Sof raqobatlashgan va monopolistik raqobatlashgan bozor.
Monopol hokimyati bor firmalar foydani maksimumlashtirish maqsadida,narx va ishlab chiqarish hajmini qanday qilib belgilaydi.Shuningdek,Monopol hokimyat sohibi bo’lish uchun firmalar sof monopolistlar bo’lishi shart emasligini ham ko’rib chiqdik.
Endi esa,bozordagi raqobatni,ya’ni sof raqobat va monopolistik raqobatni farqlashimiz kerak. Monopol raqobatli bozor mukammal raqobatli bozorga shu shu qadar o’xshaydiki,bu yerda ham firmalar ko’p,yangi firmalarni bozorga kirib kelishi chegaranlanmagan.Ammo u mukammal raqobatli bozordan mahsulotning tabaqalanishi bilan ajralib turadi:harbir firma alohida toifadagi yoki boshqa xildagi tovarni sotadi,u o’zining sifati,ko’rinishgi,nufuzi bilan ajralib turadi,har bir firma o’z markasidagi tovarni ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.Monopolistik raqobat uchun misollar ko’p.Tish pastrasi,kir yuvish kukuni,alkogolsiz ichimliklar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol qilib ko’rsatsa bo’ladi.Mukammal raqobatdosh bozorlarga narx doim mahsulotning chegaraviy xarajatiga teng. Nomukammal raqobatli bozorning ikkinchi turi,Monopolistik raqobat deb ataladi. Nomukammal raqobatning yana bir turi Oligopoliya,unda bozor faqat bir nechta sotuvchilarga ega va har biri boshqa sotuvchiklardan unchalik farq qilmaydigan yoki o’xshash mahsulotlarni taklif qiladi.
Monopolistik raqobatni to’laroq yoritamiz,monopolistic raqobat bozorini quyidagi xususiyatlarini tasvirlaydi.
-Ko’p sotuvchilar:ko’plab firmalar bir xil guruhdagi xaridorlar uchun raqobatlashadi.
-Mahsulot turliligi:har bir korxona boshqa korxonaga qaraganda eng kamida farq qiladiganmahsulot ishlab chiqaradi.Shunday qilib narx belgilashda,har bir korxona pastga qiyalagan talab chizig’iga duch keladi.
-Erkin kirish va chiqish:Firmalar cheklovlarsiz bozorga kirishi mumkun.Shunga binoan,korxonalar soni bozorda iqtisodiy daromad nolga yetganda o’zgaradi.
Bir so’z bilan aytganda monopolistik raqobat monopoliyani barcha imkoniyatlaridan foydalanib bozordagi nazoratni qo’lga olish.
Sof raqobat bu hech qanday nomukammal raqobatlardan foydalanmay,yangiliklar kiritish orqali bozorda kurashish.
Sof raqobat ishlab chiqarib,bozorga yoki is’temolchiga yetkazish,tovarni ayirboshlash jarayonlariga yangilik kiritish.
-Ishlab chiqarish jartayonidagi ishchilar o’rtasidagi munosabatga yangilik kiritish.
-xomashyoni qulay joydan va kam xarajatlik bilan olib kelish,
-mahsulotning tayyorlanish shakliga yangilik kiritish,
-shaklini o’zgartirish,qadoqlanishiga yangilik kiritish,
-qulay sotish joyini topish,sotuvchilarni muomala ko’nikmasini oshirish,
-reklamasini yangilash,
-aksiyalar qo’llash va boshqa yangiliklar kiritish,bularning barchasi sof raqobatga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |