Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


- jadval BUXGALTERIYA UCHYOTINI MILLIY ANDOZALARI



Download 0,95 Mb.
bet125/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

24- jadval

BUXGALTERIYA UCHYOTINI MILLIY ANDOZALARI




O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan

BHMS raqami

BHMSNING NOMLARI



26.07.1998 y. N 17-07/86

0

Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos



26.07.1998 y. N 17-17/86

1

Hisob siyosati va moliyaviy hisobot



20.08.1998 y. N 41

2

Asosiy xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlar



25.08.1998 y. N 43

3

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot



27.08.1998 y. N 44

4

Tovar-moddiy zahiralar



09.10.2003 y. №114

5

Asosiy vositalar



12.05.2004 № 75-

6

Ijara hisobi



12.10.1998 y. N 49

7

Nomoddiy aktivlar



14.10.1998 y. N 50

8

Jamlangan moliyaviy hisobotlar va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish



16.10.1998 y. N 51

9

Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot



19.10.1998 y. N 52

10

Davlat subsidiyalarining hisobi va davlat yordami bo‘yicha ko‘rsatiladigan ma’lumotlar



03.12.1998 y. N 64

11

Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarga xarajatlar



23.12.1998 y. N 65№

12

Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish



1.03.2004 y. №36

14

Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot



12.03.2003 y. № 45

15

Buxgalteriya balansi



30.10.1998 y. N 57

16

Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi xo‘jalik faoliyatning nazarda tutilmagan holatlari va yuz beradigan hodisalari



02.11.1998 y. N 58

17

Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari



19.10.1999 y. N EG/17-19-2075

19

Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish



23.11.1999 y. N 87


20

Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va hisobotlar tuzish to‘g‘risida



12.11.2003 y. 1181-1-son


21

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma



23.03.2004 y.№51

22

Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi



12.04.2005 y. №37

23

Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish



05.08.2009 y. №79

24

Qarzlar bo‘yicha xarajatlar hisobi

Lekin hali yechimini topilmagan ishlar yetarlicha mavjud. Xususan, buxgalteriya uchyotining dastlabki hujjatlarida qaytarib to‘ldiriladagan ko‘rsatkichlar mavjud. Shuning uchun dastlabki hujjatlarni standartlash va unifikatsiya qilish, tuziladigan hujjatlar sonini, yig‘ma hujjatlar tuzish asosida kamaytirish. Masalan, yalpi ishlab chiqarish korxonalarida, belgilangan me’yorlar doirasida har kuni materiallar yoki boshqa moddiy qiymatliklar bir martalik talabnoma yoki limit-zabor kartalari bilan ishlab chiqarish tsexlariga beriladi. Bir marta tuziladigan birlamchi hujjatlarni jamlovchi hujjatlar bilan almashtirib ularni bir oyda ikki marta rasmiylashtirish yoki materiallarni ombor kartochkalarini moslashtirib o’sha kartochkalarda imzo chekib mahsulotlarni ishlab chiqarishga berish tartibini joriy qilish mumkin. Hujjatlarni rasmiylashtirishni to‘liq shaxsiy kompyuterlar yordamida bajarish bugungi kunning eng dolbzarb masalalaridan biri bo‘lib qolgan. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, moliyaviy buxgalteriya hisobini tashkillash bo‘yicha 24 ta milliy standartlar ishlab chiqilib bosqichma-bosqich tadbiq qilinmoqda. Biroq boshqaruv uchyoti bo‘yicha me’yoriy hujjatlar hali hozir yetarlicha ishlab chiqilmagan. Ma’lumki, korxonalarni ish samaradorliklarini oshirishda, ularning faoliyatlarini yanada rivojlantirishni ichki imkoniyatlarini topishda bashqaruv uchyotining roli katta. Bunday kamchiliklarni bartaraf etish uchun eng avvalo ishlab chiqarish xarajatlarini uchyotga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish masalalari bo‘yicha yagona namunaviy nizom ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Namunaviy nizom iqtisodiyotni alohida tarmoqlarida, ularning faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tarmoq yo‘riqnomalarini ishlab chiqishga, piravad natijada boshqaruv uchyotini yagona, nazorat qilish imkoniyati bo‘lgan, tizimda tashkillash mumkin bo‘ladi. Boshqaruv uchyotini bunday tashkillash ishlab chiqarish xarajatlari ustidan nazorat o‘rnatish, mahsulotlar tannarxiga ta’sir etadigan omillarni topish imkoniyatini beradi. Bunday tashkiliy tadbirlar tannarxni pasaytirish yo‘llarini ko‘rsatib beradi bu esa, korxonani foydasini oshishga, uning foydalilik darajasini ko‘payishga olib keladi.

Buxgalteriya hisobini tashkil qilish deganda korxonalar xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan iqtisodiy operatsiyalar haqida mukammal, ishonchli, aniq axborotlar olish va ishlab chiqarish resurslaridan maqsadli foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha korxonada yaratilgan sharoitlar tizimi tushuniladi.

Hisob ishlarini tashkil qilishda ma’lum bir qoidalarga rioya qilinadi. Xorij adabiyotlarida hisob ishini tashkil qilishning quyidagi qoidalari mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan:

1. Mehnatning taqsimlanishi «Oddiy ish bajaruvchi» faoliyati. Bunda hisob va hisobot ishlari ma’lumotlarni yig‘ish va guruhlashga yo‘naltiriladi.

2. Ma’lumotlarni qamrab olish, hamma ish tezkor hisobni olib boruvchiga biriktiriladi. Ular hisob registrlarida xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozib boradilar.

3. Nazoratdagi raqobat, bu hisob-kitob kaliti hisoblanadi. Unda ko‘rsatkichlar solishtirilganda ular bir-birlariga mos kelishi kerak yoki buni manfaatlar to‘qnashuvi, deb atash mumkin.

4. Haqiqiy buxgalteriya, ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanuvchi buxgalter jarayonlarni ro‘yxatga olish jurnalini to‘ldiradi va buxgalteriya yozuvini (pravodka) tuzadi.

5. Uslubiy mustaqillik, har bir firma va korxona buxgalteriya hisobini tashkil qilish uslubini o‘z faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan holda, o‘zi belgilaydi. Qancha firma, korxona bo‘lsa, shuncha hisobni tashkil qilish uslublari mavjud. Har bir xizmatchi yoki rahbar o‘ziga ma’qul hisob tizimini kiritish huquqiga ega.

6. Psixologik iqlim, rahbarning xodimiga ishonmasligi. Hisobning asosiy vazifasi ishchilar o‘z manfaatlarini korxona manfaatidan ustun qo‘yishining oldini olish bo‘lib hisoblanadi. Buxgalterlar amaldagi hisob tizimiga korxona rahbarining roziligisiz hisob ishlarini tashkil qilishning boshqa usulni kiritish yoki amaldagi usulni o‘zgartirish huquqiga ega emas. Korxonada buxgalteriya hisobini halqaro andozalariga moslashtirish rahbar tomonidan ma’qullangan tamoyil va qoidalarga asoslanadi.




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish