37
mavjud materiallarning umumiy hajmi bo’yicha transport-tayyorlov
xarajatlari
summasi va foizini hisoblab chiqaradi. Materiallarning sarflanishini buxgalteriya
hisobida hisobga olishning muhim xususiyatlari mavjud. Korxonada materiallar
quyidagi maqsadlar tufayli ombordan chiqib ketishi mumkin:
ishlab chiqarishga sarflanganida;
ortiqcha materiallar sotilganida va boshqa hollarda.
Ombordan ishlab chiqarishga materiallar sarflanganida quyidagicha
buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t Ishlab chiqarish xarajatlari (2010, 2310, 2510 va hokazo)
K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar».
Hisob-kitobning jurnal-order shaklidagi korxonalarda ishlab chiqarish
uchun sarflangan
materiallarning ulgurji bahosi, shartnoma yoki reja tannarxi
bo’yicha 10-jurnal-order, boshqa maqsadlar uchun sarflangan materiallar esa
10/1-jurnal-orderga yoziladi. Moddiy boyliklardan to’g’ri foydalanish
maqsadida har bir korxona zarur bo’lmagan materiallarning bor-yo’qligini
tekshirib ko’rishi lozim. Agarda korxonada keraksiz
yoki ortiqcha material
borligi aniqlansa, uni boshqa korxonaga sotishi mumkin. Masalan, korxonada
haqiqiy qiymati 20000 so’mlik ortiqcha material borligi aniqlandi va korxona
uni 30000 so’mga boshqa korxonaga sotdi.
Ushbu muomalalarga hisobda
quyidagicha provodka beriladi:
materialning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarildi.
D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi»
- 20000 so’m
K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 20000 so’m.
materialning sotish qiymati aks ettirildi:
D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 30000 so’m
K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi»
- 30000 so’m.
QQS hisoblandi 4000 so’m;
10
Jadval muallif tomonidan tayyorlangan
38
D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi»-
4000 so’m
K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» - 4000 so’m.
ortiqcha materillarni sotishdan foyda olindi (30000-20000-4000)=6000
so’m;
D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi»
- 6000 so’m
K-t 9320-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib
ketishidan olingan foyda» - 6000 so’m.
Ishlab chiqarish zahiralarini buxgalteriya hisobida to’g’ri va aniq baholash
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini baholash
O’zbekiston respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunining
12-moddasiga va «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son
buxgalteriya
hisobining milliy standartiga, xalqaro amaliyotda esa «Zahiralar» nomli 2-sonli
buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga asoslangan bo’lishi lozim.
qonunning o’n ikkinchi «Aktivlar va majburiyatlarni baholash» moddasida
oborot aktivlarini baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo’yicha-balans
tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo’yicha yoki bozor bahosi bo’yicha
amalga oshiriladi deb o’tilgan. Ushbu qonunga asoslanib esa standartlar ishlab
chiqilgan hamda milliy va xalqaro standartlarga
ham muvofiq materiallar eng
kam bahoda, ya’ni tannarxi bo’yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi
lozim. Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning
biri bo’lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo’yicha yoki sotishning
sof qiymati.
Materiallarni buxgalteriya hisobida to’g’ri
baholash muhim ahamiyatga
ega hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini baholash «Tovar-moddiy
zahiralar» nomli 4-son BHMAga asoslangan bo’lishi lozim. Ushbu standartga
muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya’ni tannarxi bo’yicha yoki sof sotish
qiymatida hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya
hisobining ehtiyotkorlik
tamoyilini aks ettirishning biri bo’lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx
39
bo’yicha yoki sotishning sof qiymati.
«Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga asosan tovar moddiy
zahiralarning tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va tovar-moddiy
zahiralarni manzilga etkazib berish hamda tegishli holatga keltirish bilan bog’liq
bo’lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o’z ichiga oladi.
Sotib olingan ishlab chiqarish zahiralari quyidagi elementlardan tashkil
topadi:
mol etkazib beruvchining schyotiga ko’ra unga to’lanishi kerak bo’lgan
summa;
chet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan transport xarajatlari;
tovar birjalari ko’rsatgan xizmatlar qiymati;
tegishli soliqlar va tariflar;
zahiralarni sotib olish, qabul qilish va omborga joylashtirish bilan bog’liq
bo’lgan boshqa xarajatlar.
Savdo diskontlari, siylovlari va shunga o’xshash
boshqa chegirmalar
materiallarni sotib olish xarajatlarini belgilashda amalga oshiriladi. Boshqa
xarajatlar, agar ular materiallarni manziliga etkazish paytida paydo bo’lgan
taqdirdagina tovar-moddiy zahiralarning tannarxiga kiritiladi(6-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: