2. Buxgalter kasbiga oid ahloqiy qoidalar. Davlat (hukumat), moliya-soliq institutlari, investorlar, kreditorlar (banklar, sug‘urta idoralari), ish beruvchilar va aholi malakali buxgalterlar shakllantiradigan iqtisodiy axborotlarni foydalanuvchilari bo‘lib hisoblanadilar. Xizmat vazifalarini bajarishda buxgalterlar o‘z ishlariga mas’uliyatli qarashlari va halollik yuzasidan yondoshishlari lozim. Davlatni (hukumatni), jamoatchilikni, ishbilarmon doiralar vakillarini, moliyaviy hisobot tuzuvchilarni hamda boshqa soha xodimlarining ishonchlarini oqlash uchun buxgalterlar bir qancha vazifalarni bajaradilar. Malakali buxgalterlarni xulq-atvori, o‘z kasbiga sidqidildan, malakaviy yondoshuvi jamiyatni iqtisodiy yuksalishiga ta’sir etadi. Bu malakali buxgalterlardan jamiyatning qiziqishiga ma’suliyat bilan yondoshishni talab etadi. Malakali buxgalterlar ma’suliyatiga nafaqat mijozni yoki ish beruvchini balkim butun bir jamiyatni iste’molini qondirish kiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki buxgalterlik kasbining jamiyatda o‘z o‘rni bor. Shu o‘ringa ega bo‘lishi uchun buxgalterlik kasbini tanlagan har-bir shaxs o‘z kasb mahoratini, ko’nikmasini oshirish ustida tinmay ishlashi talab etiladi.
Malakali buxgalterlar obro’li bo‘lishlari uchun jamiyat ishonchini qozonib har doim yuqori saviyada xizmat ko‘rsatishlari lozim, Chunki moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilar malakali buxgalterlarning tijorat faoliyatlarining intizomli va obyektiv axborotlariga tayanib ish yuritishadi. Butun dunyoda malakali buxgalterlar mana shunday maqsadlarga xizmat qiladigan yuqori saviyadagi xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan ahloqiy qoidalarga rioya qilishlari talab etiladi.
Bunday talablarni o‘rnatishni hisobga olib Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi1 (XBF) 1998 yilda “Malakali buxgalterlar kodeksini” qabul qildi. Harakatdagi kodeks butun dunyo buxgalterlariga qo‘yiladigan etik talablar va qoidalar yig‘indisi bo‘lib uch qismdan iborat: kodeksning “A” qismida keltirilgan tartiblar barcha malakali buxgalterlar faoliyatiga tadbiq etiladi, “V” qismida keltirilgan tartiblar barcha amaliyotchi malakali buxgalterlar faoliyatiga tadbiq etiladi va “S” qismida keltirilgan tartiblar yo’llanma malakali buxgalterlar faoliyatiga tadbiq etiladi.
Buxgalterlik kasbining maqsadi eng yuqori malaka standartlari asosida yaxshi ish natijalarini ta’minlash asosida, jamiyat manfaatlari talabini bajarishga rioya qilish. Har qanday malakali buxgalter bunday maqsadga erishishi uchun quyidagi to‘rtta asosiy talabga rioya qilishi kerak:
Ishonchlilik– jamiyatda, haqqoniy ishonchli axborotlar va axborotlar tizimiga talabni mavjudligiga;
Professionallik – malakali bo‘xgalterlarga bo‘lgan talabning mavjudligi.
Xizmat sifati – malakali buxgalterlar ko‘rsatadigan barcha xizmatlar yuqori sifat standart talabiga javob berishga bo‘lgan ishonch.
Ishonch - malakali buxgalterlar xizmatidan foydalanuvchilarda shunday xizmatlar ko‘rsatish asosida ahloqiy qoidalarni mavjudligiga ishonch.
Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi barcha malakali buxgalterlar uchun quyidagi axloqiy me’yorlar belgilab bergan:
Do'stlaringiz bilan baham: |