Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


-mavzu. Buxgalter kasbiga qo’yiladigan talablar



Download 0,95 Mb.
bet117/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

9-mavzu. Buxgalter kasbiga qo’yiladigan talablar
12-ma’ruza: Buxgalter kasbiga qo’yiladigan talablar

Reja:

1. Buxgalterlik kasbining axloqiy me’yorlari

2. Buxgalteriya hisobi bo’yicha jamoat tashkilotlari, ularning roli va ahamiyati.

3. Buxgalterlarni milliy sertifikatlash tizimi.

4. Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash tizimi.

Pedogogik texnologiya: muloqat.
1. Buxgalteriya hisobi xizmati rahbari huquqlari va majburiyatlari. Amaldagi qonunlarga binoan buxgalteriya hisobi xizmati rahbarini (bosh buxgalterni, agar shtatlar jadvalida bunday lavozim ko‘rsatilmagan bo‘lsa, katta buxgalterni) lavozimga korxona rahbari tayinlaydi va ozod qiladi.

Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarini korxona rahbariga bo’y sunadi va majburiyati doirasida quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. Joriy yil uchun korxona hisob siyosatini shakllantiradi;

2. Korxona buxgalteriyasida hisob ishlarini tashkil qiladi va boshqaradi;

3. Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish ishlarini tashkillaydi, nazorat qiladi, bevosita bajaradi;

4. Korxona mablag‘lari va ularning manba’larini hamda majburiyatlarini harakati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini o‘z vaqtida, tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish ishlarini nazorat qiladi, sintetik va analitik uchyotini tashkillaydi;

5. Moddiy javobgar shaxslar tomondan korxona mulklarini saqlanishini va ulardan foydalanishga inventarizatsiya o’tkazish asosida nazorat o‘rnatadi;

6. Moddiy javobgar shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarni to‘g‘riligini, haqiqiyligini, shuningdek, ularning ish faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatadi.

7. Buxgalteriya xodimlari tomonidan hisob ishlarini sifatli tashkillanayotganligini nazorat qiladi, zaruriyat bo‘lganda bu ishlarni o‘zi shaxsan bajaradi;

8. Ichkiy va tashqiy auditni tashkillaydi va boshqaradi;

9. Korxona majburiyatlarini bajarilishini qonuniyligiga nazorat o’rnatadi;

10. Buxgalteriya apparati xizmat faoliyatini belgilovchi “Buxgalteriya haqidagi Nizom”ni tuzadi;

11. Buxgalteriya apparati xodimlarining xizmat lavozimi vazifalarini ishlab chiqadi va hisob ishlarini buxgalteriya apparati xodimlari orasida taqsimlaydi;

12. Buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish ishlarini amalga oshiradi;

13. Hujjat aylanish jadvalini ishlab chiqadi va uni bajarilishini nazorat qiladi;

14. Ishlatilgan hujjatlarni, hisob registrlarini va moliyaviy hisobotlarni idoraviy va davlat arhivga topshirish ishlarini tashkillaydi, nazorat qiladi, zaruriyat bo‘lganda bevosita bajaradi.

Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarini quyidagi huquqlarga ega:

15. Ma’sul shaxslardan xo‘jalik operatsiyalari rasmiylashtirilgan hujjatlarni, hisobotlarni va ma’lumotlarni talab qilib olish huquqi. Dastlabki hujjatlarni , hisob ma’lumotlarini buxgalteriyaga taqdim etish bo‘yicha bosh buxgalterni talabi korxonaning barcha xodimlari uchun majburiydir;

16. Imzo qo‘yish huquqi. Pul mablag‘larini, hisoblashuv operatsiyalari va moliya-kedit majburiyatlarini harakati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha birlamchi hujjatlar, hamda moliyaviy hisobotlar bosh buxgalterning imzosisiz haqiqiy hisoblanmaydi va bajarishga qabul qilinmaydi;

17. Moddiy javobgar shaxslarni, xususan, kassirlarni, ombor mudirlarini lavozimga tayinlashda (ishga olishda), ishdan bo‘shatishda va boshqa ishga o’tkazishda fikr bildirish;

18. Kichik korxonalarda, mikro firmalarda va xodimlari unchalik ko‘p bo‘lmagan boshqa korxonalarda lavozimlar jadvalida kassirlik lavozimi nazarda tutilmagan bo‘lsa, bu vazifani korxona rahbarining yozma ruxsati bilan bajarish;

19. Qonunchilikka zid va moliya-kredit intizomini buzishga olib keladigan hujjatlarni bajarishga qabul qilmaslik;

20. Qonun talablarini buzishga olib keladigan operatsiyalar amalga oshirilganligini aniqlagan taqdirda, korxona rahbariga bu haqida yozma xabar berishlik.

Korxona buxgalteriyasi tarkibiga kiradigan bo‘limlarda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar bosh buxgalterga buysunadi. Uchyot ishlarini bajarish bo‘yicha bosh buxgalterni topshirig‘ini, buyrug‘ini buxgalteriyani barcha xodimlari bajarishga majburdirlar. Amaldagi qonunchilikka zid tarzda tuzilgan birlamchi hujjatlarni bosh buxgalter qabul qilmaydi. Agarda qonunga zid bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobda aks etish to‘g‘risida korxona rahbari yozma ko‘rsatma bersa, bosh buxgalter buni bajarishga majbur. Lekin qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan muddatlarda yuqori tashkilotga yoki davlatning tegishli nazorat idoralariga xabar berishi kerak. Bunda amalga oshirilgan operatsiyalarni noqonuniyligiga javobgarlik korxona rahbariga yuklatiladi.



Buxgalteriya hisobi xizmati rahbari xizmat vazifasini umuman yoki sidqi dildan bajarmagan taqdirda harakatdagi qonunlar doirasida javobgardir. Jumladan:

1. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan soliq siyosati talablarini bajarmaslik, yoki, daromadlarni, xarajatlarni va soliq obyektlarini hisobga olishda yo‘l qo‘ygan xatoliklari uchun soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar;

2. Buxgalteriya hisobini olib borishda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadigan va tasdiqlaydigan idoralar talabidan bo’y egganda hamda moliyaviy hisobotlarni tuzishda qo‘shib yozishlarga yo‘l qo‘yganda yoki hisobotlarni o‘z vaqtida o‘rnatilgan tartibda taqdim etmaganda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar;

Buxgalteriya hisobi xizmati rahbari ishdan ozod etilganda, buxgalteriya hisobiga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlar yig‘ma jildlarini yangi tayinlangan bosh buxgalterga, yoki korxona rahbari buyrug‘i bilan tayinlangan xodimga dalolatnoma bilan topshiradi.


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish