Muomila fazasidagi xo‘jalik mablag‘lariga, odatda, muomila (savdo, umumovqatlanish va xizmatlar ko‘rsatish) sohasi korxonalarining mablag‘lari kiritiladi. Jumladan, tayyor mahsulotlar, pul mablag‘lari va to‘lovga olingan mablag‘lar. Shuningdek, muomila sohasi mablag‘larga shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning binolari, jihozlari, transport vositalari va boshqa asosiy mablag‘lari ham kiradi.
Korxona faoliyatidan vaqtincha chetlatilgan mablag‘larga boshqa korxonalarga berilgan moliyaviy yordamlar, vaqtincha foydalanish uchun berilgan mehnat vositalari va buyumlari, davlat byudjetiga korxona foydasidan qilingan ajratmalar, yil davomida ko‘rilgan va qoplanmagan zararlar kiradi. Bunday mablag‘lar korxonaning faoliyatida haqiqatdan ham ishtirok etmaydi, lekin uning balansida ko‘rsatiladi.
Korxonalarning xo‘jalik mablag‘lari takror ishlab chiqarish jarayonining qaysi sikliga tegishligiga ko‘ra ishlab chiqarish va muomala sohalari mablag‘larga ajratiladi. Noishlab chiqarish sohasining mablag‘lari, odatda, muomala sohasi mablag‘lari sifatida qaraladi.
Mahsulot ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, ish va kuch mashinalari, o‘lchov asboblari hamda boshqaruvchi qurilmalar, hisoblash texnikasi, transport vositalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, asbob - uskunalar, uzoq muddatga ijaraga olingan binolar, inshoatlar va boshqa turdagi vositalar hamda ishlab chiqarish zahiralari, jumladan, xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, harid qilingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, idishlar, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari, ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan extiyot qismlar, qurilish materiallari, kam qiymatli va tez eskiruvchi buyumlar ishlab chiqarish sohasining mablag‘larini tashkil etadi.
Mahsulotlarni sotish uchun xizmat qiladigan binolar, inshoatlar, uzatish qurilmalari, o‘lchov asboblari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, asbob - uskunalar, uzoq muddatga ijaraga olingan binolar, inshoatlar va boshqa turdagi vositalar hamda tayyor mahsulotlar, pul mablag‘lari va to‘lovga olingan mablag‘lar esa, muomila sohasining mablag‘larini tashkil qiladi.
Noishlab chiqarish sohasiga aholiga nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, servis xizmati bilan shug‘ullanuvchi va shu kabi boshqa muassasalar kiradi. Ularning faoliyatlarida ishtirok etadigan binolar, inshootlar, o‘lchov asboblari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, xonalarning jihozlari, cholg‘u asboblari, meditsina texnikasi va uskunalari va boshqa shu kabi mehnat buyumlari noishlab chiqarish sohasining mablag‘larini tashkil qiladi.
Korxona xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalariga ko‘ra: o‘zining mablag‘lari, chetdan jalb qilingan mablag‘lar, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar kabi guruhlarga bo‘linadi.
O‘zining mablag‘lari ustav kapitali, fondlar va foydadan iborat bo‘ladi.
Ustav kapitali, korxonani faoliyat ko‘rsatishni ta’minlash uchun, uni tashkil qilish vaqtida ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida belgilangan mol-mulkidagi ulushlarning pul ifodasidir. Ustav kapitalini miqdori faqatgina ta’sischilarni umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan o‘zgartirilishi mumkin.
Fondlar O‘zbekiston Respublikasi “Korxonalar to‘g‘risida”gi qonuniga binoan korxonaning ko‘zda tutilgan zararlar va nobudgarchiliklarni qoplash uchun, shuningdek, hisobot yilida kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlarini ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga bir me’yorlarda kiritishni ta’minlash maqsadida, foyda hisobidan rezerv (zahira) fondini tashkil qiladi. Rezerv fondi hisobidan korxonaning hisobot yili davrida ko‘zda tutilgan zararlari, nobudgarchiliklari, asosiy vositalarini tuzatish xarajatlari, xodimlarning mehnat ta’tillariga haq to‘lash, ularni ko‘p yillik mehnatlarini taqdirlash kabi boshqa xarajatlari qoplanadi.
O‘zining mablag‘lari ustav kapitali, fondlar va foydadan iborat bo‘ladi.
Ustav kapitali, korxonani foaliyat ko‘rsatishni ta’minlash uchun, uni tashkil qilish vaqtida ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida belgilangan mol-mulkidagi ulushlarning pul ifodasidir. Ustav kapitalini miqdori faqatgina ta’sischilarni umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan o‘zgartirilishi mumkin.
Foyda mahsulotlarni va korxona uchun keraksiz bo‘lgan asosiy vositalar hamda shu kabi boshqa mulklarni, shuningdek, sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan tushgan daromadlarni shu operatsiyalar bo‘yicha qilingan xarajatlardan ortiq chiqqan summasidir. Demak, foyda – daromadlarning xarajatlardan ortiq chiqqan summasidir.
Mahsulotni sotishdan tushgan foyda, ular uchun pul to‘lovi amalga oshirilgandan so‘ng (naqd pulsiz hisob-kitoblarda korxonaning bank muassasasidagi schyotiga mablag‘ kelib tushganda, naqd pulli hisob-kitoblarda esa mablag‘lar kassaga kelib tushganda) yoki tovarlar yuklab jo‘natilib, haridorga hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgandan keyin aniqlanadi. Foyda yil davomida buxgalteriya balansining passiv tomonida alohida moddalarda o‘sib boruvchi jamlikda aks etiriladi. Balansning aktiv qismida esa foydadan avans tariqasida foydalanish yoki haqiqiy ko‘rilgan zarar aks ettiriladi.
Chetdan jalb qilingan mablag‘lar manbaiga bank kreditlari va kreditor qarzlar kiradi.
Bank kreditlarini korxona faoliyat ko‘rsatishi davomida o‘z mablag‘larini yetmasligi natijasida chetdan mablag‘larni jalb qiladi. Shulardan asosiysi bank kreditlaridir. Bank kreditlari qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi. Kreditlar belgilangan muddatlarda qaytarib berish sharti bilan vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Kredit bank tomonidan ma’lum foizlar hisobidan, bankning qayta moliyalash stavkasidan kam bo’lmagan miqdorlarda beriladi. Misol: korxona bir yilga 25 foiz hisobidan 10000000 so‘m kredit olgan bo‘lsa, qaytarib berishda ushbu summani 12500000 so‘m qilib qaytaradi.
Boshqa tashkilotlardan jalb qilingan mablag‘larga mol yetkazib beruvchilardan puli to‘langunga qadar, olingan xom ashyo va boshqa moddiy resurslar bo‘yicha qarzlar hamda boshqa har xil kreditor qarzlar kiradi. Bu qarzlar korxonaga mol yetkazib beruvchilardan moddiy qiymatliklarni harid qilishdan boshlab, toki korxona ularning pulini to‘lagungacha bo‘lgan davrda mavjud bo‘ladi. Bu vaqt davomida mol yetkazib beruvchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlar, korxona mablag‘larining manbai bo‘lib hisoblanadi.
Kreditor qarzlar korxonaning xo‘jalik faoliyati davomida huquqiy va jismoniy shaxslar oldida majburiyatlar vujudga keladi. Bunday majburiyatlar kreditor qarzlar deyiladi. Ularga, eng avvalo, korxonaning ishchi xizmatchilarga ish haqi bo‘yicha bo‘lgan qarzdorligini, soliq inspeksiyasiga byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni, sug‘urta organlariga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha qarzdorlikni, ta’sischilarga foyda hisobidan divident to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklarni kiritish mumkin.
Ish haqi bo‘yicha ishchi va xizmatchilarga qarzdorlik xodimlarga bajargan ishlari uchun hisoblanagan ish haqini ularning qo‘llariga bergunga qadar bo‘lgan davrdagi korxona majburiyati sanaladi.
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz korxonaning faoliyati yuzasidan olingan foyda (daromad) solig‘ini va xodimlarni ish haqlaridan o‘tkazib beriladigan daromad soliqlarini soliq inspeksiyasiga o‘tkazib bergungacha bo‘lgan davrdagi korxona majburiyati sanaladi. Shuningdek bunday qarzlarga xodimlarning ish haqlariga nisbatan hisoblangan ajratmalarni ijtimoiy sug‘urta organlariga o‘tkazib bergungacha bo‘lgan davrdagi korxona majburiyati kiritiladi.
Foyda hisobidan ta’sischilarga to‘lanadigan divident qarz korxona xo‘jalik faoliyatidan olingan foydaning ta’sischilarga tegishli qismi bo‘lib, ularning ulushlari bo‘yicha hisoblanadi va to‘lagunga qadar bo‘lgan davrdagi korxona majburiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |