Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


Ayrim toifadagi korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkalari



Download 0,64 Mb.
bet39/64
Sana18.11.2022
Hajmi0,64 Mb.
#867774
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Ayrim toifadagi korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkalari.

N

To’lovchilar

Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan %da

1.

Lotereyalar tashkil etish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar (mazkur faoliyat turi doirasida)



33

Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilar uchun yagona soliq to’lovi summasi byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i summasiga, lekin yagona soliq to’lovi summasining 50 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorga kamaytiriladi.
Qo’shilgan qiymat solig’ini ixtiyoriy ravishda to’lashga kalendar yil boshidan e’tiboran o’tmagan to’lovchilar yagona soliq to’lovi summasini qo’shilgan qiymat solig’i hisoblab chiqarilgan hisobot davriga to’g’ri keladigan summaga kamaytiradi.
Imtiyozlar
Yagona soliq to’lovini to’lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg’armasi va "O’zbekiston chernobilchilari" assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati hamda lotereyalar tashkil etish faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo’lgan xodimlar kiritiladi.


Hisob-kitoblarni taqdim etish va to’lov muddatlari
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yilning 14 yanvar kuni 2065-son bilan ro’yxatga olingan “Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to’lovini bo’nak to’lovlarini hisobga olgan holda to’lash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, Markaziy bank boshqauvi va Davlat soliq qo’mitasining qarori qabul qilindi. Ushbu nizomga muvofiq 2010 yil 1 yanvardan ulgurji savdo korxonalari uchun har bir o’tkazilgan savdo operatsiyasidan tushadigan tushum summasining 5 foizi miqdorida yagona soliq to’lovi bo’yicha bo’nak to’lovlarni to’lashi nazarda tutildi.
Yagona soliq to’lovi bo’yicha bo’nak to’lovlarini o’tkazish tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yagona soliq to’lovining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot to’shiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Yagona soliq to’lovi quyidagicha to’lanadi:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan — har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay.
Yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan tushum soliq to’lovchining yalpi tushumiga to’liq miqdorda qo’shiladi.
O’zbekiston Respublikasidan tashqarida to’langan foyda solig’ining summasi O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasida yagona soliq to’lovini to’lash chog’ida hisobga olinadi.
To’lov xabarnomasi, chet davlat soliq organining ma’lumotnomasi yoki chet elda soliq to’langanligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat chet elda to’langan foyda solig’ining summasini hisobga olish uchun asos bo’ladi.

NAZORAT SAVOLLARI:





  1. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga kimlar o’tishga haqli?

  2. Yagona soliq to’lovini to’lovchilar bo’lib kimlar hisoblanadi?

  3. Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq to’lovini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari qanday?

  4. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yagona soliq to’lovini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari qanday belgilangan?

  5. Alohida-alohida hisob yuritish deganda nimani tushunasiz?

  6. Yagona soliq to’lovining soliq solish obyekti nima?

  7. Yalpi tushum tarkibiga nimalar kiritiladi?

  8. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum deb nimaga aytiladi?.

  9. Soliq to’lovchining boshqa daromadlariga qanday daromadlar kiritiladi?

  10. Yagona soliq to’lovining soliq solinadigan bazasi nima?

  11. Soliq solinadigan bazani aniqlashda yalpi tushumdan qaysi daromadlar chegirib tashlanadi?

  12. Yalpi tushumga qaysi hollarda o’zgartirish kiritiladi?

  13. Mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovining stavkalari qanday miqdorda belgilangan?

  14. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovining stavkasi qancha miqdorda belgilangan?

  15. Chakana savdo korxonalari uchun yagona soliq to’lovining stavkasi qancha miqdorda belgilangan?

  16. Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari uchun yagona soliq to’lovining stavkasi qancha miqdorda belgilangan?

  17. 2010 yilning 1 iyulidan boshlab chakana savdo korxonalari, xizmat ko’rsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovini to’lashning qanday tartibi belgilandi?

  18. Chakana savdo korxonalari toifasiga qaysi korxonalar kiradi?

  19. Xizmat ko’rsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalari toifasiga qaysi korxonalar kiradi?

  20. Yagona soliq to’lovi qanday tartibda hisoblab chiqariladi?




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish