3
Ishning umumiy tavsifi
Mavzuning dolzarbligi.
Toponimlar joy nomlarining atoqli oti hisoblanadi.
Ular uzoq tarixga aloqador bo‘lib, oʻtmishda yashab o‘tgan ajdo dlarimizning
kundalik turmushi,
siyosiy-ijtimoiy, madaniy-ma’naviy, diniy-falsafiy qarashlari
kabilarni o‘zida aks ettirgan. Aytish mumkinki, joy nomlari o‘zbek
xalqi va
tilining tarixiy boyligi, xalq ijodkorligining namunasidir.
Mustaqil vatanimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
«Ma’naviyat o‘z
xalqining tarixi, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib etishga
suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz,
bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi
bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi»
1
, -degan
fikri xalqimizning boy toponimiyasiga ham dahldor.
O‘zbek tilining atoqli otlari yigirmanchi asrning ikkinchi yarmidan boshlab
ilmiy asosda oʻrganila boshladi. Bugungi kunga qadar o‘zbek toponimiyasini
tadqiq qilish borasida koʻplab ishlar amalga oshirildi. Oʻzbek
toponimiyasi
yoʻnalishida koʻplab olimlar eʼtiborga loyiq tadqiqotlar sohasida salmoqli
tadqiqotlar yuzaga keldi. Ularnshg mualliflari etakchi o‘zbek nomshunoslari
H.Hasanov, T.Nafasov, Z.Do‘simov, S.Qorayevlardir.
Ushbu olimlar va
bir qator nomshunoslarning sa’yi harakati tufayli Xorazm, Qashqadaryo,
Surxondaryo, Samarqand viloyati toponimlarining materiallari to‘plandi va
chuqur tahlil qilindi.
Buxoro viloyati oykonimiyasi umumiy tarzda S.Nayimov
tomonidan tadqiq
qilindi. Ushbu ishda, asosan, Buxoro viloyati oykonimlari o‘rganilgan.
Ma’lumki, toponimiya
muayyan hududlarda tarqalgan va xalq tilida
yashovchi lisoniy material bo‘lib, mohiyatan xalq lahja va shevalarining lu g ‘av i y
b o y l i g i d i r .
A f s u s k i ,
s h u n g a
q a r a m a s d a n ,
s h u
v a q t g a
q a d a r
shevashunoslar o‘z ishlarida onomastik materialni chetlab o‘tishdi.
1
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. - Тошкент: Ўзбекистон,
1992. -71-б.
4
Qayd qilingan mulohazalardan ma’lum bo‘ldiki,
Bux oro viloyati
hu d u d i t o p o n i m l a r i h o z i r g a q a d a r q o n i q a r l i i l m i y t a d q i q q i l g a n
e m a s . X u s u s a n , viloyatning Vobkent tumani mikrotoponimiyasi boʻyicha ham
alohida tadqiqot olib borilmagan.
Respublika hududi joy nomlarining umumiy jihatlarini oʻrganish, uning til
lugʻat boyligi
ko‘lami haqida yaxlit fikr bildirish va vatanimiz joy nomlari
xaritasini tuzish oʻta dolzarbdir. Bu borada qadim tarixi va keng toponimik
manbaga ega bo‘lgan Vobkent tumani toponimlarining
lisoniy xususiyatlarini
t a d q i q q i l i s h o ʻ z i g a x o s i l m i y v a a m a l i y a h a m i y a t g a e g a . B u h o l a t
i s h n i n g d o l z a r b l i g i n i b e l g i l a y d i .