Reja.
Pulning moxiyati va vazifalari.
Pul kadr-Qiymati. Pul talab va taklif.
Inflyatsiyaning moxiyati, kurinishlari, sotsial iqtisodiy okibatlari.
Inflyatsiyaga qarshi kurashish yullari.
O’zbekistonda milliy pul birligi-sumni barkarorlashtirish vazifalari.
Pul barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalent bulib, barcha tovarlar pulga nisbatan oddiy tovar mavkeiga ega buladilar. Tovarlar pul bilan bulgan munosabatlarda u orkali uzlarining Qiymatini ifoda etadilar va uz baxolariga ega buladilar. Pul munosabatining ikkinchi tomoni iste’mol Qiymati sifatida namoyon bulib, xoxlagan sharoitda xoxlagan tovarning Qiymatiga aylana oladi. Pul umumiy extiyoj predmeti bulib, umumiy iste’mol Qiymatini ifodalaydi. Pul xakikatda aloxida va fakat uziga xos iste’mol Qiymatiga ega bulib, pul kurinishida aloxida maxsus, ideal umumiy Qiymat bulib xizmat kiladi.
Aynan shu iste’mol Qiymati avvalgi iste’mol Qiymatidan fark kiladi. Unda oltinni iste’mol Qiymati Qiymatning ekvivalent shakli bilan kushilib ketgan. U ijtimoiy munosabatlarning ifoda etuvchisigina bulib kolmay, balki uzi munosabatdir, iqtisodiy kategoriyadir. Bu shakl pulning ayriboshlash jarayonida boshka bovarlarga ta’sir etishdagi uziga xos xususiyatdir.Pul ijtimoiy mexnat va Qiymatni gavdalantiradi, bundan mexnat kaysi soxaga sarflangani va Qiymat kaerda yaratilgani farksizdir.
Pulga xoxlagan iste’mol Qiymatini olish mumkin. Demak tovarlarning ideal sharoitdagi pul shakli va ideal sharoitdagi pulning umumiy Qiymati –ikkalasi bir munosabat momentlaridar. Pulning uzi tovardir, tovarlarning tovaridir, kishi orzu kilgan sharoitda xoxlagan tovarga aylanadigan tovardir.
Pulning moxiyati uning vazifalarida yanada yakkol namoyon buladi. Pul uz xususiyatiga kura, avvalo muomila vositasidir, ya’ni tovarlarni bir-biriga almashtirish pul vositasida amalga oshadi. Chunki tovar egasi bulgan sotuvchi tovarni sotib , tovarning Qiymatini pul sifatida olib ketadi. Shuning uchun talab bilan taklifni bir-biriga pul ulaydi va ularning uzilishiga barxam beruvchi bulib xisoblanadi.
Tovarni siljishi, xarakat tezligi, bir-biriga yakinlashuvi pul vositasida amalga oshadi, deyish mumkin. Ayriboshlashning eng yukori pogonasi bulgan muomala mazmunan pul tufayli yuzaga keladi.
Tovar-pul muomalasi esa bozor sharoitining asosidir, demak bundan pul va pul muomalasining bozor Iqtisodiyoti rivojidagi o’rnini baxolash kiyin emas.
Mamlakat Iqtisodiyotining muvozanati, uning muomalasini ta’minlash uchun ma’lum mikdorda pul talab kilinadi. Buni aniqlashda bir necha tomonlarga e’tibor berish zarur. Tulovlar nakd yoki nakd pulsiz bulishi mumkin. Agarda tovarning xaki bevosita pul tulovi orkali amalga oshsa, buni nakd pul asosidagi oldi-sotdi deyiladi. Basharti bevosita pul tulovsiz oldi-sotdi yuz bersa, bunday oldi-sotdi pulsiz tulov deyiladi.
Asosan banklar orkali pul utkazuv shu usulga kiradi. Shuning uchun xam zaruriy pul mikdorini belgilashda bunday vokelik e’tiborga olinadi. Chunki u bevosita pul zaruriyati darajasiga ta’sir etadi.
Bundan tashkari zarur pul mikdorini aniqlashda pul xarakati tezligi axamiyatlidir. Bu pul birligining yil ichida necha marta kuldan-kulga utib, tovar egalarining uzgarishidagi ishtiroki darajasiga boglikdir, ya’ni pul kancha kup “ishlasa” - tovarlar, xizmatlarning oldi –sotdisida kup katnashsa, shuncha tez xarakat kilinganligi aniqlanadi. Masalan, bir yilda shartli ravishda 100 mln sum tovar, xizmatlar sotilishi 10 mln sum pul tufayli amalga oshgan bulsa, xar bir sum yiliga O’rtacha 10 marta aylanib, uz xarakat tezligi darajasini belgilaydi.
Shunga asoslangan xolda normal muomala uchun zarur pul mikdorini belgilash mumkin buladiki, bu ayriboshlashni tenglashtirishga yordam beradi.
Mamlakat muomalasi uchun zarur pul mikdorini –M, sotiladigan tovar, xizmatlar baxosining O’rtacha darajasini – R, yil ichida sotiladigan tovar, xizmatlar umumiy xajmini- O, pul xarakati tezligini – U bilan belgilasak, unda kuyidagi tenglikka ega bulamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |