Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi «Mikroiqdisodiyot» fanidan


O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik



Download 233,83 Kb.
bet7/11
Sana22.06.2022
Hajmi233,83 Kb.
#693493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
G\'ulomov Abdurahim 2001,2021 Kurs ishi

3.O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik.
O'zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o'rin tutadi. Xususiylashgirish natijasida, birinchidan, mulk o'z egalari qo'liga topshirilsa, ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.
Shunday qilib, O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu raqobatni inkor qiluvchi Davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o'tishdir. Bu srda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik taxlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo'jalik subyektlariniggg mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish Prezidentimiz I. Karimovning ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida ma'ruzasida ta'kidlanganidek, iqtisodiyotni erkinlashtirish - bu xo'jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi iqtisodiy mustaqilligani oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'lidagi mavjud to'siqlarni bartaraf etishni anglatadi. Shuningdek Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasida bo'lib o'tgan Majlislarda so'zlagan nutqida (2000-yil, fevralida) biznesni erkinlashtirish, ularga iqtisodiy mustaqillik berishning aniq yo'nalishlari ko'rsatiladi.
Shu maqsadda O'zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to'g'risida»gi qonun (1992-yil,avgustida) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko'ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borshiiga to'sqinlik qilish, raqobatning g'irrom usullarini qo'llasht man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararnn qoplashlari, jarima to'lashlari, g'irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun moliya vazirligi tizimida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tuzildi. Boshqarmaga ro'yxatga kiritilgan monopoliya mavqyeidagi korxonalar mahsuloti bo'yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi.
1996 yil 1 iyul holati bo'yicha respublika va mahalliy bozorlar Davlat reyestrida 5153 ta mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar turi bo'yicha jami 878 korxona hisobga odashgan. Respublikada monopol mavqyeiga ega bo'lgan korxonalarni Davlat reyestriga kirishi uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o'tish davrining o'ziga xos jihatlari hisobga olinadi.
Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35%idan ortiq bo'lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan.
Respublikada monopoliyalar ro'yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi mavqyeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko'rsatish lozim:
1. Monopol mavqeyidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabillikning chegarasini belgilab qo'yish.
2. O'z monopol mavqyeini suiiste'mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo'lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994- yil 18- iyuldagi 366 sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Obyektlarning xo'jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to'g'risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. Respublikada faqat 1994-1996-yillar davomida monopol mavqyeidagi aksiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 obyekt chiqarilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi.
O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida» (1996- yil, aprel) qonuni asosida g'irrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo'l qo'ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e'tibor beriladi.
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo'li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat) lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko'rsatkichlarni belgilashni o'z ichiga oladi.
Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo'lmagan sektorni qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko'plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Jumladan YUNIDO yordamida bir nechta biznes inkubatorlar tashkil etildi. Yevropa jamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar markazini, Germaniya texnikaviy ko'maklashuv jamiyati kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash markazini tashkil etdi.
Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirish amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.

Download 233,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish