Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil qilishning huquqiy asoslari



Download 0,95 Mb.
bet124/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

1. Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil qilishning huquqiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi va qonun talablari doirasida buxgalteriya hisobi sohasidagi me’yoriy hujjatlar xalqaro andozalarda ko‘rsatilgan talablarga muvofiqlashtiriladi.

Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy Andozalari, hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish chog‘ida foydalaniladigan uslubiy ko‘rsatmalar va boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va bosqichma bosqich tadbiq etildi. Natijada buxgalteriya hisobining tashkil etishning huquqiy me’yorlari asosi yaratildi.

Қўydagilaр Ўzbekiстонda bухgalтeрiya hiсоbiнi тashkil қilishнiнg hуқуқiy aсосi vaziфaсiнi bajaрadi:

1. Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha Qoidalar

2. O’zbekiston respublikasida mulkchilik to’g’risida Qonuni

3. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to’g’risida Nizom

4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni

5. Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to’g’risida Nizom

6. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi Nizom

7. O’zbekiston respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida Nizom 1 yanvarь holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom

8. Inventarizatsiya jarayonida aniqlanganmol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to’g’risidagi Nizom

9. Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risida Nizom

10. Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risidagi Nizom

11. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni

12. Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining Qarori.

Buxgalteriya hisobidagi huquqiy boshqarish huquq me’yorlarini, huquqiy munosabatlarni, huquqiy javobgarlik va boshqa tarkibiy elementlarni o‘z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda huquqiy subyektlar (korxonalar) bu elementlarga o‘z munosabatlarini bildiradilar. Agar ularning munosabati ijobiy bo‘lsa huquqiy hujjatlarda belgilangan to‘g‘ri xatti – harakatlar, agar ularning munosabati salbiy bo‘lsa noto‘g‘ri xatti - harakatlari yuzaga keladi. Ya’ni buxgalteriya hisobi va hisobotida huquqbuzarliklarni bo‘lishiga yo‘l ochadi.

O‘zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun asosiy huquqiy baza bo‘lib xizmat qiladi. Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislarini, shuningdek, korxona rahbarlariniing buxgalteriya hisobini tashkil etishdagi asosiy vazifalari, maqsadlari, huquqlari va burchlari ko‘rsatib berilgan.

Bu qonun, korxona rahbarlari, buxgalterlari va boshqa mansabdor shaxslari uchun buxgalteriya hisobini tashkil qilishni va hisobotlar tuzishni asosiy tamoyillarini belgilab berdi.

Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning xalqaro amaliyoti, buxgalteriya hisobini me’yorlar yordamida boshqarishning quyidagi tizimlarini nazarda tutadi:

- Birinchi daraja–davlat miqyosidagi qonun hujjatlari:

- Ikkinchi daraja-auchyotni tashkil qilishning asosiy qoidalari; Mazkur darajada buxgalteriya hisobi tushunchalari va qoidalari shunday belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq shaxslar tomonidan bir xilda talqin etilsin.

- Uchinchi daraja turli idoralar tomonidan tarmoqlar xususiyatidan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha ishlab chiqilgan xilma - xil uslubiy ko‘rsatmalar hamda tavsiyalar.

- To‘rtinchi daraja korxona xususiyatidan kelib chiqib hisob siyosatini belgilash va hujjatlar oborotini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ish hujjatlari.

Buxgalteriya hisobini boshqarish ana shu to‘rt darajali tizim doirasida bo‘lishi kerak. Respublikamizda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonunni birinchi darajaga kiritish mumkin. Ikkinchi darajaga buxgalteriya hisobining tasdiqlangan va harakatdagi milliy andozalari kiradi. Uchinchi darajaga respublika Moliya vazirligi tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi Nizom, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” Nizom hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish chog‘ida foydalaniladigan uslubiy ko‘rsatmalar va boshqa hujjatlarni kiritish mumkin. To‘rtinchi darajaga hisobot yilining boshida har bir korxona o‘zi uchun tuzadigan va uning rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hisob siyosati kiradi. Shunday qilib, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik subyektlarida qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobi bosqichma-bosqich buxgalteriya hisobining halqaro tizimiga yaqinlashtirilmoqda.

Buxgalteriya hisobi xo‘jalik subyektlari bilan birgalikda katta rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi ishlab chiqarish jarayonlarining murakkablashishiga va ularni boshqarish uchun kerak bo‘lgan iqtisodiy axborotlarni tezlikda olish zaruriyatini tug‘ilishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida, buxgalteriya hisobini, uning ilg‘or usullarini va zamonaviy hisoblash texnikasini qo‘llash yo‘li bilan takomillashtirishni taqozo qiladi.

Buxgalteriya hisobini takomillashtirish birinchi navbatda uning tezkorlik(operativnost) darajasini oshirishga qaratilishi lozim.Hozirgi kunda buxgalteriya hisobining tezkorlik darajasi unchalik yuqori emas. Korxona moliya-xo‘jalik faoliyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar buxgalteriya hisobot davri tamom bo‘lgandan keyingina olinadi. Ularni tegishli idoralarga tezlikda yetkazib bera olmaydi. Shuning uchun bunday ma’lumotlardan faqat keyingi davrlar foydalanish mumkin. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining tezkorligini ta’minlash hozirgi davr menejmentining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi keyingi yillarda tegishli idoralar bilan hamkorlikda buxgalteriya hisobida ilg‘or usullarni qo‘llash, xalqaro andozalar zaminida milliy andozalarni ishlab chiqish va joriy qilish, persanal kompyuter texnikasini qo‘llash asosida buxgalteriya uchyotini takomillashtirish masalalarida bir qancha ishlarni amalga oshiradi.

Hozirgi kunda moliyaviy buxgalteriya uchyotini tashkillash bo‘yicha 24 ta milliy andoza ishlab chiqilgan (24- jadval).



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish