Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


O‘z sarmoyasi to‘g‘risidagi hisobot -



Download 0,95 Mb.
bet115/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

O‘z sarmoyasi to‘g‘risidagi hisobot - O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 14- son “Xususiy kapital to’g’risida hisobot” nomli milliy standartiga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlar “O‘z sarmoyasi to‘g‘risidagi hisobot” tuzadilar va aqdim etadilar.

Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning manzillar qismida hisobot sanasi, xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi, tarmog’i, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli va to’liq yuridik manzili, uning tasarrufida mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lgan organning nomi, xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning tayyorlanishi chog’ida foydalanilgan o’lchov birligi ko’rsatilishi kerak.

Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to’g’risidagi, ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) sotib olingan o’z aktsiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi axborotlar keltiriladi.

Hisobotda hisobot davridagi xususiy kapital tarkibida qimmatli qog’ozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav kapitalini shakllantirish chog’ida valyuta kursidagi farqlar, rezerv kapitalga ajratmalar, joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan mol-mulk, pul dividendlari va aktsiyalar ko’rinishida to’lanadigan dividendlar, shuningdek, xususiy kapitalni shakllantirishning boshqa manbalari to’g’risidagi, shuningdek, chiqarilgan aktsiyalar soni, aktsiyalarning nominal qiymati, muomaladagi aktsiyalar soni to’g’risidagi axborotlar ham keltiriladi.

Xususiy kapital tarkibida ikki hisobot davri o’rtasidagi o’zgarishlar moliyaviy hisobotlarda qabul qilingan va ochib beriladigan baholashning aniq tamoyilidan kelib chiqqan holda hisobot davri davomidagi sof aktivlarning ko’payishi yoki kamayishini aks ettiradi.

Hisobotning xususiy kapital to’g’risidagi qismiga tushuntirishlar va izohlarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt xususiy kapitalining qatnashchining chiqib ketishi, aktsiyadorlik jamiyati tomonidan aktsiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aktsiyalarni bekor qilinishi, aktsiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga ko’ra kamayib ketganligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Aktsiyadorlik jamiyatlari xususiy kapital to’g’risidagi tushuntirishda quyidagilar haqidagi axborotni keltiradilar:

a) obuna amalga oshirilishi nazarda tutiladigan aktsiyalarning umumiy soni va nominal qiymati;

b) nazarda tutilgan miqdorlar bilan taqqoslaganda obuna amalga oshirilgan aktsiyalarning umumiy miqdori va nominal qiymati;

v) aktsiyalarga obunaning borishi chog’ida olingan mablag’lar umumiy summasi;

g) ayrim turlar va toifalar bo’yicha ustav kapitali tarkibidagi aktsiyalar;

d) imtiyozli aktsiyalar bo’yicha to’lanmagan jamlangan dividendlar summasi;

e) aktsiyalar ko’rinishida to’lanadigan dividendlar, xususan, to’lanadigan aktsiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari yoki toifalari to’g’risida;

j) hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qo’shib yuborishlar va aktsiyalarning maydalanishi yoki qo’shib yuborilishigacha va undan keyingi aktsiyalarning nominal qiymati to’g’risidagi.

Ustav kapitali tarkibidagi aktsiyalar haqidagi axborot tushuntirishda ayrim turlar va toifalar bo’yicha keltiriladi:

a) chiqarilgan aktsiyalar soni, ustav kapitalining to’lanmagan qismi ko’rsatilgan holda;

b) aktsiyaning nominal qiymati;

v) muomalada bo’lgan aktsiyalar sonida hisobot davri mobaynidagi o’zgartirishlar;

g) aktsiyalar bilan bog’liq huquqlar, imtiyozlar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarning taqsimlanishi va kapitalning qaytarib berilishi bo’yicha cheklashlar;

d) jamiyatning o’ziga, uning shu’ba va uyushgan korxonalariga tegishli aktsiyalar;

e) ular egalik qilayotgan muassislar ro’yxati va aktsiyalar soni;

j) ijroiya organi a’zolarining mulki bo’lgan aktsiyalar soni;

z) optsionlar va boshqa kontraktlarga binoan chiqarish uchun zaxiralashtirilgan aktsiyalar, ularning muddatlari va summalari ko’rsatilgan holda;

i) konvertatsiyalanadigan (aktsiyalar yoki obligatsiyalarga) aktsiyalarning soni va nominal qiymati hamda ushbu aktsiyalarning qarzga oid qimmatli qog’ozlarga konvertatsiya qilinishi hollarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan majburiyatlar.

Boshqa barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarga oid izohlarda quyidagilar to’g’risidagi axborotni keltiradilar:

a) egalik qiluvchilar o’rtasida ustav kapitali ulushining taqsimlanishi;

b) ushbu ulushlarga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar;

v) ustav kapitali tarkibida egalik qiluvchilar ulushi tarkibidagi o’zgartirishlar.

Hisobotning xususiy kapital to’g’risidagi qismiga tushuntirish xati O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 1998 yil 26 iyuldagi 17-07/86-son buyrug’i bilan tasdiqlangan (ro’yxat raqami 474-son, 1998 yil 14 avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999 yil, 5-son) O’zbekiston Respublikasining “Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar” Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi.


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish