- Islom-dunyoda nisbatan keng tarqalgan jahon dinlaridan biridir. Osiyo qit`asidagi Arabiston yarimoroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afg`oniston, Pokiston, Afrika qit`asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Respublikasi, Somali sin-gari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, /arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma`lum bir qismi. Yevropa qit`asida esa Bolqon yarimorolida yashovchi xalqlarning bir bO`lagi islomga e`tiqod qiladi. Islom Markaziy Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Kavkaz, VolgabO`yi, /arbiy Sibir va boshqa ayrim hududlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjuddir. Bu xalqlarning turmush tarziga O`z ta`sirini kO`rsatib kelmoqda. Yer yuzida islomga e`tiqod qiluvchilar, ya`ni musulmonlar bir milliard 200 mln.dan oshdi.
- Yevropa, Amerika va Rossiyada islom, uning tarixi va manbalarini O`rganish XIX asrning 2-yarmidan boshlangan. Lekin islom tarixi, ta`limoti, muqaddas yozuvlarini tahlil, tadqiq qilish Rossiyada ayniqsa O`zbekiston, Qozog`iston, Tojikiston, Shimoliy Kavkazda keng kO`lamda ancha oldin amalga oshirilgan. Bu ish endi yanada kengroq miqyoslarda olib borilmoqda.
- Yevropalik olimlar islomshunoslik fanini yaratish, islom tarixi va manbalarini O`rganish yO`lida kO`p xizmat qilganlar. Jumladan, M.Myuller, E.Taylor, K.Tile, Sh. dela Sosse, J.Freyzer va boshqalar. Ularning xulosalarida ayrim cheklanishlar bO`lishiga qaramay, ular bu fanning rivojlanishiga muhim hissa qO`shganlar.
- Rus sharqshunosligida ham islom tarixi, diniy manbalarni tadqiq qilish sohasida barakali ishlar olib borilgan V.R.Rozen asos solgan mashhur “Rus akademik sharqshunosligi” ning vakillari N.A.Mednikov, L.E.Shmidt, A.YE.Krimskiy, V.V.Bartold, I.Y.Krach-kovskiy, YE.E.Bertels, A.A.Semenov va boshqalar islomshunoslik sohasida qimmatli asarlar yaratganlar. Bu asarlar hozir ham islomshunos olimlar uchun boy manba bO`lib xizmat qilmoqda.
- Islomning paydo bo`lishi va uning ta`limotini ilmiy nuqtai nazardan O`rganish masalasi o`tgan asrning 30-yillariga kelib jiddiy ravishda O`rtaga qo`yildi. Bu sharqshunoslik va umuman tarix fanining tiklanish davri edi. Asrlar davomida tarix fani va sharqshunoslik erishgan yutuqlar va yuzaga keltirgan xulosalarni ilmiy nuqtai nazaridan qayta ko`rib chiqish va baholashdek juda mas`uliyatli va murakkab muammo hali ham to`la yechilgani yo`q.
Do'stlaringiz bilan baham: |