Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Reja: 1. Buxgalteriya hisobining metodini umumiy tavsifi



Download 0,95 Mb.
bet29/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

Reja:

1. Buxgalteriya hisobining metodini umumiy tavsifi

2. Buxgalteriya hisobining metodologiyasini tavsifi
Pedogogik texnologiya: Aqliy hujum, savol-javob.
1. Buxgalteriya hisobining metodini umumiy tavsifi. Metod tushunchasi maxsus adabiyotlarda keng talqin qilingan. Metodga tabiatda va jamiyatda bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni o‘rganish va bilish usuli sifatida qaraladi. Chunki sodir etilgan hodisa va voqeliklarni amalga oshganligini tasdig‘i, mushohida qilingandan so‘ng bilish nazariyasi asosida olinadi. Shuning uchun hodisa va voqeliklarning qaysi jihati o‘rganilishidan qat’iy nazar, ularni o‘rganishga dialektik nuqtai nazardan yondoshish lozim bo‘ladi. Korxona xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik jarayonlari hamma vaqt o‘zaro aloqada, rivojlanishda, birlikda va harakatda bo‘ladi. Korxona faoliyatida ishtirok etadigan mablag‘lar, ularning manbalari va xo‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan, har qanday sodir bo‘ladigan hodisa yoki voqelik buxgalteriya hisobi obyektlariga ta’sir etib ularni o‘zgartiradi. Sodir bo‘lgan hodisa va voqeliklarni dastavval kuzatilib, mushohada qilinib, miqdoriy jihatdan o‘lchab, so‘ngra hujjatlarda qayd qilish lozim bo‘ladi. Agar voqelik sodir etilmasa, u holda, hech qanday harakat yuzaga kelmaydi. Masalan, mahsulot ishlab chiqargan ishchilarga ish haqi hisoblandi. Bu bir tomondan korxona ishlab chiqarish xarajatlarini ko‘payishini, ikkinchi tomondan esa, mehnat to‘lovlari bo‘yicha xodimlar oldida korxonaning qarzi paydo bo‘lganligini bildiradi. Agar ishchi mahsulotni ishlab chiqarmaganda, korxonaning ishchi oldidagi ish haqi bo‘yicha majburiyati yuzaga kelmagan bo‘lar edi. Xulosa qilishimiz mumkinki, buxgalteriya hisobining metodi dialektik metodga asoslangan bo‘lib, korxona faoliyatini makon (korxonada) va zamonda (hisobot davrida) bilish nazariyasi asosida hisobga olish maqsadida qo‘llaniladigan usullar majmuidan iborat bo‘ladi.

Shuningdek buxgalteriya hisobi fanini o‘rganishning o‘ziga xos usullari ham mavjudki, ularsiz buxgalteriya hisobining obyektlari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni olish imkoni bo‘lmaydi.

Bu borada buxgalteriya hisobi bo‘yicha 1940 yilgacha chop qilingan adabiyotlar mualliflarining fikrlari turlicha. Masalan, A.P. Rudanovskiy va boshqalar buxgalteriya hisobi metodi elementlariga qayd qilish, tartibga solish, koordinatsiya, baholashni kiritsalar, A.Galagan esa kuzatish, turkumlash, induksiya va deduksiya, sintez va analiz deb hisoblaydi. 1940 yildan keyin chop qilingan adabiyotlarning mualliflari esa, buxgalteriya hisobi metodining elementlariga hujjatlashtirish, yo‘qlama qilish, baholash, kalkulyatsiya qilish, schyotlar tizimi, ikki yoqlama yozish usuli, balans, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jamlash va umumlashtirish, hisobotlar tuzishni kiritadilar. Shunday qilib buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida foydalanilgan hisob yuritish metodining elementlarini quyidagi guruhga keltirish mumkin:


  1. Qayd qilish;

  2. Tartibga solish;

  3. Baholash;

  4. Kuzatish;

  5. Turkumlash;

  6. Induksiya va deduksiya;

  7. Sintez va analiz;

  8. Hujjatlashtirish;

  9. Yo‘qlama qilish;

  10. Kalkulyatsiya qilish;

  11. Schyotlar tizimi;

  12. Ikki yoqlama yozish usuli;

  13. Balans;

  14. Moliyaviy hisobotlar va ularga qo‘shimcha ilovalar tuzish;

  15. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jamlash va umumlashtirish.

Har qanday fanni predmetini o‘rganishda mazkur fanning asosiy tamoyillarini, tashkiliy usullarini, korxona faoliyatini baholash mezonlarini bilish muhim. Chunki bular fanni o‘rganishda qo‘llaniladigan usullar majmuasini belgilab beradi.

Buxgalteriya hisobi operativ-texnik va statistika hisoblaridan, shuningdek, boshqa iqtisodiy fanlardan korxonalar faoliyatida sodir bo‘ladigan xo‘jalik jarayonlarini yoppasiga, uzluksiz va muntazam kuzatib borishi, o‘lchashi va alohida hujjatlarda qayd qilishi bilan farq qiladi. Unda aks ettirilgan jarayonlar albatta hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Hujjatlashtirish sodir bo‘lgan jarayonlarning qonuniyligini va to‘g‘riligini tekshirishga huquqiy asos bo‘lib, korxonalar xo‘jalik faoliyati natijalarini nazorat qilishda foydalaniladi. Shuning uchun xo‘jalik muomalalarini kuzatish va hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining metodini elementi sifatida namoyon bo‘ladi.

Iqtisodiy jarayonlar buxgalteriya hisobida ma’lum bir o‘lchovlarda, eng avvalo, pulda baholanib, aks ettiriladi. Demak xo‘jalik jarayonlarini pulda baholash buxgalteriya hisobining metodini elementini tashkil etadi.

Korxona aktivlarini, passivlarini va majburiyatlarini holatini, saqlanishini, ulardan foydalanishni nazorat qilish buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu vazifa hisob obyektlarni haqiqiy borligini va holatini ashyoviy ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan bajariladi. Shuning uchun ashyoviy ro‘yxatdan o‘tkazish buxgalteriya hisobi metodining elementi bo‘lib hisoblanadi.

Korxonalar faoliyatida ishtirok etadigan aktivlar, passivlar, majburiyatlar hamda ularni o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik muomalalari iqtisodiy mazmun jihatdan har xil bo‘ladi. Shuning uchun aktivlarni, passivlarni, majburiyatlarni hamda ularni o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirish uchun iqtisodiy mazmun jihatdan guruhlash lozim bo‘ladi. Guruhlash vositasi sifatida buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Korxonalar faoliyatida sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi schyotlariga ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida amalga oshiriladi Shuning uchun schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv buxgalteriya hisobi metodining elementi sifatida namoyon bo‘ladi.

Buxgalteriya hisobi axborotlari korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlariga baho berishda, joriy va istiqbol biznes rejalar tuzishda hamda faoliyatlari yuzasidan qarorlar qabul qilishda foydalaniladi. Shu sababli buxgalteriya hisob ma’lumotlari korxonalar faoliyatini haqiqiy ifoda etishi talab etiladi. Noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida tuzilgan biznes rejalar va qabul qilingan qarorlar korxonalarning kelgusi davrlardagi moliya-xo‘jalik faoliyatlariga salbiy ta’sir etib, hisob ma’lumotlarining ishonchlilik, betaraflik, muhimiylik va ahamiyatlilik darajasini pasaytirishga olib keladi. Bular hammasi hisobot davri tugagandan so‘ng joriy hisob ma’lumotlarining to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish lozimligini bildiradi. Hisobot davri tugagandan keyin joriy hisob ma’lumotlari jamlanadi, ya’ni barcha schyotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlar chiqarilib, ularning hisobot davrining oxiriga qoldiqlari topiladi va schyotlarning umumlashgan ma’lumotlariga binoan oborot qaydnomasi va balans tuziladi.

Yuqorida keltirilgan dalillardan xulosa qilishimiz mumkinki, buxgalteriya hisobini tashkil qilish jarayoni bir-biri bilan uzviy bog‘lanishda bo‘lgan uch bosqichga bo‘linadi, birinchi bosqich, sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini kuzatish, hujjatlashtirish, baholash va kalkulyatsiya qilish, ikkinchi bosqich, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va huquqiy asosga ega bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini iqtisodiy jihatdan buxgalteriya schyotlari yordamida guruhlash va ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida ularni joriy hisobini tashkil qilish, uchinchi bosqich, joriy hisob ma’lumotlarini jamlash, uning to‘g‘ri olib borilganini oborot qaydnomasi tuzish bilan tekshirib ko‘rish va balans tuzish.

Xulosa qilishimiz mumkinki, kuzatish va hujjatlashtirish, pulda baholash va kalkulyatsiya tuzish, schyotlar tizimi va ikki tomonlama yozuv, oborot qaydnomasi va balans to‘zish hamda inventarizatsiya (ashyoviy ro‘yxatdan o‘tkazish) buxgalteriya hisobi metodi elementlarini tashkil qiladi (7-chizma).

Bizning fikrimizcha, hisobot davrining oxirida tuziladigan tezkor ma’lumotlar, moliyaviy va statistik hisobotlar, ularning ilovalari joriy hisob ma’lumotlari, oborot qaydnomasi va balansga asoslanadi. Shuning uchun ularni tuzish va taqdim etishga iqtisodiy tahlil, audit fanlari kabi buxgalteri hisobining mantiqiy davomi sifatida qarash lozim.

Demak, buxgalteriya hisobi fanining uslubini elementlariga quyidagilar kiradi:



  1. Kuzatish, o‘lchash va hujjatlashtirish;

  2. Baholash va kalkulyatsiya tuzish;

  3. Buxgalteri hisobi schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv;

  4. Joriy hisob ma’lumotlarini jamlash, oborot qaydnomasi va balans tuzish;

  5. Inventarizatsiya (ashyoviy ro‘yxatdan o‘tkazish);




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish