Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun
(savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridantashqari)
yagona soliq to’lovi stavkalari
№
|
To’lovchilar
|
Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan % da
|
1
|
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari,
2-7-bandlarda ko’rsatib o’tilganlaridan tashqari
|
5*
|
2
|
Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha xizmatlarni ko’rsatadigan yuridik shaxslar (bojxona brokerlari)
|
5
|
3
|
Lombardlar
|
30
|
4
|
Kontsert-tomosha faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziyaga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yo’li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oladigan korxonalar
|
30
|
5
|
Tayyorlov tashkilotlari, brokerlik idoralari
(6-bandda ko’rsatilganlaridan tashqari), shuningdek vositachilik, topshiriq va boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatadigan korxonalar
|
33**
|
6
|
Qimmatli qog’ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar
|
13**
|
7
|
Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun turg’un savdo shoxobchalarini ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar (ijaraga berishdan olingan daromadlar 60% dan ko’pni tashkil etadi)
|
30
|
8
|
O’zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish joyidan qat’i nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan korxonalar uchun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan ro’yxatda keltirilgan xom ashyo tovarlari bundan mustasno, ushbu norma***:
|
|
realizatsiyaning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha
|
belgilangan stavka 30% ga pasaytiriladi
|
|
realizatsiyaning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori bo’lganda
|
belgilangan stavka 50% ga pasaytiriladi
|
*) Mol-mulkini moliyaviy ijara (lizing)ga beradigan korxonalar uchun – moliyaviy ijara (lizing) bo’yicha foizli daromad summasi.
**) Haq summasi (yalpi daromad).
***) Ushbu norma asosiy faoliyat turidan qat’iy nazar, ushbu ilovaning 8-bandida belgilangan shartlarni bajargan barcha yagona soliq to’lovchilarga tatbiq etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2270- sonli Qaroriga asosan, ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shug’ullanuvchi korxonalar uchun yagona soliq to’lovining stavkasi 5 % belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasining 2011 yil 23 yanvardagi “Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferentsiyalarni qo’llash maqsadida o’zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori qabul qilindi (O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2011 yil 16 fevralda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2195).
Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferentsiyalarni qo’llash maqsadida o’zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalari O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 32-moddasiga, O’zbekiston Respublikasi «CHet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonunining 12-moddasiga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 26 avgustdagi PF-1831-son «Xorijiy sarmoyalari bo’lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi, 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son «Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag’batlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi, 2000 yil 5 iyundagi PF-2613-son «Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmonlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy Makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi PQ-1245-son qaroriga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi «Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 245-son qaroriga muvofiq, o’zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va preferentsiyalarni qo’llash uchun o’zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalarini belgilaydi.
[СПиТ:
1.Экспорт (импорт) / Товарларни экспорт қилиш]
tovarlarni eksport qilish — O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib chiqish;
ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish — ishlarni bajarish (xizmatlar ko’rsatish) joyidan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish.
Tovarlarning eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:
kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirma nusxasi);
tovarlarni eksport qilish rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgi qo’yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o’tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayin etilgan mamlakatga jo’natilganligini tasdiqlovchi qayd belgisi qo’yilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.
Ishlar va xizmatlar eksport qilinganligi fakti hisobvaraq-faktura yoxud belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi.
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo’yicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
soliq to’lovchi bilan vositachi yoki ishonchli vakil o’rtasidagi vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko’chirma nusxasi);
soliq to’lovchining topshirig’iga ko’ra (vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasiga muvofiq) eksportga tovarlar yetkazib berishni amalga oshirayotgan shaxsning tovarlarni O’zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga yetkazib berish uchun chet ellik shaxs bilan tuzilgan kontrakti (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirma nusxasi);
tovarlarni eksport rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qo’yilgan bojxona yuk deklaratsiyasining ko’chirma nusxasi.
O’zi ishlab chiqargan tovar deganda, agar boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, korxona o’zi tomonidan ishlab chiqarish texnologik jarayonini hisobga olgan holda, o’ziga tegishli bo’lgan yoki jalb etilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanib ishlab chiqarilgan yoki qayta ishlangan mahsulot (jumladan yarim tayyor mahsulot) tushuniladi.
Mahsulot, korxonaning o’zi ishlab chiqargan tovar hisoblanadigan va ushbu korxona tomonidan qayta ishlash uchun berilgan xom ashyodan ishlab chiqarilgan hollarda, o’zi ishlab chiqargan tovar deb:
xom ashyo mulkdori uchun — qayta ishlash natijasidan keyin olingan mahsulot, qayta ishlash xizmatlari uchun qayta ishlangan mahsulotning bir qismi bilan haq to’lash hollarida esa, mahsulotning qayta ishlaganlik uchun haq sifatida qayta ishlovchi korxona tasarrufida qoladigan qismi chegirib tashlangan holdagi mahsulot;
qayta ishlovchi korxona uchun — qayta ishlash xizmatlari uchun haq sifatida uning tasarrufida qoladigan mahsulot hisoblanadi.
O’zi ishlab chiqargan ish (xizmat) deganda korxona tomonidan o’z kuchi bilan bajarilgan (ko’rsatilgan) ish (xizmat) tushuniladi.
Turistik tashkilotlar uchun o’zi ishlab chiqargan xizmat deganda, tur doirasida transport xizmati ko’rsatish, yashash, ovqatlantirish, ekskursiya xizmati ko’rsatish, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish va boshqa xizmatlarni ko’rsatishni o’z ichiga oluvchi turistik xizmatlar majmui (yoki uning qismi) tushuniladi.
Quyidagilar ishlab chiqarish texnologik jarayoni bo’lib hisoblanmaydi:
saqlash yoki transportda tashish vaqtida tovarlarning saqlanishini ta’minlash bo’yicha operatsiyalar;
tovarlarni sotish va transportda tashishga tayyorlash bo’yicha operatsiyalar (tovar turkumini maydalash, tovarlarni jo’natishni tashkil qilish, saralash, qaytadan o’rash, qadoqlash).
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o’zi ishlab chiqargan mahsulot toifasiga mansubligi faktini tasdig’i bo’lib, korxona tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida elektron raqamli imzodan foydalangan holda qo’yilgan belgi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga 10-2-ilova.
Do'stlaringiz bilan baham: |