfutsiychilari davrida mazkur hududlarga buddizmning yoyilishida yaqqol namoyon bo’ladi.

Buddizm milodning I asrida Xitoy, IV asrda – Koreya, VI asrda – Yaponiya, VII asrda – Tibet, XIII-XVI asrlarda – Mongoliya, XVII-XVIII asrlarda – Buryatiya va Tuva, XIX-XX asrlarda esa Amerika va Yevropa qit’alariga kirib borgan.

Buddizm boshqa xudolarga sig’inishni ta’qiqlamaydi. Budda, ularga ibodat qilish insonga vaqtincha tasalli berishi mumkin, biroq ular nirvana holatiga olib bormaydi, deb ta’lim bergan. Shu sababli, buddizm ta’limoti turli joylarda yoyilishi bilan ular ibodat qilib kelgan ilohiyatlari yoki ulug’langan shaxslari timsollari ibodatxonalarni egallagan.

Masalan, Hindistonning buddizmga mansub ilohiyatlari dunyoni yaratuvchi Braxma, chaqmoq va momoqaldiroq xudosi Indra, hunarmandchilar homiysi Xatimanu, Tibetda qahramon Baser timsoli, Mongoliyada Chingizxon kabi milliy qahramonlar buddizm ilohiyatlari timsoliga aylandi. Biroq, bu ilohiyotlar nirvana holatiga olib bormaydi. Faqatgina Budda nirvanaga boshlay oladi va shu yo’sinda insonni azoblardan xalos etadi.

Buddizmning Xitoyga kirib kelishi haqida keyinchalik ko’plab rivoyat va asotirlar paydo bo’ldi. Biroq, xitoy manbalarida ham, diniy rivoyatlarda ham Xitoydagi birinchi buddistlar haqida biror aniq ma’lumot mavjud emas. Ilk davrga taalluqli ma’lumotlardan biri imperator Min-Dining tushi haqidagi rivoyat hisoblanadi. Unga ko’ra, Min-Di tushida oltindan yasalgan bir but ko’rgan. U Buddaning timsoli ekanligini o’z maslahatchisi Fuidan so’rab bilgach, milodning 60-yillarida buddizm asoschisi va uning ta’limoti bo’yicha diniy matnlar keltirish uchun Hindistonga elchilar yuborgan. Shundan so’ng Xitoyga Hindistondan bir necha buddizm targ’ibotchilari kelib, ular uchun maxsus qurilgan «Baymasi» («Oq ot ibodatxonasi»)ga joylashganlar.

Buddizmning xitoylashuvi va tarqalish jarayonini o’rganish qiyin va murakkab ilmiy masaladir. Buddizm Xitoy hududida yoyilishi bilan alohida yangi shakl ham kasb etdi. IV-V asrlarda buddizm katta muvaffaqiyatga erisha boshladi. Ushbu ta’limot o’lkaning janubiy viloyatlariga yanada chuqurroq joylashdi. IV asrning o’rtalariga kelib Xitoyda ayollar ibodatxonalari, ayol monaxlar va tinglovchilar paydo bo’lgan. Shu asrning oxiriga borib, podshohlar buddizm ibodatxonalariga doimiy ravishda katta miqdordagi xayriyalar beradigan bo’lganlar. Bu davrda Sharqiy Tszin davlatining o’zidagina 1786 ta sangxa, 24 ming monax mavjud bo’lgan. Xususan, imperator Siyaou-Di 381 yil birinchi bo’lib o’zini buddist deb e’lon qildi. U saroyida ibodatxona barpo qildirib, unga monax keltirishni buyurdi. Lyao sulolasidan bo’lgan U-Di hokimligi davrida (502-549) buddizm mamlakat janubida rasmiy din sifatida tan olindi.

Shunday qilib, buddizm mil. av. 1 ming yillik oxirlarida Markaziy Osiyoni o’z ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib keldi. Bizning diyorimizda olib borilgan arxeologik qazilmalar asnosida O’ratepa, Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom mavzelaridan topilgan Shakyamuni sanamlari, hayvon haykalchalari, ramziy g’ildiraklar va stupa qoldiqlaridan Kushon imperiyasida buddizmga katta ahamiyat berilganini anglash mumkin.

2. O’rta Osiyoda dinlar tarqalganligi manzarasi rang-barang va tadqiq qilish uchun o’ta qiziqarli. Bu mintaqada boshqa qadimiy dinlar bilan bir qatorda buddizmning ham keng yoyilganligini kuzatamiz.

O’rta Osiyoda buddizm tarixini o’rganish bo’yicha tadqiqotchilardan L.I. Albaum, R.CH. Bagchi, V.V. Bartold, T.V. Belyaeva, A.N. Bernshtam, V.A. Bulatova, V.P. Vasilev, B.V. Veymarn, V.V. Vertogradova, V.L. Vyatkin, T.V. Grek, B.P. Denike, Ye.P. Denisov, B.N. Zasyepkin, T.I. Zeymal, A.N. Zelinskiy, V.N. Kesaev, G.A. Koshelenko, V.A. Livsits, B.A. Litvinskiy, M.Ye. Masson, G.V. Parfyonov, G.A. Pugachenkova, Ye.G. Pchelina, E.V. Rtveladze, B.YA. Staviskiy, A.S. Strelkov, B.A. Turg’unov, Z.I. Usmonova, V.B. Henning, V.A. Shishkin kabi o’zbekistonlik va chet ellik arxeolog olimlar izlanishlar olib borganlar. Ularning ekspeditsiyalari natijasida yozilgan maqola, risola va monografiyalar ushbu mavzuni o’rganishda qo’llanma bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Yuqorida sanab o’tilgan mualliflarning barchasi buddizm tarixini O’rta Osiyodagi tarixiy-me’moriy yodgorliklarning arxeologik tadqiqotlari asosida yoritib berganlar.

Bir guruh tadqiqotchilar mazkur din O’rta Osiyoga kirib kelishini Kushonlar shohi Kanishka hukmronligi davriga taalluqli deb biladilar (I asrning oxiri-II asrning boshlari). Ikkinchi guruh esa bu jarayonning boshlanishini biroz ertaroq deb hisoblaydilar. Tadqiqotchi B.A. Litvinskiyning fikricha, buddizm Shimoli-G’arbiy Hindiston va Janubiy Afg’oniston (Qandahor) orqali taxminan mil. av. III asrda Baqtriyaga (O’zbekistonning janubiy hududlari) tarqala boshlagan.

Baqtriyaga buddizmning kirib kelishi va yoyilishi haqida boshqa fikr ham mavjud. Tadqiqotchi R.CH. Bagchi bu jarayon podshoh Ashoka (mil. av. 273-232 yillar) hukmronligi davrida yuz bergan deb hisoblaydi. Ammo bu fikrni tasdiqlovchi arxeologik materiallar yetarli emas. Shuning uchun ham buddizm bu hududga Kushonlar davrida kirib kelgan degan fikr haqiqatga yaqinroq. Chunonchi, B.YA. Staviskiy bu fikrni Kushonlar hukumatining hind viloyatlari va buddist jamoalarning homiylari bilan aloqalari mustahkam bo’lganligi bilan isbotlaydi. Ammo shu bilan bir qatorda baqtriyaliklarning Kanishkaga qadar buddizm bilan tanish bo’lganliklarini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham mavjud.

Mil. av. I asr va milodning IV asrlari oralig’ida Kushon imperiyasida buddizmning Maxayana yo’nalishi davlat dini deb e’lon qilindi. Bungacha buddizm Hindistonda uzoq tarixga ega bo’lsa ham, u yerda asosiy yo’nalish bo’lgan Xinayana ham bunday mavqega erishmagan edi. Kanishka, Vima, Kadfiz va ulardan keyingi kushon imperatorlari buddizmni keng yoydilar. Ular bu din an’analarini amalda rivojlantirish, boshqa xalqlar o’rtasida tarqatish uchun Balx, Marv, Termiz, Samarqand, Buxoro, Shosh, Turkiston, Quva, Koson, O’sh, Bolosog’un, Koshg’ar va boshqa shaharlarda buddizm takyagohlari va xonaqohlari, ibodatxonalarini qurib, buddizmning muqaddas kitoblari, sutra va pastrilarni o’rganish, tarjima qilish va sharhlash uchun sharoit yaratib berdilar.

Hozirgi Termizdagi Qoratepa, Fayoztepa, Sayram, Quva va boshqa joylarda topilayotgan budda haykalchalari yoki ularning parchalari, Ayritomdagi ayvon peshtoqi parchasidagi buddist musiqachilarning tasviri va boshqa osori atiqalar, saroy va ibodatxonalar O’rta Osiyodagi buddizm haqida xabar beruvchi manbalardir. Bu dinga tegishli yozma manbalar qadimgi turkiy yozuvda, uyg’ur bitiklarida va boshqa yozuvlarda saqlanib qolgan.

Qoratepadan topilgan sopol buyumlardagi kxaroshtxi yozuvlari bu yerdagi Maxasangxika ta’limotini aks ettiradi. Maxasangxika maktabi O’rta Osiyoda buddizmning tarqalishida muhim rol o’ynagan. Qoratepaning boshqa qismida braxmi yozuvidagi bitiklar esa O’rta Osiyoga keyinchalik Kanishka davrida kirib kelgan Sarvastivada buddist maktabi ta’limotining yoyilganligidan xabar beradi.

O’rta Osiyoda buddizmga tegishli tarixiy obidalarning ko’pligi jihatidan Fayoztepa eng yirik yodgorlik hisoblanadi. U yerdan chiqqan diniy bitiklar, haykallar bilan birga topilgan ibodatxonaning hududi ancha katta joyni egallaydi.

1926 yilda A.S. Strelkov tomonidan aniqlangan Eski Termizning sharqidagi Zurmala minorasi O’rta Osiyo hududidagi birinchi ochilgan, katta ahamiyatga molik bo’lgan buddizm inshootidir.

Eski Termizdan topilgan Qoratepa buddist majmuasi milodning I asri Kushon saltanatining gullagan davriga to’g’ri keladi. Qoratepadagi har bir inshoot yer ustki va g’or ichida joylashgan ibodatxona, saroy, bir monax (zohid) uchun moslashtirilgan hujralardan iborat.

Dalvarzintepa majmuasi 1967-1968 yillarda qazib ochilgan bo’lib, Termiz yaqinidagi Surxon vohasining o’rta qismida joylashgan. Mazkur kompleks G.A. Pugachenkova va B.A. Turg’unov boshchiligidagi O’zbekiston san’atshunoslik akademiyasi tomonidan ochildi. Dalvarzintepada topilgan buddizm majmuasi bu din ta’limoti Kushon saltanatining shimoliy viloyatlariga I asrda yoyilganligini ko’rsatadi.

Janubiy O’zbekistonda joylashgan Baqtriya-To’xaristonning shimoliy qismida 60-yillarning ikkinchi yarmidan 80-yillargacha buddizm inshootlarining yettitasi aniqlanib o’rganildi. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan Janubiy Tojikistondagi Ajinatepa, Kofirqal’adagi kichik ibodatxona, Qal’ai Kofirnigon ibodatxonasi, Ayritom majmuasi, Turkmanistondagi Marvdan 30 km uzoqlikda joylashgan Govurqal’a majmuasi, Quvadagi ibodatxona va boshqa ko’plab buddizmga tegishli yodgorliklar ushbu dinning mazkur mintaqadagi tarixi haqida xabar beradi.

O’rta Osiyoning Marv, Balx, Termiz, So’g’diyona viloyati, Quva, Koson, Samarqand va Buxoro kabi shaharlari, viloyatlari buddizm ta’limoti va marosimlarini ishlab chiqishda, boshqa o’lkalar, mamlakatlarda targ’ib va tashviq etishda, eng muhimi, buddizmning hozirgi zamonning ilg’or jahon dinlaridan biriga aylanishida favqulodda ahamiyatga ega markazlari bo’lgan.

Xitoy bilan savdo va madaniy aloqalari mustahkam bo’lgan So’g’d viloyati buddaviylik dini tarqalishida muhim o’rin tutib, to’rtta so’g’d monaxi va boshqa tarjimonlari, missionerlar din targ’ibotchiligi bilan shug’ullanganlar. Boshqa manbalarning guvohlik berishicha, Xitoydagi birinchi buddaviylik targ’ibotchilarining katta guruhi O’rta Osiyoliklar bo’lib, ularning 2 tasi parfiyalik, 3 tasi yuechji, 2 tasi so’g’dliklardan - Kan Men-Syan va Kan Szyuylar bo’lishgan. Birinchi Budda matnlari ham avvalo so’g’d tiliga o’girilib, III asr boshlarida faoliyat ko’rsatgan tarjimonlar orasida so’g’diylardan Kan Sen-Chuy ismli kishi bo’lgan.

Bundan tashqari Xitoydagi G’arbiy Szin dinastiyasida buddaviylik matnlarini xitoy tiliga o’girgan tarjimonlarning uchtasi so’g’dliklar bo’lib, IV asr mashhur tarjimonlari orasida so’g’diy Kan Sen-Yuan nomi tilga olingan. Shu bois hozirgacha Xitoyda Samarqand, Buxoro, Shoshdan borgan budda olimlarining maqbaralari muqaddas joy sanalib, ehtirom ko’rsatiladi va Sharqiy Turkistondan topilgan Turk-budda matnlari tahlilida ham so’g’diylarning roli sezilib turadi. Tadqiqotchi A.Gaben ta’kidlashicha, «Buddaviylikdagi ko’pgina asosiy atamalarning kelib chiqishi turk-zardushtiylar tiliga yaqin bo’lib, bu albatta so’g’diylar vositachiligida yuzaga kelgan». Syuan Szan esa samarqandliklarni buddaga sig’inishini aytib o’tib, «lekin shahardagi ikki ibodatxona to’liq bo’sh holda edi» - deb ta’kidlaydi.

Shu bilan birga So’g’diyona hududida din bilan bog’liq ma’lumotlar turli xil - so’g’d, xitoy, arab, fors-tojik manbalarida ham uchrab, ammo bu ma’lumotlarni bir-biri bilan taqqoslash juda qiyin. Masalan, Xitoy muarrixlaridan Syuan-Szyan «Samarqandda podsho va xalq Buddaga ishonmaydi, ammo olovga topinishadi», - deb ma’lumot bersa, Xoy Chao «VIII asr birinchi yarmida So’g’dda barcha osmon xudosiga e’tiqod qilishadi», – deb yozgandi.

Samarqandda budda rohiblari arablar bosqini davrigacha katta mavqyega ega bo’ldilar. Hatto arablar bosqinidan so’ng ham bu dinga e’tiqod qiluvchilar Samarqandda mavjud bo’lib, bu haqda olim V.V.Bartold quyidagi ma’lumotni beradi: «Sayyoh Shakih Balxiy o’zining Sharqqa qilgan sayohatida Samarqandga kelib, bu yerda (qizil kiyimdagi) budda monaxi bilan uchrashib, u bilan suhbatda bo’lgan va ular Samarqand buddaviy jamoalari o’rtasida majlis o’tkazgan edilar».

Buddaviylikning Markaziy Osiyoga tarqalishi haqida Olim P.I Bagchi «Xitoy va Hindiston» nomli kitobida - «Eski Xo’ton an’analariga binoan, Ashokaning o’g’li Kustana Nirvanadan keyin davlatga asos solgani va Xo’tonda ilk buddaviylik ibodatxonasi bo’lganligi, bu davr ichida buddaviylik davlatning asosiy dini bo’lib, u Kucha knyazligiga kirganligi va u yerda minglab ibodatxonalar bunyod etilganligi» haqida yozadi.

Boshqa ma’lumotlarga ko’ra, buddaviylik Xitoyga Birmalik monaxlar Sona va Uttarlar tomonidan olib kirilib, bu yerda «Budda oltin haykalchalari»ning paydo bo’lishi bilan bog’liqdir. Xitoyda buddaviylikning yoyilishida Markaziy Osiyolik kishilar: Kang-Chi, Kang-Men, Kang-Sheng, Bao-I (Ratnami) va Chji Louszyan (hindcha nomi Lokakshema)-Chji Szyan(Gun-Min) kabi targ’ibotchilarning ham o’ziga xos hissalari bor.

Boshqa manbalarga ko’ra, buddaviylik Hindistondan – Markaziy Osiyoga, undan Xitoyga, Yaponiyaga va boshqa Sharq mamlakatlariga, hind monaxlari: Jina Gupta va Dharma Guptalar tomonidan olib o’tilgan. 1907 yilda tadqiqotchi Mark Aurel Steyn Buyuk Xitoy devorining ichkarisidan Dunxuan (Tinhuang)ga qariyb 3000 mil muz va qalin qor bilan qoplangan tog’ va sahrolarni bosib o’tib, u yerdan mashhur «So’g’d yozuvlari»ni topdi. Aurel Steyn ma’lumotiga binoan Dunxuanda «Ming budda g’ori» bo’lgan.

So’g’d viloyati Xitoy bilan savdo-sotiq hamda madaniy aloqalarni o’rnatishda ahamiyatli rol o’ynagan. So’g’dliklar Xitoyda buddizmni yoyishda juda muhim o’rin egallaydilar. Biroq So’g’dda buddizmning keng yoyilganligi masalasi haligacha ochiq qolmoqda. To’g’ri, hozirga qadar bu yerda buddizmga oid ba’zi haykalchalar, Sanzordagi buddizm ibodatxonasi, Samarqand yaqinida budda haykalining boshi topilgani ma’lum. Ammo bu topilmalar ushbu hududda bu din keng tarqalgan degan xulosani chiqarishga hozircha yetarli emas.

Surxondaryo To’xaristonidan chiqqan buddizmning yirik vakili – Tanmonanti (yoki Dxarmanandin). U yoshligidan tarkidunyochilik yo’lini tutib, uzlatga chekingan. Yosh bo’lsada, aqli tiniq bo’lib, sutralarni o’rgangan va yoddan aytib yurgan, bunga o’zining butun borlig’ini bag’ishlagan. U Tripitakani to’la o’zlashtirgan. Dxarmanandinning ilmdagi salohiyati chuqur va benihoya edi. U o’z vatanida ham, boshqa uzoq yerlarda ham katta obro’ga ega bo’lgan. 365-385 yillarda Dxarmanandin Xitoyning Chan’an viloyatiga Budda ta’limotini targ’ib etgani va ibodatxonalar, vag’n va vixaralar qurgani kelgan. Imperator Fu Tszyan Xitoydagi barcha avliyolarning Dxarmanadinga ko’rsatayotgan izzat-hurmatini ko’rib, uni juda oliy maqomli mehmon sifatida kutib oladi va tortiqlar qiladi. Xitoyda bu paytda buddizm ancha keng tarqalganiga qaramay, to’rt qismli Agama-Sutralardan birortasi ham hali xitoy tiliga tarjima etilmagan edi. Imperator Fu Tszyanning maslahatchisi va Uvey tumani hokimi Chjao Chjen Dxarmanandindan ana shu sutralarni tarjima qilib berishini so’rash niyatida edilar. Chjao Chjen barcha avliyolar va Dxarmanandinni o’z poytaxtiga taklif etib, Agama-Sutralarning ikkitasini – Chjun va Tszen hamda mustaqil asarlar sanalgan Pi Tan Sin, San Fa Du va boshqa asarlarni tarjima etish, sharhlab berish va e’lon etishni iltimos qiladi. Dxarmanandin bu ishga 2 yil rahbarlik qilib, uni muvafaqqiyatli yakunlaydi. So’ngra o’z vataniga qaytadi, lekin uning qachon va qaerda vafot etganligi to’g’risidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelmagan.

3. Hozirgi kunda e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik, islom va hinduizmdan so’ng to’rtinchi o’rinni egallaydi. Buddistlarning soni taxminan 700 mln. atrofida bo’lib, ulardan 1 mln. ga yaqini rohiblardir.

XX asr o’rtalariga kelib buddizm G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ommalashib ketgan. Bu asrning oxirlari - 80-90 yillarda neobuddizm va metabuddizmning bir qancha oqimlari paydo bo’lgan. Hozirgi davrda Osiyoning o’zida saqlanib qolgan mintaqaviy shakllarining uyushmalari ijtimoiy hayotga, siyosatga aralashib, goh ijobiy, goh salbiy rol o’ynamoqda. Endi yaxlit buddizm yo’q, mintaqaviylari qolgan. Buddizmning bir qanoti Yevropaga o’tgan.

Hindistonning ingliz mustamlakasi sirtmog’idan chiqishi uchun olib borilgan milliy-ozodlik xarakatida hinduizm, hinayana, mahayana oqimlari muhim siyosiy rol o’ynaganlar. Bularning salbiy roli shundaki, ular vositachilik, guruhbozlikni kuchaytirib, hind xalqi qavm, tabaqalari orasiga nifoq solmoqda; musulmonlar bilan hindiylar orasida nizolar keltirib chiqarmoqdalar. Yaponiyada birmuncha mu’tadil, yuvvosh, radikal emas, biroq imperator sintoizm hukmroni. Lamaizm esa Tibetda, Buryatiya, Tuva, Oltoyda keng tarqalgan.



Umuman, buddizm o’rta asrlardayoq krizisga uchrab, parchalanib, yaxlit, bir butun dindan mintaqaviy dinlarga aylanib ketgan.

Respublikamizda buddaviylar ibodatxonasi birinchi marta 2001 yil noyabrda ro’yxatga olingan. Lekin so’nggi vaqtlarda xristianlikning avj olishi natijasida Buddaga sig’inadiganlar miqdori kamayib ketgan. Buddizmning O’zbekiston madaniyatida tutgan urni, uning jahon dinlari ichida eng qadimiyligini, respublika hududida xristian missionerligiga qarshi faoliyatda ko’mak ko’rsatishini e’tiborga olgan holda O’zbekiston hududida yagona bo’lsada, Budda ibodatxonasining faoliyat yuritishi diniy vaziyatning mo’tadil tutib turilishiga yordam beradi deb hisoblanadi.


Download 24,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish