Inventarizatsiya (ashyoviy ro‘yxatdan o‘tkazish) - buxgalteriya hisobi metodining elementi sifatida, moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va moliyaviy majburiyatlarni natura jihatdan tekshirish orqali ularning korxonadagi haqiqiy holatini aniqlash imkonini beradi. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni yoki korxonada sodir bo‘lgan o‘g‘irlik va yo‘qotishlar natijasida ko‘rilgan zarar va kamomadlar miqdori faqat hisob obyektlarini qayta ashyoviy ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi. Inventarizatsiya yordamida moddiy boyliklar va pul mablag‘larining butligi hamda moliyaviy majburiyatlarning haqiqiyligi nazorat qilinib, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniq va ishonchli bo‘lishi ta’minlanadi (6-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |