Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Buxgalteriya hisobining sub’yekti va ob’yekti



Download 0,95 Mb.
bet27/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

4. Buxgalteriya hisobining sub’yekti va ob’yekti. Korxonalar faoliyatini boshqarishda, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, bajargan ish va ko‘rsatgan xizmatlar tannarxi va boshqa faoliyat turlari to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar zarur bo‘ladi.

Bozor munosabatlariga asoslangan boshqaruv tizimi korxonalar o‘rtasida erkin raqobat va tijorat sirini vujudga keltiradi. Ulardan ishlab chiqargan mahsulotlari, bajargan ishlari, ko‘rsatgan xizmatlari tannarxini shakllanish tamoyillari haqidagi ma’lumotlarni raqobatchilariga sezdirmaslik talab etiladi. Chunki mahsulot, ish, xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar korxonaning tijorat siri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ishlab chiqargan mahsulot miqdori, bajargan ish va ko‘rsatgan xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari faqat korxona egalari, investorlar, kreditorlar, menejerlari va mutaxassislarga taqdim etiladi.

Korxona egalari, menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari, ta’minotchilari bilan bir qatorda, korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini sifat ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi moliyaviy ma’lumotlar bilan uning faoliyatiga investitsiya kirituvchi, “begona” xuquqiy va jismoniy shaxslar hamda korxonaning boshqa hamkorlari, bankirlar, aksionerlar, kreditorlar, hukumat tashkilotlari ham qiziqadilar. Ular har doim korxonani moliya - xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgilari keladi. Misol “Vodiygaz” korxonasiga kapital kiritgan aksiyadorlar korxonaning moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lgisi keladi. Yoki korxona ssuda olishni hoxlasa, bank yoki boshqa ssuda beruvchi tashkilot korxonadan to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi axborotni talab qiladi. Amaliyotda bunday ma’lumot va axborotlar moliyaviy hisob orqali olinadi. Demak korxona egalari, menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari, ta’minotchilari va tashqi foydalanuvchilarga (bankirlar, aksionerlar, kreditorlar, hukumat tashkilotlari) tayyorlangan, shuningdek, jamoatchilik hukmiga taqdim etish uchun chop etishga mo‘ljallangan axborotlar moliyaviy hisob axborotlari deyiladi. Shuningdek korxona rahbarlari va menejerlari o‘zlarining xizmat vazifalarini bajarishlari jarayonida boshqaruv qarorlari qabul qilishlari uchun tahlil qilingan qisqa ma’lumotlardan va boshqa axborotlardan foydalanadilar. Bunday ma’lumot va axborotlar boshqaruv hisobi orqali olinadi.

Shunday qilib, korxona rahbarlari, menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari va ta’minotchilariga yordam uchun tayyorlangan hisob axboroti boshqaruv hisob axboroti deb ataladi. Boshqaruv hisob axborotlari korxona faoliyatini rejalashtirish, xo‘jalik muomalalari va mahsulot ishlab chiqarish ustidan nazorat o‘rnatish, korxonada byudjet bajarilishi va foyda olishning monitoringini o‘rnatish, shuningdek, kompaniyaning kelajakda muvaffaqiyatga erishishini bashorat qilish uchun ham foydalaniladi.

Shunga ko‘ra, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ikki turga bo‘linadi: moliyaviy hisob ma’lumotlari; boshqaruv hisobi ma’lumotlari.

Moliyaviy hisob ma’lumotlari - barcha qiziquvchilar uchun, boshqaruv hisobi ma’lumotlari esa faqatgina chegaralangan shaxslar, korxona xodimlari uchun taqdim etiladi. Hisob ma’lumotlarini bunday ikki yo‘nalish bo‘yicha ajralishi boshqaruv va moliyaviy hisoblarini vujudga keltiradi.

Boshqaruv hisobi foydalanuvchilarni korxona ishlab chiqarish jarayonlari uchun zarur bo‘lgan xom-ashyo, materiallar, yordamchi materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i va ehtiyot qismlarni zahiralari, korxonaning ishlab chiqarish sarflari, xodimlarning ish haqlari, asosiy vositalarni eskirishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tannarxi va boshqa shu kabi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etadigan, mehnat vositalari zahiralari va sarflari, mehnat xarajatlari va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish boshqaruv hisobining obyekti bo‘lib hisoblanadi.

Moliyaviy hisob ma’lumotlari moliyaviy hisobotlar orqali foydalanuvchilarga yetkaziladi. Moliyaviy hisobot ma’lumotlariga asoslanib, har bir mulkdor, investor, kreditor, aksiyador korxonaning moliyaviy faoliyati to‘g‘risida xulosa qiladi va o‘zi uchun zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qiladi. Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan foydalanuvchilar juda ko‘p. Ularni umumlashtirib ikki guruxga ajratamiz: ichki foydalanuvchilar, tashqi foydalanuvchilar.

Ichki foydalanuvchilarga korxona menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari, ta’minot bo‘limi xodimlari va boshqa mutaxassislar kiradi.

Tashqi foydalanuvchilar o‘z navbatida yana ikki guruhga bo‘linadi:

1. Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdor bo‘lganlar (korxona egalari ya’ni mulkdorlar, ular korxonada o‘z mablag‘lari hissasini ko‘paytirishni yoki kamaytirishni belgilab, korxona rahbariyati tomonidan moddiy va moliyaviy resurslardan qanchalik samarali foydalanayotganligini baholaydilar), aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar (berilgan kreditlarini qaytarib olish, ular yuzasidan foiz to‘lanish ehtimolini baholaydilar), ta’minotchi va pudratchilar, soliq idoralari xodimlari va korxonaning ishchi va xizmatchilari;

2. Korxona faoliyatidan bilvosita manfaatdor bo‘lganlar, auditorlik firmalari, moliyaviy maslahatchilar, fond birjasining makler va brokerlari, qonun chiqaruvchi idoralar, huquqshunoslar, matbuot va axborot agentliklari, kasaba uyushmalari.

Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilar buxgalteriya hisobining subyektlari deyiladi.

Takror ishlab chiqarish jarayonlarida mehnat vositalari, mehnat buyumlari va jonli mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar sodir bo‘ladi. Bizga ma’lumki, buxgalteriya hisobi bu jarayonlarda sodir bo‘layotgan moddiy va moliyaviy resurslarni harakatini, korxonalar faoliyatidagi passivlar va majburiyatlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni qonuniyligini kuzatish va hujjatlashtirish asosida hisobga olish vazifasini bajaradi.

Har bir korxona ish boshlashidan avval mahsulot ishlab chiqarish jarayonida va faoliyatining boshqa sohalarida ishlatiladigan xom ashyo, material, yoqilg‘i, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar, savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi korxonalar esa tovarlar va boshqa moddiy qiymatliklarning zaruriy zahiralariga ega bo‘lishi shart. Bunday zahiralar korxonaning ta’minot bo‘limi tomonidan ta’minot jarayonida harid qilinadi. Ta’minot jarayonining obyektlari bo‘lib, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, mol yetkazib beruvchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar va boshqalar hisoblanadi. Bunday hisob-kitoblar buxgalteriya hisobi vositasida olib boriladi hamda nazorat qilinadi. Shuning uchun ham ta’minot jarayonini buxgalteriya hisobi predmeti, deb hisoblaymiz.

Ishlab chiqarish jarayonida mehnat qurollari, mehnat buyumlari va ishchi kuchi ishtirok etadi. Bunda ishlab chiqarish zahiralariga mehnat qurollari va ishchi kuchi vositasida ta’sir etib, mahsulot yaratiladi. Yangitdan yaratilgan mahsulotlarni tannarxini hisoblashga bo‘lgan zaruriyat, ishlab chiqarish jarayonida sarflangan barcha mehnat vositalarining (mashinalar, asbob uskunalar, xom ashyo, material, yarim tayyor mahsulotlar hamda arzon baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlar) qiymatini hamda sarflangan ish vaqti davomida bajargan ishlarning puldagi miqdorlarini bilishga ehtiyoj tug‘diradi. Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa mexanizmlarning eskirishini hisoblash, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda arzon baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlarni ishlab chiqarish davridagi harakatini (korxonaga kelishini, ishlab chiqarishga sarflanishini) va ishlab chiqarishda bajarilgan ishlarning miqdorini qayd qilish, ular ustidan nazorat olib borish buxgalteriya hisobi vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar bajarish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish buxgalteriya hisobining predmeti bo‘lib hisoblanadi.

Sotish jarayonida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot haridorlarga yuboriladi va buning evaziga korxonaga pul kelib tushadi. Sotish jarayonining obyektlariga quyidagilar kiradi:


  1. Korxonaning tayyor mahsulotlarini omborlardagi harakatini hisobga olish va ularni ombordan haridorlarga yuborish;

  2. Haridorlar va buyurtmachilar bilan bo‘ladigan hisob - kitoblar;

  3. Moliyaviy natijalarni aniqlash;

  4. Kassadagi pullar va bankdagi boshqa schyotlardagi mablag‘lar.

Bunday hisob-kitoblar buxgalteriya hisobi vositasida olib boriladi va nazorat qilinadi. Shuning uchun ham sotish jarayoni buxgalteriya hisobining predmeti bo‘lib hisoblanadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, korxonalar ixtiyoridagi xo‘jalik mablag‘lari va manbalarining hajmi, tarkibi, joylanish va tayinlanishi, ularning takror ishlab chiqarish jarayonlaridagi faoliyatlari davrida sodir bo‘ladigan hodisalar ta’sirida o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar buxgalteriya hisobida qayd qilib boriladi va korxonalar xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasida buxgalteriya hisobining obyektlariga “Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi, - deb ta’rif berilgan. Asosiy va joriy aktivlar, zahiralar, daromadlar, xarajatlar - aktivlardir, shuningdek, xususiy kapital, foyda, zararlar esa - passivlardir. Shunga muvofiq, ushbu ta’rifni soddalashtirgan holda quyidagicha talqinda bayon etishni tavsiya etamiz: korxonaning barcha aktivlari, passivlari va majburiyatlari hamda ularning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik-huquqiy aloqalari, shuningdek, aholining daromadlari va xarajatlari buxgalteriya hisobining obyekti bo‘lib hisoblanadi.

Buxgalteriya hisobi bo‘yicha chop qilingan ilmiy va o‘quv adabiyotlarda, uning predmetini tashkil qiladigan obyektlarni ikki xil belgisi bo‘yicha guruhlab o‘rganish tavsiya qilinadi: korxona xo‘jalik faoliyatini ta’minlovchi obyektlar, korxona xo‘jalik faoliyatini tashkil etuvchi obyektlar.




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish