AyO’M =O’MM -Uzoq mud.akt.+ Uzoq mud.qarz.+O’zoqmud.kr (20)
bunda:
AyO’M — o’z mablag’lari manbalari (passiv) 1-bo’limining yakuni);
Uzoq mud.akt. uzoq muddatli aktivlar (aktiv 1-bo’limi yakuni);
Uzoq mud.qarz. uzoq muddatli qarzlar;
Uzoq mud.kr. — uzoq muddatli kreditlar.
Ana shu ko’rsatkichni aylanma mablag’lar umumiy summasidan aylanma mablag’larda foydalanilgan qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlarni aylanma aktivlar chiqarib tashlash yo’li bilan, ya’ni quyidagi formula bo’yicha aniqlash ham mumkin:
AyMS = AyM -— aylanma mablag’lardagi Qisqa mud.qarz. — Uzoq mud.qarz. (21)
Amal qiluvchi sarmoya muomaladagi, ya’ni amalda aylanib turgan o’z sarmoyasi summasini bildiradi. Xalqaro amaliyotga muvofiq bu ko’rsatkich aylanib turgan o’z mablag’lari summasiga teng deb hisoblanadi. Biroq, aylanma mablag’lar tarkibida ayni paytda muomaladan chiqarib olingan va shu sababli, ishlab chiqarishda amal qilmayotgan muddati o’tgan debitorlik qarzlari mumkin. Bunda amal qilib turgan sarmoyani aniqlash uchun aylanib turgan o’z mablag’lari umumiy summasidan muddati o’tgan debitorlik qarzlari summasini chiqarib tashlash kerak. Bu summa “Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma” degan 2-A shaklda ko’rsatiladi.
Aylanma mablag’lar tarkibini quyidagilar ifodalaydi:
o’z mablag’lari ulushi, ya’ni aylanma mablag’lardagi o’z mablag’lari summasining foizi. Uni aniglash uchun o’z mablag’lari summasini 100 ga ko’paytirish va aylanma mablag’lar summasiga taqsimlash kerak.
Qarz mablag’lar ulushi, ya’ni aylanma mablag’lardagi jalb qilingan mablag’lar salmog’i;
Aylanma mablag’lar tarkibini tashkil qilganda muayyan paytdagi ularga doir amaliy ma’lumotlarni o’tgan yil ma’lumotlari bilan hamda oxirgi bir necha yil mobaynidagi o’zgarishlari bilan taqqoslash kerak.
Agar aylanma mablag’larda:
O’z mablag’lari ulushi ko’paysa;
qarz mablag’lari ulushi kamaysa;
debitorlik qarzlari ulushi kamaysa;
zaxiralar va harajatlar ulushi kamaysa;
pul mablag’larining ulushi ko’paysa, aylanma mablag’larning tarkibi yaxshilanganligidan dalolat beradi.
Debitorlik qarzining ayniqsa, muddati o’tgan qarzning ko’payishi haridorlar va buyurtmachilarning to’lov qobiliyati yetarli darajada o’rganilmaganligidan darak beradi.
Pul mablag’larining haddan tashqari ko’payishi ham nomaqbul hodisadir. Chunki, bu mablag’lar korxonaning hisob raqamlarida harakatsiz yotmasdan, aylanib turishi va daromad keltirishi kerak. Ikkinchi tomondan, mablag’larning yuqoriligi korxonaning to’lovga qobiliyatsizligini ko’rsatadi.
Shu sababli, aylanma mablag’lar turlari korxonaning barqaror ishlashini ta’minlaydigan miqdorda bo’lishi kerak.
Aylanma mablag’lar bilan ta’minlanish darajasi ularning me’yordan farq qilishi bilan belgilanadi. Korxonaning moliyaviy advolini mustahkamlash moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish maqsadida, faoliyat turlarini hisobga olgan holda aylanma mablag’larning tabaqalashtirilgan me’yorlari tasdiqlangan. Katta debitorlik qarzlari, aylanma mablag’larning sekin aylanishi, ishlab chiqarishga doimo qo’shimcha mablag’lar jalb etishni talab qiladi.
Aylanma mablag’lar me’yorini aniqlash uchun, mahsulot ishlab chiqarishga bir kunda qilingan harajatlar summasini quyidagi formula bo’yicha kunlarda ifodalangan belgilangan me’yorga ko’pay- tirish kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |