23- jadval
Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya apparati xodimlarining taxminiy xizmat lavozimi
T/r
|
Xizmat lavozimi
|
Xizmat vazifalari
|
1
|
Bosh buxgalter
|
Korxonada buxgalteriya ishini to‘liq olib borilishini tashkillaydi, nazorat qiladi va xodimlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Pul mablag‘lari va moddiy qiymatliklardan to‘g‘ri foydalanish ustidan nazorat o‘rnatadi. Xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar bilan rasmiylashtirishni qonuniyligini nazorat qiladi, ish haqini to‘g‘ri hisoblash va berilishi ustidan nazorat o‘rnatadi. Byudjetdan foydalanishga nazorat o‘rnatish, soliq to‘lovlarining eng maqbul variantlarini tanlash va soliq hisobotlarini tuzish va topshirish. Korxona moliya-xo‘jalik faoliyatiga tegishli bo‘lgan qonunlarni buzilishini hamda kamomadlar va yo‘qotishlar oldini olish, ular sodir bo‘lganda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish va tergov-sud idoralariga topshirish.
|
2
|
Bosh buxgalter o‘rinbosari
|
Kassa va hisob raqami operatsiyalarini uchyotini olib boradi. Bosh buxgalter o‘rnini bosadi.
|
3
|
Ombor buxgalterlari
|
moddiy ishlab chiqarish zahiralarini, tayyor mahsulotlarni qiymatliklarni sotib olishni, ishlab chiqarishdan kelishini va chiqib ketishini hisobga olish bilan shug‘ullanadi.
|
4
|
Kassir
|
Naqd pul mablag‘larini harakati va unga tenglash-tirilgan, qimmatli qog‘ozlarni (aksiyalarni, obligatsiyalarni, markalarni) uchyotga olish bilan shug‘ullanadi.
|
5
|
Ishlab chiqarish bo‘limi buxgalteri
|
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarida, sex boshliqlarining hisobotlari asosida
ishlab chiqarish xarajatlarini sintetik va analitik uchyotini yurgizadi, ishlab chiqaraligan mahsulotlarni haqiqiy tannarxlarini kalkulyatsiya qilish bilan shug‘ullanadi.
|
6
|
Hisoblashuv operatsiyalari buxgalteri
|
Debetorlar va kreditorlar, xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan sodir bo‘ladigan hisob-kitoblarni uchyotga olish bilan shug‘ullanadi.
|
6
|
Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa moliyaviy qo‘yil-malar buxgalteri
|
Asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va boshqa moliyaviy qo‘yilmalarni harakati bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni hujjatlashtirish, amartizatsiya hisoblash hamda sintetik va analitik uchyotini olib borish bilan shug‘ullanadi.
|
7
|
Auditr
|
|
Korxona ish faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa xizmat lavozimlari ham kiritilishi mumkin. Masalan: Faoliyatida import va eksport operatsiyalari ko‘p bo‘lgan korxonalarda “Buxgalter-ekspert” yoki katta korxonalarda “Buxgalter analitik” hisob ishlarini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, kapital qurilishi va zaruriyat bo‘lganda boshqa guruhlar ham tashkil qilinishi mumkin.
Buxgalteriya xizmati xodimlarining faoliyati bosh buxgalter tomonidan tuziladigan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadigan “Buxgalteriya apparati haqidagi nizom” talablari doirasida tashkil qilinishi lozim. Nizomda buzgalteriya apparatining maqsadi, vazifalari , uning korxonaning boshqa bo‘linmalari bilan aloqasi va buxgalteriyada ishni tashkil qilish tartibi yoritiladi. Nizom buxgalteriya apparati.
Do'stlaringiz bilan baham: |