SO’Z BOShI O’RNIDA
Mamlakatimizning serquyosh iqlim sharoitlari va boy tuprog‟i har bir dehqon xo‟jaliklari
tomorqalarida, shuningdek fermer xo‟jaliklarida mevali o‟simliklar
va sabzavot ekinlaridan
mo‟l va sifatli mahsulot etishtirish imkonini beradi. Ulami sifatli yig‟ib-terib oiishni tashkil
qilish, saqlash usullarini takomillashtirish va qayta ishlash usullarini keng joriy etish
xalqimizni yilning istalgan mavsumida vitamin va minerallar majmuiga boy bo‟lgan
mahsulotlar bilan muntazam ta‟minlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan aholining turmush
darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Xususan, Prezidentimiz I.A. Karimov ham o‟zining “Dehqonchilik taraqqiyoti to‟kin
hayot manbai” asarida bu borada ko‟plab ko‟rsatmalami ta‟kidlab o‟tganlar. Meva-
sabzavotchilik va uzumchilik sohasida taxsil oluvchi talabalar
ushbu ekin turlarini ekish,
parvarishlash va hosilini yig‟ib-terib olish texnologiyalarini o‟rganishi bilan bir qatorda,
ulami uy sharoitida saqlash va konservalash usullarini ham bilib olishi foydadan holi
bo‟lmaydi. Zero, o‟z tomorqasida etishtirilgan mevalar va sabzavotlarni uy sharoitida saqlash
va konservalash usullarini o‟rganib olish ushbu xonadonning dasturxonini to‟kin
sochin
qilish, mahsulotlaming avji pishgan pallada nes-nobud bo‟lishidan asrash, eng asosiysi
xonadonning turmush darajasini yaxshilashda muhim omillardan biriga aylanishi mumkin.
Buning uchun mamlakatimizda tarqalgan asosiy mevalar va sabzavotlarni uy sharoitida
saqlash
usullari, ulardan sifatli konservalar, jumladan marinadlar, tuzlamalar,
murabbo va
jemlar, shuningdek turli sabzavot ikralarini tayyorlash tartiblari va reseptlarini o‟rganib olish
kifoya.
Ushbu uslubiy qo‟llanmada aynan yuqorida bildiilgan fikrlami amalga oshirishga xizmat
qiluvchi ma‟lumotlar yoritib berilgan. Unda mevalar va sabzavotlarni uy sharoitida saqlash
tartiblari, mahsulotlami saqlash uchun uy erto‟lalarini tayyorlash,
ularga mahsulotlami
joylashtirish va saqlashda ulaming sifatini nazorat qilish yo‟l-yo‟riqlari tushuntirib berilgan.
Uslubiy qo‟llanmada mevalar va sabzavotlardan turli konservalar, xususan tomat
mahsulotlari, shakar qo‟shilgan mahsulotlar (kompot, sharbat, murabbo, povidlo,
jem va
boshqalar), sabzavot marinadlari, tuzlamalari va ikralarini tayyorlashni o‟rganish yuzasidan
tegishli uslubiy maslahatlar berilgan. Uslubiy qo‟llanma tanlov
fani turkumiga kimvchi
“Meva-sabzavotlami uy sharoitida saqlash va konservalash” fanidan amaliy mashg‟ulotlar
o‟tkazishga mo‟ljallanganligi uchun unda ishlab chiqarish sharoitlariga xos ma‟lumotlar o‟rin
olmagan. qo‟llanmada keltirilgan tavsiyalami (xususan reseptlarni) har bir xonadon sharoiti,
imkoniyatlari, shu xonadon tomorqasida tarqalgan meva-sabzavot ekinlari turlari, shuningdek
xonadon sohiblaming shaxsiy ta‟biga ko‟ra o‟zgartirish va tkomillashtirish ham mumkin.