Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish va buxgalteriyada ishni tashkil qilish



Download 0,95 Mb.
bet130/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

6. Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish va buxgalteriyada ishni tashkil qilish. Amaldagi qonunlarga binoan buxgalteriya hisobi xizmati rahbarini (bosh buxgalterni, agar shtatlar jadvalida bunday lavozim ko‘rsatilmagan bo‘lsa, katta buxgalterni) lavozimga korxona rahbari tayinlaydi va ozod qiladi.

Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarini korxona rahbariga bo’y sunadi va majburiyati doirasida quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. Joriy yil uchun korxona hisob siyosatini shakllantiradi;

2. Korxona buxgalteriyasida hisob ishlarini tashkil qiladi va boshqaradi;

3. Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish ishlarini tashkillaydi, nazorat qiladi, bevosita bajaradi;

4. Korxona mablag‘lari va ularning manba’larini hamda majburiyatlarini harakati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini o‘z vaqtida, tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish ishlarini nazorat qiladi, sintetik va analitik uchyotini tashkillaydi;

5. Moddiy javobgar shaxslar tomondan korxona mulklarini saqlanishini va ulardan foydalanishga inventarizatsiya o’tkazish asosida nazorat o‘rnatadi;

6. Moddiy javobgar shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarni to‘g‘riligini, haqiqiyligini, shuningdek, ularning ish faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatadi.

7. Buxgalteriya xodimlari tomonidan hisob ishlarini sifatli tashkillanayotganligini nazorat qiladi, zaruriyat bo‘lganda bu ishlarni o‘zi shaxsan bajaradi;

8. Ichkiy va tashqiy auditni tashkillaydi va boshqaradi;

9. Korxona majburiyatlarini bajarilishini qonuniyligiga nazorat o’rnatadi;

10. Buxgalteriya apparati xizmat faoliyatini belgilovchi “Buxgalteriya haqidagi Nizom”ni tuzadi;

11. Buxgalteriya apparati xodimlarining xizmat lavozimi vazifalarini ishlab chiqadi va hisob ishlarini buxgalteriya apparati xodimlari orasida taqsimlaydi;

12. Buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish ishlarini amalga oshiradi;

13. Hujjat aylanish jadvalini ishlab chiqadi va uni bajarilishini nazorat qiladi;

14. Ishlatilgan hujjatlarni, hisob registrlarini va moliyaviy hisobotlarni idoraviy va davlat arhivga topshirish ishlarini tashkillaydi, nazorat qiladi, zaruriyat bo‘lganda bevosita bajaradi.

Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarini quyidagi huquqlarga ega:

1. Ma’sul shaxslardan xo‘jalik operatsiyalari rasmiylashtirilgan hujjatlarni, hisobotlarni va ma’lumotlarni talab qilib olish huquqi. Dastlabki hujjatlarni , hisob ma’lumotlarini buxgalteriyaga taqdim etish bo‘yicha bosh buxgalterni talabi korxonaning barcha xodimlari uchun majburiydir;

2. Imzo qo‘yish huquqi. Pul mablag‘larini, hisoblashuv operatsiyalari va moliya-kedit majburiyatlarini harakati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha birlamchi hujjatlar, hamda moliyaviy hisobotlar bosh buxgalterning imzosisiz haqiqiy hisoblanmaydi va bajarishga qabul qilinmaydi;

3. Moddiy javobgar shaxslarni, xususan, kassirlarni, ombor mudirlarini lavozimga tayinlashda (ishga olishda), ishdan bo‘shatishda va boshqa ishga o’tkazishda fikr bildirish;

4. Kichik korxonalarda, mikro firmalarda va xodimlari unchalik ko‘p bo‘lmagan boshqa korxonalarda lavozimlar jadvalida kassirlik lavozimi nazarda tutilmagan bo‘lsa, bu vazifani korxona rahbarining yozma ruxsati bilan bajarish;

5. Qonunchilikka zid va moliya-kredit intizomini buzishga olib keladigan hujjatlarni bajarishga qabul qilmaslik;

6. Qonun talablarini buzishga olib keladigan operatsiyalar amalga oshirilganligini aniqlagan taqdirda, korxona rahbariga bu haqida yozma xabar berishlik.


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish