2.Buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi. Har qanday korxona faoliyat yuritishi uchun, ma’lum miqdordagi mablag‘ga ega bo‘lishi kerak. Bu mablag‘lar aktivlar deyiladi. Korxona faoliyat ko‘rsatishi uchun tadbirkor yoki korxona jamoasi tomonidan kiritilgan barcha mablag‘lar kapital deb nomlanadi. Agar aktivlarning barchasini mulkdor bir o‘zi kiritgan bo‘lsa, unda aktivlar kiritgan kapitalga teng bo‘ladi. Buni quyidagi tenglik bilan ifodalash mumkin: Aktivlar ═ Kapital. Agar mablag‘ni bir qismi chetdan jalb qilingan bo‘lsa, mulkdor jalb qilingan mablag‘ning egasiga qarzdor bo‘ladi. Bunday qarzdorlik, datda, majburiyat deyiladi. Bu holatda yuqorida keltirilgan tenglik quyidagicha ko‘rinish oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |