Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi “ Global Iqtisodiy Rivojlanish” fanidan


Tabaitni muhofaza qilish strategiyasida ekologik inqirozni oldini olish bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar



Download 175,61 Kb.
bet6/7
Sana14.07.2022
Hajmi175,61 Kb.
#793697
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH. KURSAVOY

4. Tabaitni muhofaza qilish strategiyasida ekologik inqirozni oldini olish bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

O’zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlarini qo’llab-quvvatlashi bilan bir qatorda, atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga ham o’z hissasini qo’shish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.


Respublika Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi ham barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha barcha vazifalarni to’liq qamrab olgan.
Bugungi kunda O’zbekistonda chiqindilarning atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, atrof tabiiy muhit monitoringi tizimini modernizatsiya qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Toza, ekologik mahsulot ishlab chiqarishni rag’batlantirish mexanizmlarini tatbiq etish, mazkur sohaga yo’naltirilgan tadbirkorlar faoliyatini qo’llab-quvvatlash, kam chiqitli va chiqindisiz texnologiyalarni ilgari surish bo’yicha qator maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.
Hozirda Prezident qarori bilan atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha Milliy kontseptsiya ustida ish olib borilmoqda.
Ushbu va boshqa vazifalarni amalga oshirish nafaqat milliy, balki mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi manfaatdor tomonlarni jipslashtirishni talab etadi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab, mamlakatni barqaror rivojlantirishga erishish, xalq farovonligini yaxshilashga yo’naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy o’zgarishlar va keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Bugun mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida ijtimoiy-siyosiy, sotsial va iqtisodiyot shuningdek, jamiyatda o’zaro hamjihatlikni mustahkamlash, tinchliksevar tashqi siyosatni olib borish va xalqaro hamjamiyatga yanada integratsiyalashuv jarayonlarini kengaytirish yo’lidan bormoqda.
Inson manfaatlari va uning qulay atrof muhitga ega bo’lish huquqini himoya qilish maqsadida davlat va jamiyat qurilishi sohasida, sud-huquq tizimida, iqtisodiyotni liberallashtirish, sog’liqni saqlash, ta’lim va kadrlar tayyorlash, madaniyat, tashqi siyosat, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimi va boshqa sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlarning maqsadi adolatli jamiyat va demokratik davlat qurish shuningdek, ―inson manfaatlari hamma narsadan ustun‖ tamoyilini amalga oshirish ustuvor hisoblangan joyda fuqarolarning manfaatlari va qulay atrof muhitga bo’lgan huquqini himoya qilishdir. .
O’tmishda atrof muhit holatiga e’tiborsiz munosabatda bo’lish, tabiiy resurslardan me’yordan ortiq foydalanish va ekologik talablarni mensimaslik Orol dengizi qurishi, cho’llanish, yer va suv resurslarining tanazzuli, o’simlik va hayvonot dunyosi genofondining yomonlashuvi, biologik xilma-xillikning qisqarishi, ko’p miqdordagi sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarning hosil bo’lishi kabi bir qator global va mintaqaviy ekologik muammolarni paydo bo’lishiga olib keldi.Ushbu muammolar iqlim o’zgarishi sodir bo’layotgan sharoitlarda yanada yaqqolroq va kuchliroq namoyon bo’lmoqda, shuningdek, hozirgi kunda O’zbekiston uchun ham atrof-muhitni muhofaza qilish va uni sog’lomlashtirish masalalarini yanada dolzarb qilib qo’ymoqda.
Mustaqil rivojlanish yillarida mamlakatimizda ekologik muammolarni hal etish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish borasida muayyan tajriba orttirildi. Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida ilg’or xalqaro talablarga javob beradigan fundamental normativ-huquqiy baza shakllantirildi. Mazkur sohada 30 ga yaqin qonunlar qabul qilindi va 300 ga yaqin normativ hujjatlar tasdiqlandi.
Biroq, sohadagi vazifalarning ko’lami mamlakat miqyosida va alohida mintaqalarda ekologik holatni sog’lomlashtirish muammolarini yaxlit xolda hal etishda davlat organlari, shuningdek jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari va fuqarolarning sa’y-harakatlarini birlashtirishni talab etdi.
Jahonda tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, ekologik inqiroz oqibatlarini keskin kamaytirish bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan xalqaro ko’lamdagi ustuvor yo’nalishlar belgilangan bo’lib ular quyidagilardir:

iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish;


sanoat ishlab chiqarish, energetika, qishloq xo’jaligi, savdo, transport kommunikatsion tizimi va kommunal sektorda innovatsion, resurstejamkor, energiyatejamkor, suv tejovchi, chiqindisiz va boshqa ekologik toza texnologiyalarni keng joriy etish;


ishlab chiqarishga ilm-fan yutuqlari, innovatsion g’oya va yechimlarni tatbiq etishni qo’llab-quvvatlash;


 qishloq xo’jaligining innovatsion texnologiyalari va yangi samarali uslublarini qo’llash hisobiga yer unumdorligi va uning meliorativ holatini yaxshilash;


muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish va ularning boshqarish tizimini takomillashtirish orqali bioxilma-xillikni saqlashga faol ko’maklashish.


aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga;


atmosfera havosini, yer osti va yer usti suvlarini ifloslanishi, atrof-muhitning shovqinli va elektromagnitli ifloslanish darajasini pasaytirishga;


sanoat, qurilish, qishloq xo’jalik, maishiy, tibbiy va boshqa chiqindilarni to’plash, tashish, qayta ishlash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish, ko’mish bilan bog’liq bo’lgan chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishga;


 sanoat va maishiy oqovalarni tozalash inshootlarini qurish va rekonstruktsiya qilishga;


tabiatni muhofaza qilish noyob ob’ektlari va hududlarini saqlashga;


 atrof muhitga, ekotizimlarga zararli ta’sirni va tabiiy resurslarni qisqarishini kamaytirish maqsadida mavjud ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilishga;


shaharlar va aholi punktlarining ekologik holatini yaxshilash hamda transportning ekologik toza turlarini rivojlantirishga;


shaharlar va aholi punktlari, ayniqsa intensiv shamol eroziyasi va cho’llar joylashgan hududlar atrofida ixota o’rmonlarini barpo qilishga;


 sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirishga va aholining genofondini muhofaza qilishga;


xalqaro ekologik sug’urta tizimini yaratish va rivojlantirishga;


 provintsiyalarda maishiy turmush madaniyatini, ayniqsa, uning sanitar-gigienik va ekologik jihatlarini yaxshilashga;


Markaziy Osiyoning ekologik xavfsizligini ta’minlash nafaqat shu hududda yashovchi xalqlarning hayoti va taqdiriga bevosita aloqador, balki global ahamiyatga ega ekanligi hamda Orol dengizining qurishi, iqlim o’zgarishi, yer degradatsiyasi, suv resurslarining tanqisligi va ifloslanishi, bioxilma-xillikning qisqarishi, ifloslanishlarning transchegaraviy ko’chishi kabi muammolarni hal qilish har bir davlat manfaatlari chegarasidan chiqishi va ularni birgalikda hal etish zaruratini hisobga olish;:


insoniyat o’lchovlaridagi ushbu va boshqa o’tkir ekologik muammo va masalalarni hal etishda xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish;




XULOSA.
Kishilik jamiyatiningi tabiatga qarshi qo’yadigan, kishilar bilan tabiat o’rtasidagi aloqani istisno qiladigan idealistik qarashlarga qarshi o’laroq tabiat bilan inson o’rtasidagi chambarchas bog’liqlikni asoslash va ko’rsatish muxim axamiyatga molikdir. Tarixga ikki tomondan qarash mumkin, uni tabiat tarixi va insonlar tarixiga bo’lish mumkin. Biroq har ikki tomon chambarchas bog’liqdir. Insoniyat jamiyati mavjud ekan, tabiat tarixi va insonlar tarixi bir-birini o’zaro quvvatlab turadilar.
Bugungi kunda inson yer yuzida amalga oshayotgan o’zgarishlarning miqyosini belgilaydigan global omilga aylandi. Endilikda tabiatning biz uchun yaroqli holda saqlanib qolishi ekologik madaniyat va etika normalariga qay darajada amal qilishimizga bog’liq bo’lib qoldi. Insonning antropogen faoliyati ta’siri borgan sari ekologik falokatlarni kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Rivojlanish jarayonida tabiat va madaniyat tobora o’zaro singib, bir-birini to’ldirib boradi. Insoniyat uzoq davrlar davomida tabiat bilan uyg’un yashab kelgan. Ekologik madaniyatning shakllanishi insoniyat tarixida o’ziga xos, har bir xalq, millat va elat uchun alohida ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda, ekologik inqiroz iskanjasidan chiqish uchun yangicha tafakkur, yangi siyosat, yangi madaniyat zarur bo’lgan bir davrda bu juda muhimdir. Bugun mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida muayyan, aniq maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda jahonda e’tibor talab etilayotgan muammolardan biri bu-ekologik tahdidlar o’zining globalligi bilan alohida ajralib turibdi. Tabiiy voqeliklarni anglagan xolda, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlab, salbiy holatlarni tuzatishga ijobiy tarzda yondashib, tabiat qonunlarini hisobga olib, ekologik muammolarni fan-texnika yutuqlari asosida xal qilish muhim omillardan hisoblanadi. Hech kimga sir emaski jahonda asosiy tahdid solayotgan xavflardan biri sifatida ekologik muammolarni bartaraf etish masalalaridir.
Hozirgi vaqtda tirik organizmlar - o’simlik, hayvonat dunyosi va odamning atrof muhit bilan munosabatlari fan va texnika taraqqiyotining jadallashuvi, tufayli borgan sari keng miqyosda sodir bo’lib, avvalgi tabiiy barqaror muvozanat ayrim joylarda buzilish arafasida, ba’zi o’lkalarda esa u butunlay buzilib, xavfli, hatto halokatli ekologik vaziyat tarkib topmoqda. Binobarin, inson tabiatga, o’z navbatida tabiat insonga aks ta’sir qilmoqdaki, buning oqibatida murakkab, ko’p qirrali va turli xususiyatli muammolar yuzaga kelib, o’zaro ta’sir kuchaygan sari ular tezlik bilan shakllanib bormoqda,
Umuman olganda ekologik inqirozning kelib chiqishiga asosiy sabab iqtisodiy o’sish va jamiyatning iste’molchililik salohiyatini oshganlidir.
Tabiatdan nooqilona foydalanish ekologik inqirozlar va ekologik fojialarning bosh sababchisi hisoblanadi. Ekologik inqiroz – bu, tabiiy majmualar holatidagi mutanosiblikning qayta o’zgarishidir. U nafaqat insonning tabiatga ta’siri kuchayganligi bilan, balki inson tomonidan kuchli o’zgartirilgan tabiatning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri bilan ham xarakterlanadi. Ekologik inqirozning vujudga kelishini ko’pincha «bumerang samarasi» deb bejiz aytilmaydi. Qator ekologik inqirozlar ma’lum; xususan, hozirgi inqiroz global ifloslanish bilan bog’liq tarzda, ITIning yuqori bosqichi bilan hamohangdir. Ekologik inqiroz mobaynida inson faol harakatdagi tomonda bo’ladi. Sivilizatsiya tarixi guvohligi shundan dalolat beradiki, ekologik inqiroz jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda inqilobiy o’zgarish yasaydi.


Download 175,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish