Islom dini musulmon mamlakatlari san`atida o`z izini qoldirdi



Download 2,24 Mb.
bet21/32
Sana31.12.2021
Hajmi2,24 Mb.
#216046
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
Arab-musulmon madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi

Al-Andalus adabiyoti. Ispaniyadagi arab tilidagi she`riyatda arab yarimorolida qadim davlatlarda shakllangan badaviy she`riyati an`anasi davom ettirilib, shoirlar umrida ko`rmagan cho`l-u biyobon, qum barxanlari, tuya obrazini she`rlariga kiritadilar. Keyinchalik, X-XI asrlarda bu qadimiy an`anaviy timsollar juda kamayadi, endi ko`proq go`zallik, hayotni kuylash, homiylik qiluvchi hokimni madh etish, ko`pincha uni mahbuba sifatida nazarda tutib, unga o`z sadoqatini izhor qilish kabi Sharq she`riyatiga xos xususiyatlar qo`llanadi.

Arab Ispaniyasida klassik arab she`riyatiga tafsirlar yozish holatini ham ko`ramiz (XI asrda Kordovada al-Ifliliy ismli o`qituvchi Mutanabbiy she`riga yozgan tafsiri bunga yaqqol misol). Ispaniyadagi arab shoirlari ajoyib poetik asarlar ham yaratganlar. U she`rlar mazmun boyligi, turliligi bilan xarakterlanadi: tabiat go`zalligi, muhabbat, mahbubaning go`zalligi, do`stlik, madhiya, satira, hayotdan zavqlanish yoki uning alamlaridan zorlanish va hokazo.

Ispaniyada Qur`on, Muhammad al-Buxoriyning hadislar to`plami kabi diniy asarlar qayta-qayta ko`chirilib, Qur`onga tafsirlar yoziladi, arab tili grammatikasi (Ibn Malik, “Alfiya”), lug`atlar tuziladi (Ibn Sidaning 17 jildlik “al-Muxassas” lug`ati), adabdan ham qator asarlar yaratiladi (bular orasida eng ahamiyatlisi Ibn Abu ar-Rabbihiyning “Al-Iqd” risolasi). Abu Bakr at-Turtushiyning mashhur “Siroj al-muluk” risolasi, Haririyning “Maqomlar”i ham shu davrda Ispaniyada yaratilgan edi. Umuman arab adabiyoti, falsafasi, fanining taraqqiyotida arab Ispaniyasi ijodkorlarining hissasi katta bo`lgan.

Ispaniya adabiyotida nasihatomuz (didaktik) xarakterdagi hikoyalar to`plamlari ham ko`plab yaratilgan. Bunga sabab ushbu mamlakat xalqlarining ijtimoiy va madaniy taraqqiyot darajasida shu janrga ehtiyoj bo`lganidan. Ko`p asrlar davomida turli Sharq xalqlari bilan yonma-yon yashagan ispan xalqi psixologiyasi, madaniy taraqqiyot darajasi, ma`naviy talabi jihatidan Sharq xalqlariga yaqin edi. Yevropalik olimlarning bunday ruhiy yaqinlikni tan olmasliklariga qaramay, Sharq adabiyoti an`anasi boshqa Yevropa mamlakatlariga qaraganda Al-Andalusda keng ildiz otdi. Ispan hikoyasiga xos bo`lgan nasihatgo`ylik xarakteri keyinchalik Yevropa mamlakatlarida yaratilgan hamma nasriy asarlarda ham o`z aksini topdi.

Musulmon Ispaniyasida yaratilgan odob-ahloq haqidagi asarlar orasida eng mashhuri Abu Bakr at-Turtushining (1069-1130) “Siroj al-muluk” hikoyatlar to`plamidir. Tazkiralar orasida Abul Valid al-Himyariyning (1026-1084) bahor va gullarga bag`ishlangan tazkirasi ispan-arab adabiyoti tarixida alohida o`rin egallaydi.

Ispan arab adabiyotida eng past tabaqadan chiqqan ayyor, aqlli, tadbirkor shum bola sarguzashtlari tasvirlanadigan, saj usulida yoziladigan hikoyachilik, qissachilik ham shakllanadi. Bu turdagi dastlabki asarlarning muallifi Badi al-Zamon al-Hamadoniy (969-1008) edi. Keyinchalik bu janr keng tarqaladi. Bular orasida eng xarakterlisi al-Haririyning (1054-1122) “Maqomat” to`plami deyish mumkin.

Ispaniyada rivojlangan nasriy adabiyot vakillarining eng buyugi qurdobalik Abu Muhammad Ali ibn Ahmad ibn Hazm (994-1064; olim Yevropada Abenhazam nomi ostida tanilgan) bo`lib, uning birinchi asari “Toukal-hammana” (“Kabutarlarning zebigardoni”) barchani hayratga soladi. Chunki asar ishq masalasiga bag`ishlangan bo`lib, asosiy qism ishqiy mazmundagi g`azallar, hikoyatlar, saroylar va haramlar hayotidan olingan epizodlar bilan boyitilgan edi. Asarni o`qir ekanmiz, o`zimizni xuddi Al-Andalusda bo`lgandek his etamiz. Risolada adib o`z diqqatini asar mazmunidan ko`ra ko`proq, uslubi va tiliga qaratgan. Asarning yagona qo`lyozmasi Leyden kutubxonasida saqlanadi.


Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish