Bog'liq Ishlab chiqarishda mikroklimat ko’rsatgichlari
4.4. Ishlab chiqarishda xonalarni isitish va havosini almashtirish Ishlab chiqarish binolari va texnika vositalari kabinalarida mikroiqlimni ta’minlovchi elementlarni omillari qo’shimcha uskuna va vositalar yordamida amalga oshiriladi. Ishchi hududdagi temperaturani me’yor darajasiga etkazish – yilning sovuq paytlarida isitish uskunalari kalarefir va ventilyator, batareyalarga bug’ni bosim ostida haydab berish, yoqish pechlari va individual isitish uskunalri yordamida amalga oshiriladi va aksincha yilning issiq paytlarida ishchi hududda havoni sovitish maqsadida, qo’shimcha sovitilgan havo markazlashgan shamollatgichlar yordamida va individual shamollatgichlar yordamida amalga oshiriladi. ГОСТ 12.1.005-86 talablariga asosan ish joylarida me’yor darajasidagi sharoitlarni yaratish uchun isitish jarayonidan keng foydalanadilar. Ish joylarini isitish mahalliy yoki markazlashgan holda bo’lishi mumkin. Qishloq xo’jaligida mahalliy isitish tizimi asosan qishloq xo’jaligi texnikalarini kabinalarini isitish uchun va ishlab chiqarishdan uzoq bo’lgan maydoni 500m 2 dan ko’p bo’lmagan binolarni isitish uchun qo’llaniladi. Boshqa hollarda markazlashgan isitish tizimidan foydalanadilar. Issiqlikni etkazuvchi vosita sifatida suv, bug’, yoki havo ishlatilishi mumkin. Ma’lumki suv va bug’ maxsus bug’ qozonlari yordamida va muhitni quvurlar yoki radiatorlar orqali isitiladi. 2 1 49 Havoni qizdirish esa kaloriferlarda, issiq suv, bug’ va elektr toki yordamida amalga oshiriladi. Mehnat muhofazasi talablaridan kelib chiqqan holda binolarni isitish mavsumi davomida binoning barcha joylarida havoni isitilishi teng va bir me’yorda bo’lishi, yong’in va portlash xavfidan xoli bo’lishi, ta’mirlashda va foydalanishda qulaylik talablariga javob berishi kerak. Qishloq xo’jaligi texnikalari kabinalarini isitish uchun havo yordamida isitish tizimi keng qo’llaniladi. 4.7-rasm. Kabinani isitish sxemasi 4.8-rasm. Kabinani shamollatish va isitish sxemasi 1–radiator; 2–quvur; 3–rostlovchi 1-havo haydagich; 2-quvurlar; 3 va 8–to’siqlar; to’siq; 4 – kabina; 5 – havo haydagich 4–isitish tizim krani; 5–isitish radiatori; 6-kabina; 7–jalyuz; 9 va 10-havo haydagich. Bajariladigan barcha ish turlarini samaradorlik ko’rsatkichlari asosan issiqlik balansining ta’minlanganligiga bog’liqdir. Issiqlik balansi quyidagi ko’rsatkichlar asosida baholanadi T= T o + T k +T n +T b +T h T o - kiyimning issiqlik o’tkazuvchanligi; T k - tana atrofidagi konvetsiya; T n - atrof – yuzalarga nurlanish; T b - tanadan chiqayotgan namlikni bug’lanishi; T h - nafas olayotgan havoni isitish. Havoning nisbiy namligi va tozaligi markazlashgan havo almashtirgichlar (ventilyatsiya) PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
tizimi yordamida amalga oshiriladi va havoning harakatlanish usuliga ko’ra tabiiy va mexanik shamollatishlar bo’ladi. Tabiiy shamollatishda xonaga havo tabiiy kuchlar - gravitatsion (issiqlik) va shamol bosimi ta’sirida kiradi. Gravitatsion bosim sovuq va issiq havoning solishtirma