Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi


Asosida atoqli ot toponegizlar yotuvchi toponimlar



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/39
Sana16.03.2022
Hajmi0,82 Mb.
#495329
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
MI Xayrullayeva M

Asosida atoqli ot toponegizlar yotuvchi toponimlar. 
Bir turdagi atoqli otning 
boshqa tur vasifasiga o‘tish tilshunoslikda keng tarqalgan hodisadir. Bunda atoqli ot 
o‘ziga asos bo‘lgan apellyativ negizdan yanada uzoqlashadi, ba’zi hollarda ma’nosiga 
ko‘ra umuman dahldor bo‘lmay qoladi.
Atoqli otlar tizimida atoqli otlarning o‘zaro bir-biriga o‘tish keng tarqalgan 
bo‘lib bu xususiyat turli ko‘rinishga egadir. Yangidan yasalayotgan toponimga 
qanday atoqli ot toponegizlik vazifasini o‘tayotganligiga ko‘ra, yangi nom 
quyidagicha ataladi: 
1) toponimga kishining ismi va familiyasi, laqabi, taxallusi asos bo‘lsa – 
antropotoponim; 2) toponimga urug‘, qabila, xalq, millat nomi yoki o‘sha etnik 
guruhlarning jamoaviy laqabi asos bo‘lsa – etnotoponim; 3) toponimga kosmik 
obyektlar (Oy, Quyosh, Sayyora, Yulduz va boshqalar) nomi asos bo‘lsa – 
kosmotoponim; 4) toponimga toponimlar (joy nomlari) asos bo‘lsa – topotoponim; 5) 
toponimga suv obyektlarning nomi (gidronimlar) asos bo‘lsa – gidrotoponim deb 
yuritiladi. 
Ishimizning keying qismida Vobkent tumani mikrotoponimiyasida uchraydigan 
mana shunday nomlarni tadqiq etamiz. 
 
II BOB.


32 
VOBKENT TUMANI TOPONIMLARI TASNIFI 
2.1. Tumandagi kishi nomi asosida shakllangan toponimlar. 
Joylarni kishilarning ismi laqabi va familiyasi bilan, ba’zi hollarda taxallusi 
bilan atash juda qadimiy tarixga egadir. Bunday rasm-rusumning qachon paydo 
bo‘lganligi haqida nomshunoslar turlicha fikrlar bildirishadi. Taniqli nomshunos 
V.A.Nikonov “Vvеdеniе v tоpоnimiku” kitobida bu jarayon feodalizm davrida, yerga 
egalikning 
kuchayganligi 
bilan 
izohlaydi. 
Ammo 
ba’zi 
tadqiqotchilar 
antropotoponimlarning toponimlarga o‘tishini qadimiy hodisa deb biladi: 
«Antroponimika va toponimika sohalari tarixan bir – biri bilan bog‘liqdir. Chunki bir 
qator antroponimlar toponimlar asosida paydo bo‘lgan, ko‘pgina toponimlar esa 
kishilarning ismlaridan yasalgandir»
63
, deb qayd etgan. 
Kishi nomi asosida shakllangan toponim – antropotoponim to‘rt xil sababga 
ko‘ra paydo bo‘lishi mumkin: 
1) obyekt uni bunyod etgan, uning yuzaga kelishi uchun sababchi bo‘lgan shaxs 
nomi bilan ataladi; 2) obyekt unga egalik qiluvchi kishi nomi bilan ataladi; 3) biror 
shaxs ideallashtiriladi yoki ilohiylashtiriladi hamda ma’lum obyektlar uning nomi 
bilan atala boshlanadi; 4) shaxs nomi rasmiy ko‘rsatma va qaror asosida biror joyga 
beriladi (memoreal toponimlar). Ayniqsa, keyingi holat sho‘rolar davrida nihoyatda 
avj olgan va adolatning toponimik siyosatining tarkibiy qismiga aylangan edi. 
Antropotoponimlar, ya’ni odamlarning ismlari tarixiy geografiyada keng tarqalgan 
bo‘lib, Sharq va G‘arb mamlakatlarning qadimgi va o‘rta asr toponimiyasida turli 
geografik nomlar tarkibida ko‘plab uchraydi. Jahonning turli qadimiy madaniyat 
markazlarini bog‘lovchi karvon yo‘llarining tutashgan erida joylashgan Buxoro ham 
bundan istisno emas. Shuning uchun uning tarixiy toponimiyasida turli madaniyatlar 
va tarixiy davrlarga taaluqli bo‘lgan antropotoponimlar o‘z aksini topgan. 
Tuman toponimiyasida keyingi davrda tarixiy shaxs yoki adabiyot, fan 
namoyandalarining nomlarini abadiylashtirish maqsadida 
Nodirabegim, Abdulla 
Qodiriy, Sadriddin Ayniy, Muqimiy, Sattor Yarashev, Fayzulla Xoʻjayev, Sulton 
Joʻra, Mirzo Bobur, Hamid Olimjon, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, 
63
Никонов В.А. Введение в топонимику. –М., Наука, 1965. –С.4. 


33 
Gʻafur Gʻulom, Furqat, Ahmad Donish, Muhammad Narshaxiy, Hoshimxoʻja, Hamro 
buvi Rahimova, Beruniy 
kabi toponimlar ham paydo boʻlgan. 
Vobkent tumani toponimiyasida quyidagi antroponimik toponegizlar mavjud: 
1. Shaxsning ismi: 
Imomqozixon, Boltabek, Mirsulaymon, Moʻminobod, 
Niyozxoʻja, Qoʻldosh, Qoryogʻdi, Shofayoz, Shamsiobod
kabi tarixiy nomlar. Ba’zan 
kishi ismi obod komponenti bilan birikib toponim hosil qiladi: 
Moʻminobod
tipli 
toponimlar zamirida ham aslida antroponim yotadi. 
2. Kishining laqabi yoki ismi va laqabidan yasalgan toponimlar: 
Latifsobungar
kabi. 
3. Kishining ismi va familiyasidan yasalgan toponimlar. Bunday nomlar asosan 
sho‘rolar davrida keng udum bo‘ldi va ko‘proq ko‘chalar, guzarlar, maydonlar, 
xiyobonlar kishining ismi va familiyasi bilan ataladi: 
Sattor Yarashev, Fayzulla 
Xoʻjayev, Hamro buvi Rahimova 
kabi.
4. Kishining taxallusi asosida shakllangan toponimlarga: Tuman toponimiyasida 
keyingi davrda tarixiy shaxs yoki adabiyot, fan namoyandalarining nomlarini 
abadiylashtirish maqsadida 
Nodirabegim, Abdulla Qodiriy, Sadriddin Ayniy, 
Muqimiy, Sulton Joʻra, Mirzo Bobur, Hamid Olimjon, Alisher Navoiy, Ibn Sino, 
Mirzo Ulugʻbek, Gʻafur Gʻulom, Furqat, Ahmad Donish, Muhammad Narshaxiy, 
Hoshimxoʻja, Beruniy 
kabilarni kiritish mumkin. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish